Gorizont – litologik tarkibiga ko’ra keskin farqlanadigan, foydali qazilmasi bo’lgan yoki paleontologik belgili bir qatlamni yoki qatlamlar guruhini tavsiflaydi.
Graben - (nem. graben - chuqurlik) - Yer po‘stining qiya, ba’zan tik yoriqlar, odatda uzilma bo‘ylab cho‘kkan qismi. G. bir necha yuz km ga cho‘zilgan, eni bir necha o‘n km bo‘ladi. G.larning ko‘pchiligi riftlarga mansub. Tektonik harakatlar natijasida paydo bo‘ladi. Hamma tomonidan yoriqlar sistemasi b-n chegaralangan murakkab G.lar ham uchraydi. Bir qancha belgilariga qarab G.lar bo‘ylama - burmali strukturalar bo‘ylab cho‘zilgan; ko‘ndalang - G.ning uzun o‘qi atrof strukturalarning o‘qiga perpendikulyar: ponasimon -pastga tomon kengayib boradigan; bir tomonli - uzilma b-n faqat bir tomondan chegaralangan xillari bor.
Gravimetriya — (yun.gravitas - og’irlik). Yer gravitasion maydonini o’rganuvchi fan. Yerni har qanday nuqtasida og’irlik kuchlarini taqsimlanishni o’rganadi. Yer fizikasining bir qismi. Og’irlikni tarqalishi, uning Yerni ichki tuzulishini, qobig’ini o’rganishida keng foydalaniladi.
Gumbaz – izometrik shakldagi antiklinal. Uning uzunligi kengligiga teng yoki undan 2 marta uzunroq bo’lishi mumkin. Bunday qubbalar bilan neft va gaz konlari bog’liq.
Gumus - (lot. humus - tuproq), chirindi - tuproqning nisbatan barqaror, odatda, qoramtir organik birikmalari majmui; nobud bo‘lgan o‘simlik va hayvon organizmining biologik hamda biokimyoviy o‘zgarishi (chirishi va undan murakkab yangi moddalarning sintezlanishi) natijasida hosil bo‘ladi. G. tarkibiga organik qoldiq moddalar (oqsillar, uglevodlar, lignin, yog‘lar va b.), ularning o‘zgarishi vaqtida vujudga kelgan oraliq mahsulotlar (aminokislotalar, oksikislotalar, fenollar, monosaxaridlar va h. k.) va guminli moddalar kiradi. G. tuproq unumdorligini ta’minlovchi eng muhim qismdir. Unda o‘simlikning asosiy oziq elementlari (uglerod, azot, fosfor va b.) bor.
Il - Balchik, - 1. Suv havzalarida hosil bo‘lgan mayin zarrali, suvga to‘yingan, jipslashmagan cho‘kindi. Tabiiy sharoitda oquvchan, quritilganda qattiq jismga aylanadi. B. cho‘kindi jinslar paydo bo‘lishida asosiy ashyo hisoblanadi. Granulometrik tarkibiga ko‘ra B. pelitli cho‘kindilarga (mas., mayin alevritli B., alevrit-pelitli B., pelitli B.) xos. Dengiz va Kontinental (ko‘l, botqoq) B.lari ajratiladi. Paydo bo‘lishiga ko‘ra: terrigen (gilli, chaqiq), biogen (karbonatli, kremniyli, diatomli, globigerinli va b.), xemogen (karbonatli, galogenli, temirli va b.), vulkanogenli bo‘ladi. 2. I. Klenova tasnifiga ko‘ra, B. - cho‘kindi (funt) hisoblanadi, tarkibida 0,01 mm dan kichik fraksiyalar 30 dan 50 % gacha o‘zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |