Globalization process and ethics problems



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/139
Sana18.01.2022
Hajmi2,32 Mb.
#391252
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   139
Bog'liq
Ritorika

Demosfendir. 
Demosfen  (eramizdan  avvalgi  384  -  322)  Afina  shahrida  badavlat 
xonadonda dunyoga kelgan. Biroq etti - sakkiz yoshlarida otasi vafot etadi. Uning bor 
mol  -mulki  unga  va  besh  yoshli  singlisiga  qoldiriladi.  Demosfenning  ta’lim  - 
tarbiyasi  onasi  va  vasiylar  ko‘lida  qoladi.  Vasiylar  va  uning  tog‘alari  juda  noinsof 
insonlar bo‘lib, ular bolalarning o‘qishi va tarbiyasi bilan shug‘ullanishmaydi. U juda 
nimjon bo‘lib o‘sadi va balog‘atga etganda otasidan qolgan mol - mulkdan hech narsa 
qolmaydi. Demosfen merosni qaytarib olish maqsadida notiqlik san’atini o‘rganishga 
kirishadi.  U  notiqlik  san’atini  o‘rganish  uchun  o‘z  davrining  meros  ishlari  bo‘yicha 
advokati Isey maktabida ta’lim oldi. Dars olishning dastlabki yillarini yo tamoman 
yolg‘izlikda  yoxud  birgina  muallim  nazorati  ostida  mashq  qilib  o‘tkazdi.  Yosh 
notiqning  birinchi  nutqi  kulgili  xolda,  to‘palon,  kulgi,  kiyqiriq,  xushtak  chalib, 
masxaralash  bilan  qarshi  olinadi.  U  o‘z  nutqini  tugatolmay  minbardan  tushishga 
majbur  bo‘ladi.  Demosfenning  nutqini  bunday  kutib  olinishi  tabiiy  xol  edi.  Unda 
jismoniy kamchiliklar mavjud edi – ovozi past va nutqi yomon bo‘lgan, "R" xarfini 
talaffuz  etolmas,  g‘uldirab  mujmal  gapirar  edi.kifti  asabiy  ravishda  titrab  turgan, 
Demosfen o‘z nutqining kamchiliklarini boshqa takrorlamaslik uchun noto‘g‘ri talaffuz 
etayotgan so‘zlari ustida qayta - qayta mashq qila boshladi. Demosfen ovozini o‘stirish 
uchun  og‘ziga  mayda  toshlarni  solib,  dengiz  qirg‘og‘ida  nutq  so‘zlardi  va  to‘lqin 


22 
 
shovqin-suronni bosib ketishiga harakat qilardi. Kiftning titrashidan qutulish uchun 
shiftga  qilichni  shunday  ildiradiki,  uning  o‘tkir  uchi  kiftga  Yaqin  turadi  va  kifti 
titragudek  bo‘lsa,  qilichning  uchi  tegib  og‘ritardi.  Shu  yo‘sinda  olib  borilgan 
uzluksiz  mashqlar  Demosfenga  jismoniy  kamchiliklarni  bartaraf  qilishga  imkon 
bergan. Nihoyat bunga erishadi. U hech qachon tayyorgarliksiz nutq so‘zlamagan, xar 
doim  yozilgan  nutqni  oldindan  yodlab  olar  edi.  Uning  maxoratiga,  irodasiga  xatto 
dushmanlari  ham  tan  berishgan.  Demosfen  o‘zidan  tajribaliroq  bo‘lgan 
opponentlarining  jamoatda  chechanlik  bilan  qilingan  qochiriqlariga  nisbatan 
ta’sirchanligini  his  qilagani  bois,  shunday  chiqish  usulini  ishlab  chiqdiki,  unda 
xozirjavob aytishuvga deyarli o‘rin qolmasdi. Raqiblarining qiyqiriqlari va tanbexlari 
bepisandlikka  uchrar  yoki  oldindan  tayyorlab  qo‘yilgan  matnlar  bilan  yo‘qqa 
chiqarilardi. 
Demosfen  o‘zining  nutqlarida  jamoat  chiqishida  asosan  odamlarning 
ruhiyati,  ularning  ixtiyori  va  hissiyotiga  tasir  qilishga  kuch  berar  edi. 
Bunday  ta’sir 
Demosfen ovozining to‘g‘ri yo‘lga ko‘yilgani, jo‘shqin va jumboqli iboralar bilan zo‘r 
berib ishlangan nutqning matni orqali amalga oshirilar edi. 
A’lo darajada ishlangan 
mimika  va  xatti 

harakat  bilan  uygun  xar  bir  ibora  bosqichma  -  bosqich  omma 
ruhiyatini  notiqqa  kerak  bo‘lgan  tarafga  shunday  yunantirilgan  ediki,  xatto 
insonlarning o‘zlari ham Demosfen nutqining tasiri ostida garchi avvalida notiqning 
g‘oyalariga qarshi kayfiyatda bo‘lsalarda, bilmagan xolda uning tarafiga o‘tib qolgan 
paytlarini sezmay qolardilar. "Notiqlikning darajasi asosini nima belgilab beradi?" 
deb berilgan savolga Demosfen qat’iy 
"Birinchidan ifodalash, ikkinchidan ifodalash 
va uchinchidan yana ifodalash"
1
 
deb javob beradi.  
Demosfen nutqlari juda ham jo‘shqin va shiddatkorligidan, dushmanlari uni 
«yovvoyi  hayvon»  deb  atashardi.  U  nutq  so‘zlashda  maksimal  ifodalilikka 
erishishga harakat qilardi. 
30 yoshida u ilk siyosiy nutqini so‘zlaydi. Shu vaqtdan boshlab, u Afinaning 
qizg‘in siyosiy xayotiga kirib boradi. Ko‘p o‘tmay u siyosiy arbob darajasiga etadi. 
Demosfen birinchi bo‘lib, notiqlik tirbunasini dramatik  estradaga aylantirdi. 
                                                             
1
 Демосфен // Всемирная история по новейшим сочинениям профессоров Беккера, Реймонда, Лависса, Иегера, 
Шиллера, Кеммеля (Шпамера), Дюрюи, Костомарова, Иловайского, Соловьева и многих других. Т.1.: Древнее 
время. - СПб., 1902. 


23 
 
Demosfendan yaxshi, kuchli notiq uchun eng muhim omil nima? deb so‘rashganda, u 
"imo 

ishora" 
deb javob beradi. 
Chiroyli  so‘zlash  san’atiga  katta  uslubiy  hissa  qo‘shgan  Buyuk  faylasuf 
Arastudir. 
(eramizdan  avvalgi  384-322  y)  Arastu  o‘zining 

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish