Evaporit cho’kindilar – arid iqlimli mintakqalarda suv bug’lanishi (evaporitlanishi) natijasida undagi tuzlarning quyuqlanishining ortishi va suv havzalari tubiga kimyoviy cho’kindilar cho’kishidan hosil bo’ladi.
Fermentlar (lot. fermentum — achitqi), enzimlar — hayvon, o‘simlik va bakteriyalarning tirik hujayralaridagi oqsilli katalizatorlar.
Fitogen jinslar - butunlay yoki asosiy qismi o‘simlik qoldiqlaridan tashkil topgan yoki hosil bo‘lishi o‘simliklar b-n bog‘liq, tog‘ jinslari. Mas., qo‘ng‘ir ko‘mir, toshko‘mir.
Flyuid - (harakatchan suyuqliklar) - oquvchan moddalar.
Fraksiyalar (bo’lak, qism) – tog’ jinslari yoki tabiiy flyuidlarni katta-kichikligi bir-biriga yaqin bo’lgan zarralarga bo’lib (fraksiyalab) olingan komponentlar (minerallar) guruhi. Har qaysi fraksiyalarda o’ziga xos komponentlar (minerallar) bo’ladi. Yengil va og’ir fraksiyalarga bo’linadi. Ular o’z navbatida magnitlilik xossasiga ko’ra elektmagnit, noelektrmagnit va shu kabi xillarga bo’linadi. Shuningdek, cho’kindi, neft va boshqa organik maddalar tarkibiga kiruvchi, tarkibi va xususiyati bir-biriga yaqin birikmalar ajratiladi.
G‘ovaklik, tog‘ jinslarining g‘ovakligi — tog‘ jinslari ichidagi bo‘shliq (g‘ovaklar, yoriq)lar yig‘indisi. Ularga suyuqtik va gazlar joylashadi. Shakliga ko‘ra g‘ovaklar pufaksimon, kanalsimon, yoriqsimon, shoxsimon bo‘ladi. G‘.ning umumiy, ochiq, yopiq turlari mavjud. Umumiy G‘. tog‘ jinslari ichidagi hamma g‘ovaklar yig‘indisidir. Ochiq. G‘. — o‘zaro tutashgan g‘ovaklar hajmi. Yopiq G‘. — o‘zaro tutash bo‘lmagan, yopiq g‘ovaklar yig‘indisidir.
Gaz – tarkibida turli uglevodorod birikmalari (50 % dan ko’p) bo’lgan gazlar. Gazning tarkibi asosan metandan iborat bo’lib, uning miqdori og’ir uglevodorodlar yig’indisidan ko’p bo’ladi. Gaz quyidagi kimyoviy guruhlarga bo’linadi (Visotskiy, 1654): 1) uglevodorodli; 2) uglevodorod-karbonad angidridli; 3) uglevodorod azotli; 4) oz geliyli; 5) geliyli.
Gazneft kontakti – neftgazli uyumdagi gaz va neft qatlamlari orasidagi chegara.
Genetika - (yun. genezis — kelib chiqish, paydo bo‘lish) — barcha tirik organizmlarga xos bo‘lgan irsiyat va o‘zgaruvchanlikni hamda ularni boshqarish metodlarini o‘rganadigan fan. G.ning asosiy vazifasi irsiyatning moddiy asoslari hisoblanadigan xromosoma, genlar va nuklein kislotalar (DNK, RNK) tuzilishi hamda funksiyalarini tadqiq qilish orqali organizmlar belgi va xususiyatlarining rivojlanishi va kelgusi avlodlarga o‘tishini ochib berishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |