Nerv hujayrasi (neyron)
Nerv hujayrasi nihoyatda ixtisoslashgan murakkab morfologik tuzilishga ega bo’lib, har
xil tashqi va ichki ta’sirni qabul qilib, uni impulsga aylantirish va hujayra o’simtalari orqali
uzatib berish xusu-siyatiga ega. Neyron sitoplazma va yadro qismlarini tashkil etuvchi tanasi,
ya’ni perikariondan hamda bir necha o’simtalardan tashkil topgan. Ayniqsa uning o’simtalari
juda ko’p bo’lib, ulardan bittasi uzun bo’ladi, mana shu uzuni akson yoki neyrit deyiladi. Neyrit
orqali hujayra tanasidan boshqa nerv o’sim-tasiga yoki harakat organlariga impuls o’tkaziladi.
Aksonning uzunligi bir necha mikrondan 1-1,5 metrgacha bo’lishi mumkin. Uning yo’g’on
ingichkaligi butun uzunligi bo’ylab bir xil. Ayrim vaqtlarda u yon tomonlarga o’simtalar
chiqaradi, ularga yon kollateral o’simtalar deyiladi. Neyronning qolgan o’simtalari kalta bo’lib,
ular dendritlar deyiladi. Dendritlar, odatda, hujayra tanasidan yo’g’on bo’lib chiqib, uchiga
tomon ingichkalashib boradi. Ular ikkinchi nerv hujayrasi o’simtalari bilan tutashib, sinapslar
hosil qiladi. Sinaps ikkita neyron o’simtalarining bir-biri bilan tutashgan qismidir. Ular impulsni
bir neyrondan ikkinchi neyronga o’tkazish funksiyasini bajaradi. Ayrim vaqtlarda dendritning
uchlari ta’-sirni qabul qiladigan retseptorga aylanib, ta’sirni qabul qilishda ishtirok etadi.
Odam va hayvonlar organizmida uchraydigan neyronlar o’zidan chiqaradigan o’simtalarning
soniga qarab quyidagilarga bo’linadi:
1.
Unipolyar (latincha unus-bir degani)-bir qutbli, ya’ni bir o’simtali neyronlar.
2.
Bipolyar (latincha bi-ikki degani)-ikki qutbli, ya’ni ikki o’simtali neyronlar.
3. Multipolyar (lotincha multum-ko’p degani)-ko’p qutbli, ya’ni ko’p o’simtali neyronlar.
Unipolyar neyronlarning tanasidan, odatda, bitta o’simta chiqadi. Ular qatoriga dendrit
o’simtalari paydo bo’lmaydigan neyroblast hujayralari kirishi mumkin. Unipolyar neyronlar
asosan umurtqasiz hayvonlar organizmida uchraydi. Odam tanasida esa bunday neyronlar bo’l-
maydi. Bipolyar neyronlar qarama-qarshi qutblaridan ikkita o’simta chiqaradi. Bittasi akson,
ikkinchisi dendrit vazifasini bajaradi. Bipolyar neyronlar ham odam organizmida kam uchraydi.
Ular faqat ko’zning to’r pardasida, ichki quloqning spiral gangliyasida hamda hid bilish
organlarida uchraydi.
Multipolyar, ya’ni ko’p qutbli neyronlardan har tomonga qarab bir nechta o’simta chiqaradi.
Ularning bittasi, odatda, uzun bo’lib, akson vazifasini bajarsa, qolganlari mayda, kalta bo’lib,
63
dendrit rolini o’y-naydi. Multipolyar neyronlarga orqa miyaning barcha harakat neyronlari
kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |