Gistologiya va embriologiya


Sezuvchi nerv uchlari (retseptorlar)



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/79
Sana28.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#131350
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   79
Bog'liq
17gistologiyapdf

Sezuvchi nerv uchlari (retseptorlar) 

 

Тashqi va ichki ta’sirni, odatda, sezuvchi nerv uchlari qabul qiladi, ularni fanda retseptorlar 



deyish rasm bo’lgan. Binobarin, retseptorlar sezuvchi nerv uchlari bo’lib, ta’sirni qabul qilish va 

uni  impulsga  aylantirish,  markaz  tomon  uzatib    berish  xususiyatiga  ega.  Hamma  retseptorlar 

ikkita katta guruhga bo’linadi: 

1. 


Eksteroretseptorlar-ta’sirni tashqi muhitdan qabul qiladigan retseptorlar; 

2. 


Interoretseptorlar-ta’sirni organlarning ichki qismidan qabul qiladigan retseptorlar.  

Sezuvchi nerv uchlari morfologik tuzilishiga ko’ra ikkita katta guruhga bo’linadi: 

1)  Erkin  sezuvchi  nerv  uchlari.  Bunda  o’q  silindr  nerv  uchlarining  tarmoqlari  bevosita 

innervatsiya qilishi kerak bo’lgan to’qima hujayralari orasida yotadi. 

2) Erkin bo’lmagan sezuvchi nerv uchlari. Bunga nerv tolalarining hamma komponentlari, 

ya’ni  o’q  silindr  tarmoqlari,  ta’sirni  qabul  qilishga  moslashgan  gliya  va  epiteliy  hujayralari 

kiradi.  Erkin  bo’lmagan  nerv  uchlari  biriktiruvchi  to’qimadan  iborat  kapsula  bilan  o’ralgan-

o’ralmaganligiga qarab ham ikkiga bo’linadi: 

1. 

Kapsulaga o’ralgan nerv uchlari. 



2.  Kapsulaga  o’ralmagan  nerv  uchlari-kapsulasi  bo’lmaydi.  Yuqorida  barcha  nerv  uchlari 

o’ziga xos fiziologik xususiyati va morfologik tuzilishiga ko’ra bir-biridan farq qiladi, deb aytib 

o’tgan edik. Shulardan ayrim nerv uchlari bilan tanishib chiqamiz.  

Merkel disklari yoki hujayralari. Erkin nerv uchlariga kiruvchi bu nerv tolalari odatdagiday 

epiteliy  qatlamiga  kelib  miyelin  qavatini  yo’qotadi  va  oxirgi  terminal  tarmoqlari  to’qima 

hujayralari ichiga tarqaladi. Buning xarakterli tomoni shundaki, bunday nerv uchlarida terminal 

tarmoqlardan  tashqari,  spe-sifik  o’zgarishga  ega  bo’lgan  hujayralar  ham  uchraydi.  Bu  sezgi 

disklari yoki Merkel hujayralari deyiladi. 

Fater-Pachen tanachasi. Biriktiruvchi to’qimadan iborat kapsulali sezuvchi nerv uchi bo’lib, 

ichki organlarda bo’ladi. Ko’proq teri ostida uchraydi. Kapsulaning o’rtasida kolbasimon Shvann 

gliyasining  o’zgargan  hujayralaridan  tarkib  topgan,  tarmoqlangan  nerv  uchlari  joylashgan. 

Odatda,  nerv  tolasi  kapsulaga  kirish  oldidan  miyelin  qavatini  yo’qotadi  va  ichiga  faqat  o’q 

silindrning o’zi kiradi. Plastinkasimon kapsula fibroblast hujayralari va spiral holda joylashgan 

kollagen tolachalaridan hosil bo’lgan. 

Meysner  tanachasi.  Bu  ham  biriktiruvchi  to’qimadan  iborat  kapsulaga  o’ralgan  sezuvchi 

nerv  uchlariga  kiradi.  Bunga  sezuvchi  tanacha  yoki  Meysner  tanachasi  deyiladi.  Тanachada 

o’ziga  nisbatan  perpendikulyar  holda  oligo-dendrogliya  hujayralari  joylashgan.  Kapsulasi 

nisbatan yupqa kollagen tolachalardan tashkil topgan. Boshqa tanachalarga o’xshab, nerv tolasi 

tanachaga  kirish  oldida  miyelin  qavatini  yo’qotadi  va  kapsula  ichida  o’q  silindr  tarmoqlanib, 

gliya  hujayralari  yuzasidan  joy  oladi.  Bunday  sezuvchi  tanachalar  teri  so’rg’ichlari  tarkibida 

uchraydi. 

Genital tanachalar jinsiy organlarda, organizmning boshqa joylarida, biriktiruvchi to’qima 

tarkibida ham uchraydi. Boshqa tanachalardan asosiy farqi shundaki, bunda kapsula tanachasiga 

odatdagidek bitta nerv tolasi kirmay, balki bir nechta nerv tolasi kiradi va ko’p miqdorda oxirgi 

tarmoqlarni hosil qiladi. 

Krauze  kolbasi  ko’p  tarmoqlangan  bo’lib,  bu  ham  tashqi  biriktiruvchi  to’qimadan  iborat 

kapsula  va  uning  ichida  joylashgan  oxirgi  sezuvchi  tarmoqlarni  o’rab  turuvchi  neyroglial 



 

66 


kolbadan tashkil topgan. Skelet muskullaridagi retseptorlar morfologik tuzi-lishiga ko’ra boshqa 

nerv uchlariga karaganda o’ziga xos tuzilishga ega. Ular nerv muskul duklari deb ham yuritiladi. 




Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish