Globallashuv asoslari


YOsh avlodni har tomonlama etuk qilib tarbiyalashda komil inson, ijtimoiy hamkorlik



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/82
Sana11.09.2021
Hajmi1,82 Mb.
#171358
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
Bog'liq
globallashuv asoslari

YOsh avlodni har tomonlama etuk qilib tarbiyalashda komil inson, ijtimoiy hamkorlik, 
millatlararo totuvlik va diniy bag„rikenglik tamoyillarining ahamiyati. 
Komil inson --milliy istiklol mafkurasining asosiy g‗oyalarilan biri. Komil inson g‗oyasi 
va uni amalga oshirishga bo‗lgan itilishlar insoniyat sivilizatsiyasining ma‘no –mazmunini 
tashkil qiladi 
YUrtimiz  mustaqil  bo‗lib,  o‗z  oldiga  ezgu  maqsad–kelajagi  buyuk  davlat  barpo  etish 
vazifasini  qo‗ygandan  keyin,  sog‗lom  va  barkamol  insonni  voyaga  etkazish  muhim  ustuvor 
amaliyotga aylandi. Bu haqda Prezident I.Karimovning quyidagi fikri diqqatga sazovordir: «Biz 
sog‗lom avlodni tarbiyalab, voyaga etkazishimiz kerak. Sog‗lom kishi deganda, faqat  jismoniy 
sog‗lomlikni emas, balki sharqona axloq-odob va umumbashariy g‗oyalar ruhida kamol topgan 
insonni  tushunamiz»
197
.  YUrtboshimiz  ilgari  surgan  fikrdan  ko‗rinib  turibdiki,  bugun 
jamiyatimizga sog‗lom fikrli, barkamol insonlar kerak.  
Tarixga nazar tashlasak, har qanday jamiyatda komillikning eng asosiy ko‗rsatkichi 
insonning ezgullika, ijtimoiy baxt-saodatga, gumanistik g‗oyalarga munosabatida hamda ularga 
asoslangan amaliy faoliyatida namoyon buladi. YA‘ni jamiyatning umumiy rivojiga, insoniyat 
sivilizatsiyasiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatuvchi komillik mezoni insonni, shaxsni barkamol qilish 
orqali jamiyatni baxtli-saodatli qilishdan iborat bo‗lib kelgan. 
Komillik mehr-muruvvat, adolat, to‗g‗rilik, vijdon, or-nomus, iroda, tadbirkorlik, matonat 
kabi ko‗plab asl insoniy xislat va fazilatlarning majmuidir. 
Kishilik tarixidan ma‘lumki, komillik sifati faqatgina insonga nisbatan qo‗llaniladi. 
Komil inson azal-azaldan xalqimizning ezgu orzusi, uning ma‘naviyatini uzviy bir qismi bo‗lib 
kelgan. 
                                            
197
 Каримов И. Фзбекистоннинг сиёсий-ижтимоий ва иқтисодий истиқболининг асосий тамойиллари.  –Б.57.
 


Zardo‗tishtiylikning muqqaddas kitobi «Avesto»da halol mehnat komillikning asosiy 
mezoni sifatida talqin etilagan. Komil inson g‗oyasi islom falsafasidan oziqlanib, yanada kenroq 
ma‘no-mazmun kasb etgan.  
Insondagi komillik, eng avvalo uning fikr, tafakkur va amaliy faoliyat erkinligini 
anglashidadir. SHu ma‘noda buyuk yunon faylasufi Suqrotning «O‗z-o‗zingni bil» , degan 
da‘vati ham insonning o‗z nasl-nasabini, hayot mazmunini, kishining kelajak avlodlari oldidagi 
mas‘uliyat va majburiyatini anglashga qaratilgan chaqiriqdir. 
«Ey darvesh, axloqiy xislatlarla bezanmagan, o‗zini tanimagan odamlar ko‗p, ammo ular 
hali  komil  emas.  Go‗zal  xislat-la  bezangan  bo‗lib,  lekin  o‗zini  tanimaganlar  bor.  Bular  ham 
komil  emas.  Binobarin,  insonning  kamolotga  erishishi  tugal  axloqqa  ega  bo‗lish  va  o‗z-o‗zini 
tanish bilan amalga oshadi»
198
., deydi mutasavvuf mutafakkir Aziziddin Nasafiy  
Har  bir  kishi  yaxshilik,  ezgulik,  haqiqat,  oliyjanoblikka  taqlid  qilishga  urinsagina 
komillikka intilganligi ayon bo‗ladi. 
YUrtimizda olib borilayotgan islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri - inson tafakkurida 
«o‗z-o‗zini  anglash»,  «o‗zlikni  anglash»,  «o‗zinig  haqiqiy  dunyoqarashiga,  tafakkuriga  ega 
bo‗lish» vazifasi turibdi. 
 Sir  emaski,  hozirgi  jamiyatimizda  ham  kiyinishda,  mol-dunyo  yig‗ishda,  so‗zlashishda 
va  hatto  san‘atda  ham  taqlid  qiluvchilar  topiladi,  bu  esa  insonni  haqiqiy  tafakkur  tarzidan 
yiroqlashtiradi. Har bir inson o‗z hatti-harakatida, ijodida o‗z vijdoni, tafakkuri bilan yondashishi 
insonning haqiqiy mohiyatini ko‗rsatadi. 
«Bugungi  kunimizga  xos  xususiyatlardan  biri  millatning  o‗zligini  anglashidir.  Nihoyat, 
qaysi zamonda yashayotganimizni his etish, qanday go‗zal va qadimiy yurt farzandi ekanimizni 
tugal anglash fursati keldi. Hayotimizda, umuminsoniy qadriyatlarga intilish bilan birga, SHarq 
falsafasi munosib o‗rin topyapti
199
.», deydi Prezident I.Karimov.  
Beruniy, Farobiy, Ibn Sino, Navoiy kabi mutafakkirlarning komil insonni tarbiyalash 
haqidagi fikrlari jamiyat taraqqiyotiga yangi ma‘naviy imkoniyatlar izlash maqsadlari bilan 
bog‗langan. 
Abu Nasr Forobiy yozadi «Aqlli deb shunday kishiga aytamizki, unda o‗tkir aql zehn-
idrok bo‗lishi bilan birga, u fazilatli ham bo‗lsin. Bunday kishi o‗zining aql-idrokini yaxshi 
ishlarni amalga oshirishga, yomon ishlardan o‗zini saqlashga  va tortishga qaratgan bo‗lmog‗i 
lozim shunday odamnigina aqlli va to‗g‗ri fikr yurituvchi deb atash mumkin. To‗g‗ri fikrlashga 
intilmoq axloqning asosi  mana shu 
 SHunday asosga ega aholigina insonni yomonlikdan, loqaydlikdan va ahloqsizlikdan 
halos etadi. Abu Ali ibn Sino «Donishnoma» asarida nazariy va amaliy ilmlarni ta‘riflab, Amaliy 
ilm ham uch turga bo‗linishi zarur birinchisi- mamlakatni idora qilish, ikkinchisi- uyni idora 
qilish deydi. Inson  aytib o‗tilgan ilmlardan ikkitasini  o‗rganmasligi mumkin, lekin albatta o‗z-
o‗zini idora qilishni, nega dunyoga keldim, yashashdan maqsad nima, Vatanga halqqa nima 
berdim deb o‗ziga-o‗zi savol berishi kerak SHudagina inson loqaydlikka, befarqlika, 
qat‘iyatsizlikka, ikkiyuzlamachilikka  ko‗r-ko‗rona taqlidga qarshi chiqadi, insoniylik 
xususiyatlarini takomillashtirishga  kirishadi.  
«Komil inson» masalasi Bedil asarlarida ham muhim o‗rin tutadi. 
Buyuk  shoir  va  mutafakkir  Mirzo  Bedil  komil  insonning  o‗zini  tanishga,  buyukligini 
anglashga da‘vat etadi.  Uning ta‘kidlashicha, insonda nafaqat ikki dunyoning asrori mujassam, 
balki u ikki dunyodan ulug‗roqdir. 
Mirzo  Bedil    inson  komilligini  tahlil  etishda,  boshqa  tasavvuf  shoirlaridan  farqli  tarzda 
insondan ilohga qarab boradi.  
Inson-tilsimotlar va sehru san‘at koni, ayni vaqtda, iztirob va poklanish, tinimsiz kamolot 
ham insonga xos.  
                                            
198
 Қаранг: Азизиддин Насафий. Зубдат ул ҳақойиқ (Ҳақиқатлар қаймоғи)-Т.: Камалак. 1995. -Б. 39.
 
199
 Каримов И. Биздан озод ва обод Ватан қолсин. 2 жилд.-Т.: Фзбекистон. 1996.-Б. 296.
 


Inson  dunyoga  kelgach,  o‗z-o‗zini  tanishga  majburdir,  degan  g‗oyani  ilgari  suradi  Bedil. 
CHunki,  dunyodagi  mavjudot  ichida  eng  aqlli  va  eng  ongli  mavjudot  insondir.  Bedil  nuqtai 
nazariga ko‗ra, insonda uch xil kuch bor: 
1.  Jismoniy kuch. 
2.  Aqliy kuch. 
3.  Ruhiy kuch. 
200
 
  SHu  uch  kuchning  mukammalligi  insonni  kamolotga  undaydi.  SHoir  tasavvuricha, 
jismoniy kuch belgisi insonning harakati, mehnat qilishidir. 
Aqliy  quvvatning  allomati  esa  insonning  o‗zini,  borliqni,  YAratganni  bilishi,  atrof-muhit 
va o‗zgalarga munosabatini anglashi. 
Ruhiy  kuchning  belgisi-insonning  Xudoni  bilishga  urinishidir.  Iymon-e‘tiqod  ham  ruhiy 
kuchdan  bahra  oladi.  Mirzo  Bedil  insonning  kamoloti  haqida  fikr  bildirganda,  insonning 
vujudidagi  ilohiylik,  uning  komilligiga  asos  bo‗lishini  isbotlashga  harakat  qilganligini 
ko‗rishimiz  mumkin.    Insonni  sevish,ilm,  axloqiy  fazilatlar,  ruhni  poklash  inson  kamolotining 
mezoni sifatida qaraladi. Bedil dunyoqarashidagi axloqiy qadriyatlar umumlashgan holda komil 
inson vujudida aks etadi. 
Komil  inson-  erkin  inson.  Uning  uchun  aql  va  ko‗ngil  ozodligidan  ortiroq  baht  yo‗q. 
Komil inson uchun eng muhimi – xalq tashvishi, doimo El oldida o‗rtanib yashashdir.- 
YAngi davlatchilik konsepsiyasiga ko‗ra, buyuk davlatni sog‗lom, barkamol insonlargina 
yarata oladi. SHu nuqtai nazardan qaraganda barkamol insonlarni tarbiyalash   davlatimiz oldida 
turgan nihoyatda dolzarb vazifadir, ya‘ni,  Avloniy so‗zi bilan aytganda, «Tarbiya bizlar uchun 
yo hayot, -yo mamot, yo najot-yo halokat, yo  saodat –yo falokat masalasidir»
201
 
 
Komil inson g‗oyasini milliy istiqlol g‗oyasidan ajratib bo‗lmaydi. Boshqacha aytganda 
komil insonning mohiyati avvalo jamiyatni barkamol qilish yo‗lidagi sa‘yi harakatlarida 
namoyon bo‗ladi. 
Komil inson va jamiyat munosabatlarida o‗zaro bog‗liq bo‗lgan ikki jarayonni ko‗rish 
mumkin: 
1. Komil insonning jamiyat taraqqiyotiga  ijobiy ta‘sir qilishi. Komil inson g‗oyasining 
mavjudligi va u bilan bog‗liq amaliyot jamiyat rivojlanish darajasini belgilaydigan me‘zon 
sifatida namoyon bo‗ladi. Zero, biz har qanday jamiyatni unda yashayotgan kishilarni hatti-
harakatlariga qarab baholaymiz. 
2. Jamiyatning xarakteri uning komil insonni tarbiyalash borasidagi imkoniyatlarida unga 
bo‗lgan munosabatida namoyon bo‗ladi, ya‘ni erkinlik, mustaqillik komil inson g‗oyasini amalga 
oshirish uchun tegishli shart-sharoit yaratadi. SHuning uchun ham O‗zbekistonda komil insonni 
tarbiyalash uchu ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma‘naviy tashkiliy vazifalar qboli bo‗lmaydi. 
Komil inson – ham milliy, ham umumbashariy mohiyatga ega bo‗lgan, odamzotga xos 
eng yuksak ma‘naviy va jismoniy barkamollikni mujassam etgan. Uni hamisha ezgulikka 
undaydigan oliyjanob g‗oyadir. 
Komil inson g‗oyasi quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 
1.  Jismoniy  barkamollik,  aqliy  barkamollik,  ma‘naviy  barkamollik,  milliy  qadriyatlarga  sodiqlik, 
umumbashariy qadriyatlarni hurmat qilish. 
 
 
 
 
                                            
200
 Мыминов И. Мирза Бедил. –Т.: Фан. 1964. –Б.69.
 
201
 Авлоний А. Туркий гулистон ёҳуд ахлоқ. –Т.: Фқитувчи. 1992. –Б.14. 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish