Assotsiativ
psixologiya
- XVII-XIX asrlarda maydonga kelgan psixologiya fani yo‘nalishi
bo‘lib, ko‘proq Angliyada tarqalgandir, ya’ni psixik hodisalarning o‘zaro bog‘lanishi bo‘lib,
ma’lum qonunlar bo‘yicha tarkib topishdir.
Analiz-tahlil
- murakkab ob`ektni turli tarkibiy qismlarga ajratish yoki tavsifnoma
berishdan iborat fikralsh operatsiyasidir.
Kreativlik
– bu shaxsning yangi g‘oyalarni yaratishi, tafakkurning an’anaviy sxemasidan
chetga chiqib, o‘ziga xos, original qarorlar qabul qilishga qodirligi. Mazkur atamaga ilk bora 1922
yilda D.Simpson tafakkurning nostandart usuli, deb ta’rif bergan.
Faoliyat
- odamga xos bo‘lgan, ong tomonidan boshqariladigan, ehtiyojlarni qondirishda
yuzaga keladigan, tashqi olam va insonni bilish, shuningdek, ularni o‘zgartirishga qaratilgan
faollik
.
Interiorizatsiya -
tashqi real ishdan ichki ideal ishga o‘tish jarayoni.
Eksteriorizatsiya
– oldin ichida o‘ylab, so‘ngra bevosita tashqi munosabatga o‘tish jarayoni.
Harakat
– maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan jarayon.
Ehtiyoj
– tirik organizmlar faolligining boshlang‘ich shakli.
Maqsad
– inson faoliyati so‘nggi natijasining obrazi sifatida namoyon bo‘lib, ehtiyojlarni
amalga oshirilishi.
Motiv
– harakatning nima sababdan amalga oshirilishi.
Muloqot
- shaxs individual rivojlanishi jarayonida namoyon bo‘ladigan birlamchi faoliyat
turlaridan biri. Bu faoliyat insondagi kuchli ehtiyojlardan biri - inson bo‘lish, odamlarga o‘xshab
gapirish, ularni tushunish, sevish, o‘zaro munosabatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan
ehtiyojlaridan kelib chiqadi. SHaxs o‘z taraqqiyotini aynan shu faoliyat turini egallashdan
boshlaydi va nutqi orqali (verbal) va nutqsiz vositalar (noverbal) yordamida boshqa faoliyat
turlarini mukammal egallashga zamin yaratadi.
O‘yin
- shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlar yaratishni
nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi murakkab va xilma-xil faoliyat normalari,
harakatlarning simvolik andozalari bola tomonidan o‘zlashtiriladi. Bola toki o‘ynamaguncha,
kattalar hatti-harakatlarining ma’no va mohiyatini anglab etolmaydi.
O‘qish
faoliyati ham shaxs kamolotida katta rol o‘ynaydi va ma’no kasb etadi. Bu shunday
faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va turli ko‘nikmalar o‘zlashtiriladi.
Mehnat
qilish ham eng tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bo‘lib, uning maqsadi
albatta biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni yaratish, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |