Suyaklarning o’zaro birlashuvi
Suyaklararo bog’lanish harakatsiz (sindesmozlar, simfizlar, sinxondrozlar va sinostozlar) va
erkin harakatli bo’g’imlar shaklida bo’lishi mumkin. Sin-desmozlar-suyaklarning o’zaro zich
tolali biriktiruvchi to’qima orqali birlashuvidir. Bunda pishiq kollagen tolalar qo’shni suyaklar
to’qimasiga teshib kiradi va u bilan tutashib ketadi. Sindesmozlarga kalla suyak-larining
bog’lanishi misol bo’la oladi. Sinxond-rozlar-suyakning tog’ay to’qimasi yordamida birla-
shuvidir. Bunda asosan tolali tog’ay ishtirok etadi. Har bir disk tashqi tolali fibroz halqa va
yumshoqroq bo’lgan pulpoz markazdan iborat. Pulpoz markaz yosh bolalarda asosan gomogen
moddadan iborat. 7-8 yoshda unda kollagen tolalar va tog’ay hujayralar paydo bo’ladi. Тolalar
miqdori bola ulg’aygan sari oshib boradi va 20-23 yoshga kelib pulpoz markaz tolali tog’ay tusini
oladi.
Simfizlar-suyaklarning tog’ay va biriktiruvchi to’qima orqali birlashuvi, qov suyaklarning
birlashuvi bunga misol bo’la oladi. Bunda ikki qov suyagi o’zaro mustahkam zich tolali
biriktiruvchi to’qima yordamida birlashadi. Тog’ay to’qimasi esa faqatgina ikkala kov
suyagining yuzasida joylashadi.Chanoq suyaklaridagi bu simfiz birlashuv ayol ko’zi yorishi
vaqtida cho’zilib, homilaning tug’ilishiga imkon yaratib beradi.
Sinostozlar-ikki suyakning bir-biri bilan o’ta mustahkam birlashuvi bo’lib, bunga chanoq
suyaklarining tutashuvi misoldir. Ajralgan birlashuvlar yoki bo’g’imlarda suyaklarning bir-
biriga tegib turuvchi yuzalari tog’ay bilan qoplangan. Ular orasida ba’zan oraliq tog’ay meniski
bo’lishi mumkin. Bo’g’imlar kapsula bilan o’ralgan. Bo’g’imlar orasida sinovial suyuqlik bo’lib,
u harakatning erkin kechishini ta’minlaydi. Suyaklar yuzasini qoplovchi tog’ay bo’g’im tog’ayi
deb ataladi. Bo’g’im tog’ayida mayda, yassilashgan xondrotsitlar joylashadi. Ularning ostida
tipik xondrotsitlar izogen gruppalar hosil qiladi. Тog’ay to’qimasining suyak bilan chegarasida
ohaklangan tog’ayni va yangi hosil bo’layotgan suyak to’qimasini ko’rish mumkin.
Bo’g’im kapsulasi tashqi fibroz qavat va ichki sinovial pardadan iborat. Тashqi qavat zich
tolali biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan. Ichki pardada esa bo’g’im bo’shlig’iga qaragan
qoplovchi qavat, uning ostida esa kollagen elastik tolalar qavatlari farqlanadi. Ichki qoplovchi
qavat sinoviotsit hujayralaridan tashkil topadi. Bu hujayralar bir turda bo’lmay, ular orasida
sinovial fibroblastlar, makrofaglar va kam differensiallashgan hujayralarni ko’rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |