Silliq muskul to’qimasi hujayra tuzilishiga ega. Silliq muskul to’qimasi ko’pgina ichki
Silliq muskul tuzilishi hamda funksiyasi bo’yicha ko’ndalang-targ’il mushakdan ancha farq
qiladi. Silliq mushaklar vegetativ nerv sistemasi tomonidan innervatsiya qilinadi va shu sababli
kishi ixtiyoriga bo’ysunmaydi. Yuqorida qayd qilinganidek, silliq muskul to’qimasi hujayra
tuzilishiga ega bo’lib, cho’ziq, duksimon va tarmoqlangan bo’ladi. Hujayraning o’lchamlari
56
turlicha bo’ladi, ya’ni uzunligi 50-250 mkm, yadro sathining maksimal diametri 5-20 mkm.
Тo’qimada bir-biriga yondoshib yotgan hujayralar qatlamlar hosil qiladi. Ular bir-biriga nisbatan
shunday joylashadiki, bir hujayraning markaziy qismiga boshqa hujayraning o’tkir uch qismi
yopishadi. Silliq mushak hujayralari sirtdan sarkolemma bilan qoplangan, unda qalinligi
taxminan 7,5 nm ga teng plazmatik membrana va tashqi bazal membrana farq qilinadi. Yonma-
yon yotgan hujayralarning plazmatik membranalari ba’zi joylarda juda yaqinlashib, tutashish
nuqtalarini hosil qiladi.
Membranalarning bunday yaqinlashish joylari silliq mushak hujayralarining biridan
ikkinchisiga qo’zg’alib o’tishiga xizmat qiladi degan taxminlar bor. Hujayra sitoplazmasida
yadro, umumiy organellalar va miofibrillalar joylashadi. Yadro va organellalar hujayraning
trofik apparatini tashkil etadi. Silliq mushak hujayrasining yadrosi uning markazida joylashib,
cho’ziq oval yoki tayoqchasimon shaklga ega. Yadroning shakli qisqarish paytida o’zgaradi.
Unda ko’p hollarda ikkita yoki undan ko’proq yadrocha bo’ladi. Yadro yonida sust rivojlangan
plastinkasimon kompleks joylashadi. Shu yerda hujayra markazi ham yotadi. Mushak
hujayrasida endoplazmatik to’r sust rivojlangan. Mitoxondriyalar kichik, shakli cho’ziq, oz
miqdorda bo’lib, sitoplazmada tarqoq joylashadi. Ammo yadro yonida ularning soni ko’proq
bo’lishi mumkin. Mitoxondriyalarning kristallari ko’ndalang targ’il mushaklardagiga nisbatan
kam.
Miofibrillalar mushak hujayrasining qisqaruvchi apparatini tashkil etishi sababli ular eng
muhim ahamiyatga ega. Miofibrillalar skelet mushagiga xos bo’lgan ko’ndalang-targ’illikka ega
emas va oddiy mikroskopda bir jinsli ipchalar shaklida ko’rinadi. Elektron mikroskop bilan silliq
mushak hujayralari o’rganilganda hujayraning butun uzunligi bo’yicha yotuvchi uzluksiz
miofibrillalar aniqlangan emas. Hujayra sitoplazmasida bo’ylama joylashgan submik-roskopik
protofibrillalar mavjud bo’lib, ular tutamlar hosil qilmaydi. Protofibrillalar yoki
mikrofilamentlarning ikki turi aniqlanadi: aktin va miozin. Miozin protofibrillalar diametri 17
mn ga teng bo’lib, yo’g’on protofibrillalardir.
Aktin mikrofilamentlar nozik bo’lib, qalinligi 7 nm ga teng. Ikkala filamentlar ham mushak
bo’shashgan holatda burchak hosil qilib yoki hujayra bo’yi bo’yicha joylashgan bo’lib, mushak
qisqarganda o’z joylashishini o’zgartiradi. Silliq mushak hujayralarida ko’ndalang-targ’illik
kuzatilmaydi, chunki filamentlar o’zaro tartibli joylashmagan. Ular sarkomerlar hosil qil-maydi,
plastinkalar ham topilmagan. Silliq mushak hujayralarida ham tropomiozin, troponin va a-
aktonin oqsillari topilgan.
Aktin oqsillarining sitolemmaga birlashgan qismida yoki aktin protofibrillaning o’rta
qismida zich tanachalar uchraydi. Zich tanachalar oddiy mik-roskopda to’q dog’ shaklida
ko’rinadi. Silliq mushak hujayra sitoplazmasida kalsiy ionini saqlovchi mayda pufakchalar
bo’lib, ular ko’ndalang targ’il mushakdagi sarkoplazmatik retikulumni eslatadi. Lekin
sarkoplazmatik retikulumning o’zi silliq mushakda kuchsiz rivojlangan. Bu pufakchalarga
hujayra plazmatik membranasining botishidan hosil bo’lgan tuzilmalar tegib yotadi. Bu
tuzilmalar ko’ndalang targ’il mushakning Т-sistemasini eslatadi. Ular impuls tarqalishida va
kalsiy ionining sitoplazmaga chiqishida muhim o’rin tutadi.
Har bir mushak hujayra yuqorida qayd etilganidek, bazal membrana bilan qoplangan.
Mushak hujay-ralarining bir-biriga tegib yotgan qismlarida tirqishli tutatish-neksuslar uchrab,
ular silliq mushak hujayralarining ma’lum guruhlari barobar qisqarishini ta’minlaydi.
Silliq mushak to’qimasi yaxshi taraqqiy etgan qon tomirlar sistemasiga ega. Qon tomirlar
to’qima ichida kapillyarlargacha tarmoqlanib, mushak hujayralari tutamlari orasidagi
57
biriktiruvchi to’qima qat-lamlarida kapillyarlar to’rini hosil qiladi.
Silliq mushak to’qimasining taraqqiyoti va regeneratsiyasi. Silliq mushak to’qimasi
mezenximadan rivojlanadi. Hosil bo’layotgan mushak hujayralari dastlab o’simtalarga ega
bo’lib, uning yordamida o’zaro bog’lanadi va shu tufayli mezenxima tuzilishini eslatadi. Ularda
miofibrillalar paydo bo’lish differensiallanish boshlanganligining belgisi bo’lib xizmat qiladi.
Keyinchalik silliq mushak hujayralari o’simtalarini yo’qotib, duksimon shaklni oladi va bir-
biriga zich yopishib yotadi. Ularda fibril-lalarning soni ortib, hujayraning uzun yo’nalishi
bo’ylab tartibli ravishda joylasha boradi.
Silliq mushak anchagina yaxshi ifodalangan regeneratsiya qobiliyatiga ega. Mushak
hujayralarining mitoz yo’li bilan bo’linish qobiliyatiga ega ekanligi haqida ma’lumot bor. Silliq
mushak hujayralarining gipertrofiyasi va ko’payishini qon tomirlarning o’sishi va tiklanishi
jarayonida ko’rish mumkin. Тajribada yirik arteriya bog’lab qo’yilgan hollarda qon aylanish kam
joylardagi mayda tomirlarning ken-gayishi kuzatiladi. Bunda ularning devorida yangidan hosil
bo’lgan mushakning qalin qatlamlari paydo bo’ladi. Silliq mushak hujayralarining gipertrofiyasi
va giperplaziyasi bachadonda homiladorlik davrida yuz beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: