Kondensatsiya – moddaning gaz (bug’)simon holatdan suyuq holatga o’tishi.
Konsedimentatsiya - (con – birga, bir vaqtda, sedimentatio – cho‘kindi to‘plash). Cho‘kindi to‘planishi davrida u bilan birga hosil bo‘lgan burmalarga nisbatan ishlatiladi. Umumiy tarzda cho‘kindi to‘planishi davridagi hodisa va voqealarga taaluqli (masalan, konsedimentatsion harakatlar).
Konservatsiya - (lot. conservatio —saqlash).
Koralla -koralli (ili koralloviye polipi) - marjonlar (yoki marjon poliplari) - dengiz tubiga yopishib yakka yoki g‘uj bo‘lib yashaydigan, maxsus sinfga mansub marjonlar. Gidroid poliplardan tuzilishi murakkabligi bilan farqlanadi. Ko‘p M. tashki tomonidan ohak skeletli bo‘lib, jinslar orasida yaxshi saqlanadi. G‘uj bo‘lib yashaydigan M. dengiz tubida yirik qurilmalar - marjon riflari va orollarini bunyod etadi. Rif bunyod etuvchi M. issiq iqlimli sharoitlarda, dengizning sayoz qismida, toza va normal sho‘rlangan suvlarda yashaydi. Qazilma marjon riflarining qoldiqlari hududning paleogeografik sharoitlarini o‘rganishda muhim. Toshqotgan marjon riflari silur davri yotqiziqlaridan boshlab to hoz.davr yotqiziqlaridan ham topiladi. Marjoy poliplari sinfi sakkiz, to‘rt, olti shulali kichik sinflarga bo‘linadi.
Kosmos - (yun. kosmos — butun olam, dunyo, tartib) — koinotning ikkinchi nomi. Zamonaviy tushunchada «K.» atamasi bir qancha ma’noni bildiradi. Butun olamning sinonimi; Yerdan tashqaridagiborliq va uning atmosferasi; kosmik apparatlar bortidan tekshirish qulay bo‘lgan fazo sohasi; Yer atrofidagi fazo.
Lignit – daraxtsimon tuzilishga ega bo‘lgan ko‘mir. Butun daraxt tanasi, igna bargli o‘simliklarning shox-shabbasidan iborat qattiq va yopishqoq massa.
Lignin (lot lignum - daraxt, yog‘och) - tabiiy murakkab polimer modda. Mol. m. 1000 dan 150000 gacha, zichligi 1250-1450 kg/m3. Tomirli o‘simliklarning hujayralarida bo‘ladi. L. Hujayra qobiqlarida to‘planib hujayrani yog‘ochlantiradi va uni mustahkam qiladi. Keng bargli daraxtlar tarkibida 20-30%, igna bargli daraxtlar tarkibida 50% gacha L. bor. L. molekulasi aromatik spirtlarning polimerlanishida hosil bo‘lgan moddalardan iborat. L. Sariq-jigarrang amorf modda, suv va organik erituvchilarda erimaydi. L. Quyidagicha hosil bo‘ladi: shikim kislota – fenila-lanin - dolchin kislota - ferul kislota - koniferil spirt - L. L. sellyuloza va gidroliz sanoatida chiqindi mahsulot hisoblanadi.
Litosfera - (lito... va ... sfera) — Yerning tashqi sferasi, bunga Yer pusti, mantiya (substrat)ning yuqori qatlami, atmosferaning ustki chegarasi kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |