dangasalik tamoyili.
Va nihoyat to„rtinchisi - bugungi
axborot vositalarining cheksiz
imkoniyatlari sharoitida yuqoridagi Prezident ta‘rifiga muvofiq, befarqlik va o„ysizlik
botqog„iga botgan kimsalarning dunyoni boshqarishga intilayotgan kichik bir guruh qo‗lida
qo‗g‗irchoqqa aylanib, o„zlarining eng tuban hayvoniy xohish va istaklarini ochiqdan-ochiq
namoyon qilishni “umuminsoniy axloqiy meyorlar” darajasiga ko„tarishga urinishlaridir.
Bunday holatlar Yevropa mintaqasi tarixida ilgari ham bo‗lgan, ammo hech qachon bu daraja
jahon miqyosida keng ko‗lam kasb etmagan va bu darajada kuchli targ‗ibot imkoniyatlariga ega
bo‗lmagan edi. Prezident kitobida bu haqda shunday deyiladi: “SHuni unutmaslik kerakki,
bugungi kunda inson ma‟naviyatiga qarshi yo„naltirilgan, bir qarashda arzimas bo„lib
tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko„zga
ko„rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo„lmaydigan ulkan ziyon etkazishi
mumkin.”
Axloq, bu – ezgulik va yomonlikni ajrata oluvchi mezon hisoblanadi. Inson qalbining
asosiy vazifalaridan biri hayot va umumbashariy axloqiy qarashlarni shakllantiruvchi
bvrometrdir. CHunki alohida inson axloqi umuminsoniy ong va uning aksiomalari asosida
shakllanadi. SHuning uchun inson axloqi axloqiy tartib va butun dunyodagi axloq o`rtasidagi
ko`prik hisoblanadi. Barcha axloqiy harakatlarning yagona maqsadi – insonga ezgulik yo`lini
ko`rsatishdir. Agar axloqiy tubanlashsa, inson erkinlikdan yiroqlashadi. Bizning nazarimizda,
axloqqa rostlik, sotilmaslik, to`g`rilik va qalbning axloqiy darajasidagi aniqlik xosdir. Ammo
inson tabiati gumrohlikka moyil bo`lib, bu sifatlarni to`laligicha qabul qila olmaydi. Ishonch
bilan tasdiqlanib turadigan, muhabbat bilan oziqlantiriladigan axloq sof, ezgulikka, poklikka
evrila boradi
164[114]
.
Inson xatti-harakatlarining sifati axloqiy darajasini ko`rsatadi. Axloq qo`rquv orqali
bilinadi. Axloqni saqlashning o`zi katta qadriyatdir, vijdonni, soflikni ziyoniz, manfaatsizlikdir.
Inson ongli ravishda tanlagan yo`li orqali boradi, ichki niyatlarni baholash qobiliyatini
o`zlashtirib, chunki aynan u qaror qabul qilish asosida yotadi. Axloqsizlik, g`azab, boylikka
o`chlik, hasad, shuhratparastlik, g`urur bilan bir qatorda baholanadi. Va buning teskarisi bo`lgan
axloq esa insonning shohona kuchi va qobiliyatidir. O`z davrida Epikur ―YOqimli yashash aqlli
yashashsiz bo`lmaydi, axloqiy va adolatli hayot, va teskarisi, aqlli yashash mumkin emas,
axloqiy va adolatli, yoqimli yashashsiz‖
165[115]
degan edi.
O`zining ―Axloqi Kabir‖ ya`ni ―Katta axloq kitobi‖ asarida Arastu axloqning
mazmun-mohiyati haqida quyidagilarni yozadi: ―Gapning lo`ndasini aytsak, axloq siyosatning
tarkibiy qismidir. CHindan ham muayyan axloqiy fazilatlarga ega bo`lmagan, ya`ni munosib
bo`lmagan odam (taniqli jamoat arbobi sifatida) faoliyat ko`rsatishi mumkin emas. Munosib
odam bo`lmoq – fazilatlar egasi – fozil bo`lmoq, demakdir‖
166[116]
. Bu fikrlardan ma`lum
bo`ladiki, axloq o`zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy g`urur, tarixiy xotira, ma`naviy
barkamollik kabi tuyg`u va tushunchalar bilan uzviy bog`liq holda shakllanadi. CHunki, axloq
aynan ana shu ruhiy-ijtimoiy hodisalar orqali oydinlashadi, umuminsoniy qadriyatlarning tarixiy
bir bo`lagiga aylanadi. Ayni shu ma`noda, Arastu ―Axloqiy fazilat lazzatlanish va azoblarda aks
etadi: zero lazzatlanish uchun yomonlik qilsak, unda azoblanmaslik uchun go`zal ishlardan bosh
tortamiz‖
167[117]
, - deb yozadi.
Arastudan keyin SHarqda Forobiychalik ulkan zot maydonga chiqmagan. Forobiy
o`z bilimi, ma`naviyati, fikr doirasining kengligi bilan SHarqda katta shuhrat qozongan va unga
Arastudan keyingi yirik mutafakkir – ―muallim as-soniy‖ – ―ikkinchi muallim‖ degan unvon
berilgan. Forobiy ―Fozil shahar ahli qarashlari haqida kitob‖, ―Siyosat al-madaniya‖ (―SHaharlar
ustidan siyosat yurgizish‖) va boshqa asarlarida axloqiy fazilatlar haqida o`z fikr-mulohazalarini
bayon qilgan. Jumladan, baxt-saodat tushunchasi haqida fikr yuritib, u ―faol aqlga eng yaqin
turgan narsadir‖, va: ―uning ma`no-mohiyati faol aql bilan qo`shiluvida yashiringandir‖ - deb
ta`kidlaydi. SHuning barobarida Forobiy baxt-saodat fazilatga tashqaridan yopishtirilgan yoki
yuklangan amal bo`lmasdan, balki uning o`z jinsidan va zotning umumiyligidan chiqqan sifatiy
holati ekanligini isbotlashga harakat qiladi. Zero, baxt – insonning o`z ichki borligidan qoniqish
hissi, hayotdan zavqlanishi va insoniyligidan mamnun bo`lishdir
168[118]
. Bundan ko`rinadiki,
inson o`zini qanchalik o`rgansa, idrok qilsa, shunchalik axloqan poklanib boradi. Darhaqiqat,
axloqiylik bilan uzviy bo`lmagan bilim qancha kuchli bo`lsa, shuncha zararlidir. CHunki
axloqsiz inson o`z bilimidan boshqalar va jamiyat zarariga foydalanishi mumkin va bu zarar
bilimsiz kishinikidan ko`p marta ortiq bo`ladi. Buni eng kamida oddiy kissavur o`g`ri bilan
komp`yuterni yaxshi bilish orqali bankni o`maradigan odamning jinoyatlari darajalari orasidagi
farq misolida ko`rish mumkin. Mashhur yunon donishmandi Arastu aytganiday, ―Kimki bilimda
ilgarilab, axloqda oqsaydigan bo`lsa, bilingki u oldinga emas katta tezlik bilan tubanlik sari
164[114]
Qarang:Geffding G.Etika, ili nauka о nravstvennоsti:Izlоjenie eticheskiх printsipоv i iх primenenie k razlichnim jiteyskim
оtnоsheniyam. – M.: Izd.3 Izdatelstvо LKI, 2012. 400 s.
165[115]
Qarang: Aхelis T. Etika. Istоriya etiki i kritika ee sistem. YAvleniya nravstvennоsti. Printsipi` nravstvennоsti. Etika
Librоkоm 2011.112 s.
166[116]
Arastu. Pоetika. Aхlоqi kabir. Ritоrika. – T.: YAngi asr avlоdi, 2011. – 130 b.
167[117]
Qarang: Aхelis T. Etika. Istоriya etiki i kritika ee sistem. YAvleniya nravstvennоsti. Printsipi` nravstvennоsti. Etika
Librоkоm 2011. - 112 s.
168[118]
Abulla SHer. Aхlоqshunоslik. O`quv qo`llanma . – T.: YAngi asr avlоdi, 2003. – 208-214 b.
ketipti‖
169[119]
. Axloqning bu yuksak vazifasi nemis klassik falsafasining taniqli namoyandasi
I.Kant oldinga surgan ―kategorial imperativ‖ g`oyasida o`z ifodasini topgan edi. Dinlarda esa bu
imperativ g`oya hurofiy qarashlarda aks etadi.
Axloqiy fazilatlarni tarbiyalash barcha fazilatlarning sarchashmasidir. Axloqning
amaliy ko`rinishi axloqiy madaniyat hisoblanadi. Axloqiy madaniyat shaxsning olamga, voqea
va hodisalarga, o`zgalarga va ularning faoliyatiga, o`z umri va uning mazmun-mohiyati kabi
ko`pdan-ko`p tushunchalarga munosabati bo`lib, ularni anglashi, tushunishi va qadrlashi
oqibatida o`z faolligini oshirishga e`tibor sifatida qarash nazariy jihatdan uning mazmun-
mohiyatini yanada rivojlantirib boyitib borishda muhim ahamiyatga egadir. SHuning uchun,
axloqiy madaniyat va shaxs faolligini mustaqillik bergan imkoniyat va sharoitlarni e`tiborga olib,
o`rganib chiqish kelajagi buyuk davlatning etuk insonlarini tarbiyalashda alohida o`rin tutadi.
TSivilizatsiyaning axloqiy mezonlari tegishli ijtimoiy munosabatlar bilan bog`liq
ekani ta`kidlanadi. Ijtimoiy munosabatlarning o`zgarishi dunyoqarash printsiplari ham, u bilan
bog`liq axloqiy mezonlarning o`zgarishiga olib keladi deb uqtiriladi. Masalan, tsivilizatsiya
shakllanishining ilk davrlarida ruhoniylardan tashkil topgan ierarxiya qatlamidan, ehromlar,
muqaddas davlatchilik urflari, jamiyatni bu dunyodan, tabiatdan yuqori turuvchi olam tomonidan
boshqarilishi haqidagi tasavvurlardan kelib chiqadigan tashkillanish strukturalari intizomi
kabilar. TSivilizatsiyaning keyingi yuqoriroq bosqichlarida esa ma`lumotli yuqori qatlam
tomonidan maxsus tartibga solingan axloqiy meyorlar ishlab chiqiladi. Jamiyat strukturasida
sodir bo`lgan yangi o`zgarishlar natijastda yangi axloqiy qadriyatlar yaratiladi.
―Madaniyat‖
170[120]
tushunchasining SHarq va G`arbdagi talqinlariga kirishar
ekanmiz, avvalo madaniyatshunoslikka bag`ishlangan maxsus ishlarda lotincha lug`aviy ma`nosi
―ishlov berish‖ni anglatuvchi bu tushunchaning 1000 ga yaqin ta`rifi mavjudligini ta`kiblab
o`tishimiz joiz. Ushbu talqinlar labirintida adashib qolmaslik uchun esa avvalo ularning
birqancha tiplari mavjudligiga e`tibor berish kerak. Ular quyidagicha:
1. Tavsifiy talqin. Ushbu talqinda madaniyat tushunchasi inson faoliyatining barcha
xillarini, ularning turli namunalarini o`z ichiga oladi: turli tillar, kitoblar, tasviriy san`at asarlari,
urf-odatlar, dinlar.
2. Tarixiy talqin. Bu talqinda madaniyat deyilganda insoniyat tomonidan yaratilgan
barcha narsa va hodisalar, ya`ni sun`iy tabiat nazarda tutiladi.
3. Normativ talqin. Bunda madaniyat qadriyatlar majmuasidan iborat bo`ladi.
4. Mafkuraviy talqin. Bunda madaniyat avloddan avlodga o`tib keladigan g`oyalar
oqimini tashkil etadi.
Va ho kazo.
Madaniyat talqinlarining bunchalar ko`pligi ushbu hodisaning juda murakkabligini
bildiradi. YUqoridagi talqinlar tipologiyasida shu murakkab hodisaning muayyan biron tomoni
oldinga surilgan, umumiy va yagona talqin esa yo`q. Falsafaning vazifasi shu talqinlar orasidan
eng umumiy va to`g`risini ajratib ko`rsatishdan iborat. Lekin, yuqorida ko`rganimizday, hozirgi
davr falsafasining krizis xolatida ekani uning bu vazifasiga tayanish qiyinligini ko`rsatadi.
SHunga qaramay, bu borada falsafiy tafakkurda oldinga surilayotgan asosiy g`oyalarni iloji
boricha chuqurroq tahrir etib, ular orasidan o`z yondoshuvimizni ajratib olishga harakat qilish
joiz va zarur.
169[119]
Qarang: Iоdl F. Istоriya etiki v nоvоy filоsоfii: Kant i etika v devyatnadtsatоm stоletii. Per. s nem. Librоkоm 2011. 528 s.
170[120]
Biz bu erda mоddiy madaniyat haqida emas, ma`naviy madaniyat haqida fikr yuritamiz. Zerо mоddiy madaniyat ma`naviy
madaniyatning maхsuli bo`lgani uchun va , qоlaversa, u ma`naviy madaniyatning kоnkretlashgan, ayrimlikdagi ifоdasi bo`lgani
uchun, bizning tahlilimizda shu ma`naviy asоsini tahlil etish etarlidir.
Avvalo, Rossiyada nashr etilgan ―Eng yangi falsafiy lug`at‖da berilgan ta`rifga
to`xtalamiz. ―Madaniyat, - deyiladi unda, - ijtimoiy hayotning barcha asosiy tomonlarini qayta
ishlash va o`zgartirish uchun sharoit bo`lib xizmat qiladigan, biologiyaviy jarayonlardan yuqori
bo`lgan, tarixan rivojlanib boradigan insoniy faoliyat va aloqalarning dasturiy tizimidir.
Madaniyat binosini (korpusini) tashkil etadigan faoliyat, xatti-harakat va aloqa dasturlari turli
xildagi shakllar rang-barangligida namoyon bo`ladi: bilim, ko`nikmalar, norma va ideallar,
faoliyat va xatti harakat namunalari, g`oyalar va farazlar, ishonch va e`tiqod shakllari, ijtimoiy
maqsad va mo`ljallar va h.k. SHularning hammasi birgalikda va o`zgaruvchanlikda tarixan
to`plab (jamlab) boriladigan ijtimoiy tajribani tashkil etadi. Madaniyat faoliyat, xatti-xarakat va
odamlar orasidagi aloqalar dasturlarini o`ziga jo etadi, ularni avloddan avlodga uzatadi
(translyatsiya qiladi) va yangilab turadi ―.
171[121]
Ushbu ta`rifning asosiy kamchiligi, bizningcha, avvalo uning juda murakkabligi,
mavhumligi, nokonkretligidadir va cheklanganidadir. Zero, unda madaniyatning ijtimoiy hodisa
sifatidagi barcha ikir-chikirlari sanab o`tilgan esada (ta`rifni murakkablashtirgan jihat), uning
eng muhim, zaruriy belgisi (xarakteristikasi) - inson faoliyatini va xatti-harakatlarini
Do'stlaringiz bilan baham: |