Globallashuv asoslari


intellekt  va  vujud  (tana)  orasida  uyg`unlikka  erishuv  demakdir



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/82
Sana11.09.2021
Hajmi1,82 Mb.
#171358
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   82
Bog'liq
globallashuv asoslari

intellekt  va  vujud  (tana)  orasida  uyg`unlikka  erishuv  demakdir.‖
176[126]
  Bunda  madaniyat 
insonni  tashkil  etuvchi  uch  asosiy  jihat  -  vujud,  aql  va  ruh  -  uyg`unlashuvining  mezoni 
(kriteriysi) sifatida maydonga chiqadi. 
                                            
173[123]
 Kant I. Sоchineniya. - M., 1965.T.4.CH.1. 499- b. 
174[124]
 Albatta, insоn hayotining ma`nоsi masalasining o`zi ham hali jiddiy izlanishni talab qiladi va biz ishimizning navbatdagi 
qismida bu masalaga ilоji bоricha chuqur to`хtalishga harakat qilib ko`ramiz.  
175[125]
 Aurоbindо Gхоsh (1872-1950)– hind mistiki va faylasufi. Anglyada o`qigan. Hindistоnga qaytgach, Hindistоn оzоdligi 
uchun kurashga rahbarlik qilgan. O`z asarlarida Platоn, Bredli va Bergsоn g`оyalariga hamfikrlik bildirgan. Hindistоnning 
beshinchi Vedasi deb sharafоanayotgan ―Integral yоga‖ ta`limоtining asоschisi. G`arbda J.Gerber uning shоgirdi va izdоshi 
bo`lgan. Rоmen Rоllan uni ―Davrimizning juda buyuk mutafakkiri‖ deb hisоblagan. Rоbindranat Tagоr esa Uni ―Hind qalbining 
оvоzi‖ deb ulug`lagan. Hindistоnda uni ―SHri Aurоbindо‖deb ulug`lashadi. ―SHri‖ qo`shimchasi o`zbek tilidagi ―hazrat‖ 
tushunchasiga mоs keladi. 
176[126]
 SHri Aurоbindо. Оsnоvi` indiyskоy kulturi.-Sankt-Peterburg.1998. – B.136. 


Ushbu 
ta`rifning 
biznikidan 
ustunligi 
shundaki, 
unda 
inson 
ma`naviy 
evolyutsiyasining  uch  asosiy  parametri  -  ruh,  intellekt  va  vujud  –  konkretlikda  qamrab  olingan 
va  ular  orasidagi  uyg`unlik  sharti  alohida  uqtirilgan  .  SHuning  uchun  ta`rif  mutloq  to`liqlik  va 
konkretlik  kasb  etgan.  Bu  ta`rif  ruhiy  jihatga  e`tibor  qaratilgani  bilan  madaniyatga  G`arbcha 
yondoshuvlardan  farqlanadi.  Ayni  shunga  ko`ra  bu  ta`rif  umuman  SHarq  madaniyati  bilan  va, 
xususan, o`zimizning teran va buyuk milliy ma`naviy qadriyatlarimiz bo`lgan tasavvuf ta`limoti 
bilan uzviy va uyg`un. 
Ammo bizning Yevropalashgan (g`arblashgan, moddiyunlashgan) hozirgi (postsovet 
davridagi) ongimiz umuman olganda uni teran qabul qilishga xali yaxshi tayyor emas. Zero unda 
biz  bilmagan  ―ruh‖  tushunchasi  fundamental  kategoriyalardan  biri  sifatida  qatnashmoqda. 
SHuning  uchun  madaniyatni  tushunishning  dastlabki  bosqichida  biz  keltirgan  ta`rifdan 
foydalanish  qulayroq.  Lekin  bu  ikki  ta`rif  uchun  umumiy  bo`lgan  bir  g`oya  bor.  Bu  ularning 
ikkisida  ham  madaniyatning  teran  ildizi,  inson  hayotining  qandaydir  oliy  ma`no-mohiyati 
mavjudligi haqidagi g`oyadir.  
Lekin,  agar  biz  ―ruh‖  nimaligini  tasavvur  eta  olsak  ,  u  holda  A.Gxoshning  ta`rifi 
biznikidan ancha teran, to`liq va konkretligi ma`lum bo`ladi. SHuning uchun mazkur ishimizning 
navbatdagi  boblarida  ―ruh‖  tushunchasiga  oydinlik  kiritishga  urinib  ko`ramiz.  SHunda  o`z 
ta`rifimizni  A.Gxoshniki  bilan  almashtirishimiz  ham  mumkin  bo`ladi.  Hozircha  biz  ―ruh‖ 
madaniyatning  abadiyatga  dahldor  aspekti  ekanini  ta`kidlab  o`tish  va  ayni  shuning  uchun  ham 
ruhiyatga  tayangan  madaniyat  va  tsivilizatsiya  vayron  bo`lmasligini  ta`kidlash  bilangina 
cheklanamiz.  
To`g`ri,  G`arb  mutafakkirlari  orasida  ham  madaniyatning  tub  asosini  ruh,  ruhiyat 
tashkil  etishi  haqidagi  fikrlarni  oldinga  surganlar  bo`lgan.  Masalan,  nemis  faylasufi  V.fon-
Gumbol`dt  madaniyatni  tarixda  amal  qiluvchi  xalq  ―ruhi‖  deb  qaragan,  uni  xalqni  organik  bir 
butun  sifatida  tashkillaydigan  jihat  sifatida  talqin  etgan.  Uning  ―Tarixiy  bilish‖  nazariyasiga 
ko`ra jahon tarixi inson bilimlaridan yuqori turuvchi ruhiy kuch faoliyatining natijasidir, shuning 
uchun  bu  kuchni  sababiylik  nuqtai  nazaridan  tushunish  mumkin  emas.  ―Men  o`z  qalbimda 
tug`iladigan  har  bir  hodisa  yagona  bir  kuchning  nuzuloti  bo`lib,  bir  butunlik  tashkil  etishini  va 
har  bir  ayrim  deb  qaraladigan  narsa  ayni  shu  kuch  bilan  yo`g`rilgan  kabi  shu  kuchning 
belgilariga ega bo`lishi kerakligini chuqur his etaman‖, - degan edi Gumbol`dt.
177[127]
 Vaholanki, 
bu fikrlar tasavvuf ta`limotining ―Vahdati vujud‖ haqidagi ta`limoti bilan uyg`un.  
Nemis  falsafasida  Gyote,  SHelling  kabilar  ham  Gumbol`dtniki  kabi  g`oyalarni 
oldinga  surganlar.  Lekin,  G`arb  falsafiy  tafakkurida  bu  g`oyalar,  tasavvuf  yoki  boshqa  SHarq 
ta`limotlaridagi  kabi  ommalashgan  emas,  balki  juda  noyob  hodisalar  edi.  SHuning  uchun  ham 
G`arbda  tez  orada  ratsionalizm  tamoyili  g`alaba  qildi  va  uning  asosida  fan  va  texnologiya 
gurkirab  rivojlandi.  Xatto  Gegelning  ―Mutloq  ruh‖ni  ulug`lagan  idealistik  falsafasi  ham 
ratsionalistik  xarakterdagi  falsafa  edi.  Buning  uchun  uning  ta`limoti  keyinchalik,  XX  asr 
o`rtalarida ―panlogizm‖ deya talqin etildi. SHuning uchun XX asr G`arb falsafasida ham ―ruh‖ 
tushunchasi xatto butkul iste`moldan ham chiqib ketishga ulgurgan edi. SHuning uchun ham bu 
davr qomusiy lug`atlarida ruh, jon, qalb kabi tushunchalar xatto uchramaydi.  
Buning  asosiy  sababi  shundaki,  bu  davrga  kelib  dunyoni  ilmiy  manzarasida  ham, 
butun insoniyat borlig`ida ham juda katta, global o`zgarishlar sodir bo`ldi va global muammolar 
yuzaga  chiqdi.  Fan  mikroolam  va  makroolamni  bilishda  katta  marralarga  erishdi  va  bu  uning 
tabiat  ustidan  behad  hukmronligini  ta`minlaydigan  texnologiyalarni  yaratishiga  olib  keldi. 
                                            
177[127]
 Gritsanоv A.A.V.fоn-Gumbоldt.// Nоveyshiy filоsоfskiy slоvar: 3-e izd.- M.: Knijniy Dоm. 2003. 


Buning  natijasida  insoniyat  makondagi  cheklanish  doirasidan  ancha  tashqariga  chiqdi,  global 
makonda  harakatlanish  imkoniyatini  qo`lga  kiritdi.  Ikkinchi  tomondan,  jahon  miqyosidagi 
iqtisodiy  tizimlar  (jahon  bozori,  xalqaro  banklar,  transkontinental  monopoliyalar)  tashkil  topdi; 
ayrim  mamlakatlarda  bo`layotgan  ishlardan  butun  dunyoni  xabardor  qiladigan  global 
informatsiya  (axborot)  tarmog`i  vujudga  keldi  (informatsion  cheklanish  barham  topdi);  ko`p 
mamlakatlar birgalikda echishi mumkin bo`lgan ekologik  muammolar  yuzaga chiqdi;  bir emas, 
bir necha o`nlab xalqlar  va davlatlarni qamrab oladigan, odamlarni mislsiz qirilishiga olib kela 
oladigan jahon urushlari chiqishi xavfi tug`ildi va h.k. Fan va texnika taraqqiyoti avvallari inson 
jismoniy quvvatlarini kuchaytigan vositalarni ishlab chiqqan bo`lsa, endilikda uning intellektual 
qobiliyatlarini kuchaytiradigan vositalar ishlab chiqildi.  
SHu jarayonning oqibati o`laroq endilikda G`arb falsafasida madaniyatning ikki tipi 
–  ommaviy  va  elitar  madaniyat  bir-biridan  keskin  ajratiladi.  Ammo  ommaviy  va  elitar 
madaniyatni xalq madaniyatidan va milliy madaniyatdan farqlash zarur. 
Halq  madaniyati  (ingliz  tilida  ―fol`klor‖)  deyilganida  odatda  madaniyatning  o`z 
ildizlari  bilan  xalq  o`tmish  tarixi  bilan  tutashib  ketadigan,  o`tmishda  shakllangan  qadriyatlarga 
tayanadigan, milliy xarakterni aks ettiradigan jihati nazarda tutiladi. Xalq madaniyatining o`ziga 
xosligi  uni  yaratgan  konkret  mualliflarning  yo`qligida,  ularning  rivoyat  (mif),  asotir,  afsona, 
epos,  ertak,  ashuvla,  raqslar,  xatto  latifalar,  ommaviy  bayram  va  urf  odatlar  tarzida  namoyon 
bo`ladi.  Xalq  madaniyati  an`anaviyligi  (traditsiyaviyligi),  jamoaviyligi,  teran  ildiz  otgani  va 
barqarorligi bilan xarakterlidir.  
Milliy  madaniyat  tushunchasining  falsafaga  kiritilishi  esa  barcha  xalqlar  uchun 
umumiy bo`lgan  yagona madaniyat mavjud bo`la olmasligi, har bir millatning  faqat  o`zigagina 
xos  madaniyati  mavjud  ekanini  ta`kidlovchi,  masalan,  N.YA.  Danilevskiy,  O.  SHpengler,  A. 
Toynbi kontseptsiyalar shakllanishi bilan bog`liq.  
Har  ikki  tushunchaning  ham  madaniyatni  xarakterlashda  o`z  o`rni  bor.  Birinchisida 
(―xalq  madaniyati‖  tushunchasida)  madaniyatning  eng  umumiy,  muallifsiz  tarixiy  ildizi 
mavjudligi  nazarda  tutilayotgan  bo`lsa,  ikkinchisida  uning  xalqlar  millatlarga  ajralganidan 
keyingi  differentsiallashgan,  o`ziga  xoslik  kasb  etgan  tarixiy  shakllari  vujudga  kelgani  hisobga 
olinmoqda. SHu ma`noda bularning ikkisi ham madaniyatning umumiy ta`riflari emas, balki uni 
evolyutsiya  jarayonida  tushunishga  xizmat  qiluvchi  muhim  tushunchalardir.  Va  milliy 
madaniyatlarda  internatsional  tomonlarning  mavjudligi,  bir  tomondan,  barcha  millatlarning  bir 
vaqtlar  hali  millatlarga  ajralmagan  tarixiy  davrdagi  yalpi  umumiy,  differentsiallashmagan  , 
muallifsiz  tarixiy  ildizi  mavjudligi  tufayli  bo`lsa,  ikkinchi  tomondan,  millatlar  madaniyati 
taraqqiyoti  mobaynida  ularning  o`zaro  bog`lanib,  aloqa  qilganlari  natijasida  shakllangan  yangi 
umumiyatlarning yuzaga kelishi tufaylidir.  
Globallashuv  jarayonida  yoshlarda  mas‘uliyatlilik  hissini  shakllantirish  va  milliy 
qadriyatlar ruhida tarbiyalash muammolari   bugungi kunning eng katta dolzarb masalasidir. SHu 
nuqtai  nazardan  ularning  ma‘naviy  bo‗shliqlarini  to‗ldiruvchi  o‗rindosh  vositalar,  milliy 
qadriyatlar  ruhidagi  tarbiyaviy  uslublar  ishlab  chiqish  lozim  bo‗ladi.  Bugungi  murakkab, 
axborotlashuv  jarayoni  juda  tez  kechayotgan  davrda  yoshlar  ma‘naviyatini  e‘tiborda  tutib, 
ulardagi  mas‘uliyatlilik  hissini  oshirish,  qiziqish  doiralariga  mos  vositalar  orqali  ta‘sir  qilish 
talab  etiladi.  Loyihada  mana  shu  omillarni  hisobga  olib  metodik  qo‗llanma  yaratish  ko‗zda 
tutiladi. YOshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash  ulkan ijtimoiy jarayonni qamrab oluvchi 
ma‘naviy islohotdir. Ayniqsa ularda ijtimoiy voqeliklarga  tez kirishib ketuvchi, barcha narsa va 
hodisalarga mas‘uliyatli etib tarbiyalash vositalari o‗rganiladi. YOshlarni nafaqat ijtimoiy, balki, 
shaxsiy hayotlarida ham mas‘uliyatlilik eng zarur va muhim  kategoriyadir.  


Mamlakat  va  millat  or-nomusini,  faxru-iftixorini,  istiqboli  va    kelajagini  yoshlar, 
ularning  faoliyatisiz  tasavvur  qilish  mushkul.  SHu  boisdan  mamlakatimiz  aholisining  64  % 
tashkil  etgan  yoshlar  vatanimizning  strategik  maqsadlarini  amalga  oshirishda  katta  kuch 
ekanligini hisobga olgan holda, ularga bo‗lgan munosabat, hayotga, faoliyatga bo‗lgan qiziqish 
va mas‘uliyatlilik hissini shakllantirish dolzarb muammo bo‗lib qolmoqda. 
Ma‘lumki, ―mas‘uliyatlilik‖ tushunchasi falsafiy – sotsiologik kategoriya hisoblanib, 
shaxs  va  jamiyat,  jamoa  o‗rtasidagi  munosabatlarni  ob‘ektiv  tarzda  bevosita  munosabatlarini 
amalga  oshirishni  ifoda  etadi
178
.  SHuningdek  –  mas‘uliyat  bu  ijtimoiy  ahamiyatli  burch  va 
vazifalarning  bajarilishi  oqibatiga,  xatti-harakat  negiziga  etgan  axloqiy  tamoyillar  ham 
tushuniladi.  Ta‘kidlash  joizki,  ijtimoiy  mas‘uliyatning  xususiyatlari,  mazmun  mohiyati,  uning 
tarkibiy  tuzilmalari  orqali  ifodalanadi.  SHu  jihatdan,  ijtimoiy  javobgarlik  –  ob‘ektlar  (inson, 
jamoa, jamiyat) xarakter (kim oldida, kim uchun, qanaqa) va ob‘ektlar (texnik va biologik) dan 
iborat  ekanligi  ma‘lum.  Ijtimoiy  javobgarlikning  tarkibiy  qismi  ijtimoiy  maqsad  va  ijtimoiy 
tashabbuslardan  tashkil  topgan.  Ijtimoiy  maqsadlarga  ijtimoiy  haqiqatga  etishish  esa  ijobiy 
mehnat ko‗nikmasini tashkil etish, shaxs shakllanishi uchun qulay sharoitlar yaratishdir. 
SHunday  ekan  davlat  va  jamiyat  qurilishida  uning  maqsad  va  vazifa-larini  amalga 
oshirishda  o‗zaro  hamjihatlik  va  hamkorlikni  tushunganlik  darajasi  bevosita  va  bilvosita  
mas‘uliyatda o‗z ifodasini topadi.  
Ijtimoiy  mas‘uliyat  xizmat,  oilaviy,  fuqarolik,  jamoat  va  shaxsiy  xizmatlarni 
bajarayotganda  vujudga  keladi.  U  shaxsning  xulq-atvori,  jamiyatdagi  ijtimoiy  me‘yorlar  va 
ularning  bajarilishi  uchun  javob  beradi.  Misol  uchun  «Gippokrat  qasamyodi»  -  tibbiyot 
xodimlarining  bemor  oldidagi  umumqabul  qilingan  ijtimoiy  mas‘uliyatdir.  Ijtimoiy  mas‘uliyat 
individual,  guruhiy  va  jamoaviy  bo‗lishi  mumkin.  U  ijtimoiy  tashabbusni  amalga  oshirish 
doirasida ijtimoiy maqsadni qabul qiladi.         
Mas‘uliyatlilik turli pog‗onalarda  va ko‗rinishlarda namoyon bo‗ladi. Bu shaxsning 
yoshlik, pedagogik va psixologik xususiyatlari bilan dialektik bog‗liqlik asosida amalga oshadi. 
Oiladagi  tarbiyaga  ota-ona,  maktabda  esa  ta‘lim-tarbiyaga  ustozlar  mas‘uldirlar.  Mas‘uliyat  – 
shaxsdan boshlab, davlat va jamiyat qurilishi va uni boshqaruviga tomon tizim sifatida ierarxik  
tarzda tavsiflanadi. 
 
YOshlar  mas‘uliyatliligini  davr  va  zamon  talablari  asosida  shakllantirib  borish 
orqali eng avvalo davlat va jamiyat qurilishida yoshlarda maqsadlilik va  kasbiy yo‗naltirganlik 
hamda  istiqboldagi  hayotini  to‗g‗ri  belgilashni  in‘ikos  etishdan  iborat  bo‗ladi.  SHuninngdek, 
yoshlar mas‘uliyatliligini to‗g‗ri  shakllantirish oila, maktab, jamoada, umuman ta‘lim-tarbiyani 
to‗g‗ri yo‗lga qo‗yish bilan belgilanadi.  
Uchinchidan,  bugungi  globallashuv  jarayonida  yoshlar  o‗rtasida  ma‘naviy-ma‘rifiy 
ishlar  samaradorligini  yanada  yuksaltirish,  mafkuraviy  immunitetni  oqilona  shakllantirish, 
ommaviy  madaniyat  ko‗rinishlaridan,  buzg‗unchi  va  yot  g‗oyalar  ta‘siriga  tushib  qolmaslik 
chora-tadbirlaridan  ogohlantirish,  ularning  ijtimoiy  mas‘uliyatlarini  to‗g‗ri  shakllantirish  orqali 
amalga oshadi.   
Aslida  ijtimoiy  taraqqiyot  davomida  avlodlar  vorisligida  voqealar  zanjirini 
kuzatganimizda butun tarixning, hayotning o‗zi mas‘uliyat asosiga qurilganligini ko‗ramiz. Zero 
mas‘uliyat orqali jamiyatda tartiblilik, mutanosiblik, belgilangan reja va vazifalarni ado etishdagi 
sobitqadamlilik  hissiyoti  paydo  bo‗ladi.  Ammo  muammo  shundan  iboratki,  bugungi  kunda 
yoshlar o‗rtasidagi ayrim holatlarda g‗arb madaniyatining ta‘siri kengayib bevosita tahdid etishi 
                                            
178
Қаранг Ôàëñàôà Қомусий луғат..  - .: Òîøêåìò. 2004й. 


tufayli  milliy  qadriyatlarimizga  katta  ta‘sir  ko‗rsatuvchi  salbiy  voqea  hodisalar  va  ko‗rinishlar 
paydo bo‗lmoqda. ―...biz bunday xatarlarga qarshi o‗z vaqtida qat‘iyat va izchillik bilan kurash 
olib  bormasak,  turli  zararli  oqimlar  bizning  yurtimizga  ham  shiddat  bilan  yopirilib  kirishi, 
yoshlarimizni  o‗z  girdobiga  tortib  ketishini,  oqibatda  ularning  ota-ona,  oila,  el-yurt  oldidagi 
burchi  va  mas‘uliyatini  o‗ylamaydigan,  faqat  bir  kunlik  hayot  bilan  yashaydigan  xudpisand 
kimsalarga aylanib qolishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin emas. Mana shu achchiq haqiqatni 
yurtimizdagi  har  bir  inson,  har  qaysi  ota-ona,  eng  muhimi,  har  qaysi  yigit-qiz  chuqur  anglab 
olishini istardim‖
179
 – deb ta‘kidlaydi yurtboshimiz I.Karimov.  
SHu  jihatdan,  yoshlar  mas‘uliyatliligini  shakllantirishda  madaniy  merosdan 
foydalanish  omillarini  atroflicha  yoritish  orqali ijtimoiy hayotda uchraydigan salbiy hodisalarni 
va ularning oqibatlarini bartaraf etish yo‗llarini aniqlashda:  
milliy  g‗oya  tushunchasi  va  tamoyillarini  yoshlar  ta‘lim-tarbiyasining  konkret 
vazifalarini hisobga olgan holda, hamda faoliyatida haqiqatda lozimligini targ‗ibot qilish va shu 
asosda ijtimoiy mas‘ullik hissini shakllantirish; 
 milliy ma‘naviy merosimizni bugungi kun voqeligimiz nuqtai nazaridan baholash va 
ulardan keng va oqilona foydalanish; 
OAV  da  bugungi  kunda  faol  va  tashabbuskor,  o‗zining  iqtidori  va  salohiyati  bilan 
boshqalarga ibrat bo‗layotgan yoshlar faoliyatini tashviq va targ‗ib qilish; 
o‗tmish madaniyatimizning, xususan milliy ma‘naviyatimizni yuksaltirish jarayonida 
yoshlarda  mas‘uliyatlilikni  shakllantirishning  o‗ziga  xos  xususiyatlarini  har  tomonlama  keng 
ko‗rsatish lozim bo‗ladi.  
YOshlar  mas‘uliyatliligining  genezisi  va  shakllanishi  jarayoni  bevosita  shaxs 
faoliyatining,  uni  harakatga  keltiruvchi  uning  ruhiyatidagi  ob‘ektivlik  va  sub‘ektivlik,  ichki  va 
tashqi,  erkinlik  va  voqelik,  tasodif  va  zaruriyat  hodisalarini  bir-biriga  bog‗lovchi  omillar  bilan 
o‗zaro  aloqada  kechadi.  Zero,  faoliyat  tamoyillarini  asosiy  xususiyatlari  sub‘ektivlik  va 
moddiylikdan (predmetlikdan) iborat bo‗lib, uning mohiyati shundan iboratki, har qanday inson 
faoliyati  bevosita  uning  sub‘ektiv  maqsadlari  individual  e‘tiqodi  hamda  ma‘lum  bir  ijtimoiy 
zaruriyat,  narsa  va  hodisalarning  o‗zidagi  ob‘ektiv  manbasi  bilan  belgilanadi.  Holbuki,  inson 
ko‗rgan bilgan, eshitgan voqea – hodisalarni birdaniga qabul qilib undan xulosa chiqara olmaydi. 
Birinchi marta inson ongiga ta‘sir ko‗rsatgan har qanday yangilik uning ongi aql darajasi orqali 
o‗tadi.  Bunda  individning  faoliyatidagi  sub‘ektiv  jihatlar  inson  faoliyatini  tashkil  qiluvchi, 
boshqaruvchi,  qolaversa  uni  yo‗naltiruvchi,  e‘tiqodlar,  g‗oyalar,  maqsad  va  motivlar, 
ko‗rinishlar,  o‗tmish  tajribalari  orqali  qo‗shilib  yaxlit  bir  butunlikni  tashkil  etadi.  SHaxs 
faoliyatidagi sub‘ektivlik uning o‗zini aniqlashi bilan bog‗liq, o‗zini aniqlash bevosita ob‘ektiv 
borliq  bilan  to‗qnash  kelishidagi    holatga  mos  keladi.  Bu  maslak  oxir-oqibatda  ham  sub‘ektiv 
omilga  va  ob‘ektiv  jarayonlarga  o‗z  ta‘sirini  o‗tkazadi.  Bunda  insonning  faoliyati    borliqqa 
nisbatan  abstrakt  bo‗lmasdan  amaliy  natijalar  yig‗indisi  bilan  izohlanadi  va  shu  orqali  inson 
borlig‗ining ijtimoiy mohiyati ifodalanadi.  
―Mas‘uliyatlilik‖ tushunchasi, uning mazmun-mohiyatini o‗rganish kompleks tarzda 
ijtimoiy-psixologik,  sotsiologik  bilimlar  majmuasidan  iborat  bo‗lib,  nazariy  metodologik 
jihatdan qator fanlar vakillarining izlanish sohasidir. Zamonaviy fanda ijtimoiy mas‘uliyatlilikni 
kengroq  ilmiy  jihatdan  3  yo‗nalish    muhim  hisoblanadi.  Ijtimoiy-falsafiy,  sotsiologik  va  aniq 
fanlar yo‗nalishi bo‗yicha tadqiqot olib borish maqsadga muvofiqdir. 
                                            
179
 Êàðèíîâ È.À. Þêñàê íàúìàâèÿò – åìãèëíàñ êó’. -Ò.: ―Ìàúìàâèÿò‖, 2008. 15-áåò. 


YUqorida  qayd  etilgan  yo‗nalishlarda  yondashuvlarda  ijtimoiy-falsafiy  jihatdan 
tadqiqot olib borish murakkabdir. Zero, ijtimoiy falsafa, madaniyatlilik muammosini insonning, 
shaxsning ijtimoiy jarayonlarning sub‘ekti hamda inson bilan shaxs o‗rtasidagi o‗zaro dialektik 
uyg‗unlikni  tashkil  etuvchi  ob‘ektivlik  va  sub‘ektivlik,  ijtimoiylik  va  individuallik,  tarixiylik 
taraqqiyotidagi  erkinlik  va  zaruriyat  hamda  inson  faoliyatini  uyg‗unlashtiruvchi  ijtimoiy 
sharoitlar bilan bog‗liq holda o‗rganadi. 
SHuningdek,  ijtimoiy  falsafa  inson  mas‘uliyatlilik  muammosini  ijtimoiy 
munosabatlar yig‗indisi sifatida hamda ma‘lum bir tarixiy taraqqiyotda inson va olam, individ va 
shaxsning ijtimoiy taraqqiyotdagi faol ta‘siri sifatida o‗rganadi. 
Konkret  fanlar  sirasidagi  ijtimoiy  soyiologiya,  ijtimoiy  psixologiya  inson  shaxs 
mas‘uliyatini  uningsub‘ekti  sifatidagi  faoliyati,  motivatsiyasi,  ehtiyojlarini,  qiziqish 
yo‗nalishlari,  shaxsning  ichki  boshqaruv  mexanizmi(  o‗z  o‗zini  anglash,  o‗z-o‗zini  nazorat, 
baholash, qadrlash va baholash)lari darajasida namoyon etish orqali o‗rganadi. 
Ta‘kidlash  joizki,  inson  mas‘uliyatliligi  hamma  davrda  o‗ziga  xos  ko‗rinishga  ega 
bo‗lgan,  hamda  olam  va  odam  munosabati  o‗zaro  kelishuv  (T.Gobbs)  va  mas‘uliyat  asosiga 
qo‗rilgan.  Tabiat  va  jamiyatni  o‗zaro  uyg‗unligi  har  ikkisiga        tabiat    jamiyat    inson  uchun 
mas‘ulligi  bilan  belgilanib  kelgan.  Agar  biz  inson  mas‘uliyatliligi  tabiat  va  jamiyat  oldidagi 
buyuk qadriyat sifatida  belgilangan. U holda inson eng buyuk maqsadlar oldidagi majburiyatni 
o‗z zimmasiga olgan. 
Inson  jamiyatdagi  ma‟naviy      mas‘uliyat  darajasi  turli  ko‗rinishlarda  o‗z  ifodasini 
topgan. 
ijtimoiy qatlamlarda 
institutlar, tashkilotlar, uyushmalar, partiyalar, 
boshqaruv irearxiyasi 
oila, maktab, mehnat jamoalari.  
Bu  ketma-ketlik  o‗zining  amal  qilish  doirasi  tasnifida,  ijtimoiy-siyosiy 
jarayonlarning  in‘ikosi  sifatida  namoyon  bo‗ladi.  SHuningdek,  har  bir  pog‗onada  o‗ziga  xos 
tarzda ichki daraja ham mavjudki bu bilvosita 
shaxslararo, 
guruhlararo 
davlat va jamiyatlararo tarzda ko‗rinadi. 
Har  bir  pog‗onada  o‗z  ifodasini  topgan  mas‘uliyatlilik  darajasi  uni  tasniflovchi 
jihatlar inson faoliyati, uning turfa xususiyatlari bilan bir butunlikda kechadi. 
SHu jihatdan uch asosiy jihatni o‗zaro integral muhim nuqta sifatida belgilash o‗rinli: 
Birinchidan,  inson  mas‘uliyatliligini  shakllanishidagi,  ijtimoiy  sabablari,  uning 
ijtimoiy hayot va ijtimoiy – tarixiy tendensiyalardagi takomillashuvidir. 
Ikkinchidan,  aniq  –  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  ma‘naviy  shart-sharoitlar  doirasidagi 
mas‘uliyatlilik  bevosita va bilvosita ta‘sir ko‗rsatuvi jarayonidir. 
Uchinchidan,  inson  mas‘uliyatliligini  vujudga  keltiruvchi  uning  ichki  ma‘naviy 
ruhiy-psixologik  jarayonlarni  tashkil  etuvchi  bilimlar,  e‘tiqodlar,  ideallar,  tajribalar  tizimidir. 
SHuningdek, ―mas‘uliyatlilik‖ tushunchasini tadqiq etish orqali falsafa fani ushbu tushunchaning 
inson faoliyatidagi  amaliy, bilishga oid,  ruhiy-ma‘naviy, ta‘limiy-tarbiyaviy, moslashtiruvchilik 
vazifalarini aniqlab beradi.  
Xulosa qilib aytganda, globallashuv jarayoni, dinamikasi yoshlar mas‘uliyatiga ta‘sir 
etadi.  SHuning  uchun  ham  bugungi  kundagi  eng  dolzarb  masala  –  yoshlar  mas‘uliyatiga, 
ma‘naviyatiga e‘tibor qaratishdir. 


Aslida,  globallashuv  XX  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  turli  darajada  va 
ko'rinishlarda  mavjud   bo'lgan  va  hozirgi  davrimizga  kelib  bu  jarayonning  avj  olishi  ro'y 
bermoqda. Buning ayrim jihatlari mamlakatimiz uchun ijobiy bo'lsa, ayrimlari salbiy ta'sir etadi. 
Bu ayniqsa, ma'naviyatga yetarlicha zarar keltiradi. 
Albatta,  bu  jarayonlardan  ko'z  yumib  bo'lmaydi.  Muammoning  qay  darajadaligidan 
qat'iy  nazar  uning  oldini  olish,  bunga  qarshi  kurashish  choralarini  izlash  bizning  oldimizda 
turgan vazifadir. 
Shu  xususda  Yurtboshimiz  shunday  fikr  bildirgan: «Kimdir  uni  yuksak 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish