4-AMALIY
Biriktiruvchi to’qimalari- zich va maxsus xususiyatlari.
Darsning maqsadi: Pay va boylamlar tuzilishini o’rganish.
Kerakli materiallar: Payning buylama va ko’ndalang kesimi tuzilishi va tarkibi tasvirlangan tablitsalar, doimiy mikroskopik preparatlar, mikroskop, atlas, albom.
Mashg‘ulotning borishi: Bu to’qimada suyak biriktiruvchi to’qimaga nisbatan tolalari tuzilmalar ko’p bo’lganligidan zich deb ataladi.
Tolalarning joylashishi va yo’nalishiga ko’ra, bu to’qima zich shakllanmagan va zich shakllangan biriktiruvchi to’qimalarga bo’linadi.
Zich shakllanmagan biriktiruvchi to’qima. U bir biriga chirmashib kyetgan har хil yo’g’onlikdagi kollagen tolalar tutami hamda elastik tolalar to’ridan iborat. Bu to’qimada asosiy modda kam. Hujayra хillari siyrak biriktiruvchi to’qima (fibroblastlar, gistiositlar va boshqalar) kabi bo’lsada, ularning miqdori anchagina kam. Asosiy hujayra shakli fibroblast hisoblanadi. Odatda zich shakllanmagan biriktiruvchi to’qima aniq chegara hosil qilmay, siyrak biriktiruvchi to’qimaga o’tadi. Zich shakllanmagan biriktiruvchi to’qima, jumladan, terining asosini hosil qilib, o’ta yuksak chidamliligini ta’min etadi.
Zich shakllangan biriktiruvchi to’qima. Bu хil biriktiruvchi to’qimadan paylar, boylamlar, fassiyalar, aponyevrozlar, pay markazlari, diafragma va boshqalar tuzilgan. Zich shakllangan biriktiruvchi to’qima ma’lum tartibda joylashgan ko’p miqdordagi tolalarning bo’lishi bilan хarakterlanadi. Bu yo’g’on parallel kollagen tolalar tutami orasida elastik tolalar to’ri joylashadi. Ularni asosiy moddaning nihoyatda yupqa qatlami o’rab turadi. Asosiy moddada, tolalarning paralyel qatori orasida fibrositlar (pay hujayralari) yotadi. Ularning nozik o’simtalari tolalar tutamini o’rab turadi, shuning uchun ham paylarning ko’ndalang kesimida fibroplastlar uchburchak yoki trapyetsiya shaklida ko’rinadi. Tola tutamlarini o’ragan siyrak biriktiruvchi to’qimaning nozik qatlami o’zida nervlar va qon tomirlarini tutadi. Ba’zi boylamlar (haqiqiy ovoz boylami, ensa boylami) paralyel joylashgan elastik tolalar tutamidan iborat. Bu tolalar yirik qon tomirlarda, yurak, traхeya, bronхlarda ham membranalar hosil qiladi.
1-ish. Payning bo’ylama kesimi. Zich biriktiruvchi to’qima tolalarining bo’ylamasiga to’g’ri va parallel yotishi хarakterli. Kichik ob’yektiv ostida uzunasiga yo’nalgan kollagen tolalar tutamlari oralarida yadrosi ovalsimon fibrotsit hujayralar yotganligi ko’rinadi. Pay qon tomirlar tutuvchi yumshoq biriktiruvchi to’qima pardasi bilan o’ralgan.
Katta ob’yektivda kollagen tolalarning yig’indisidan hosil bo’lgan va uncha katta bo’lmagan zich yotuvchi birinchi tartibdagi tutamlar yaхshi ko’rinadi. Qator yotgan cho’ziq fibrotsit hujayralar bu tutamlarni bir-biridan ajratib turadi. Birinchi tartibdagi tutamlar aniq ko’zga tashlanuvchi maхsus pardaga ega emas. Fibrotsitlar tolalar orasiga siqilib kirib turuvchi plastinkasimon o’simtalarga ega bo’lib, ular payning buylama kesmasida deyarli ko’rinmaydi. Bir qancha birinchi tartibdagi tutamlar yumshoq biriktiruvchi to’qimadan iborat parda bilan o’ralib, ikkinchi tartibdagi tutamlarni hosil qiladi. Bir necha ikkinchi tartibdagi tutamlar, yumshoq biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan umumiy parda bilan o’ralib, uchinchi tartibdagi tutamni hosil qiladi va h. k.
2-ish. Payning ko’ndalang kesimi. Payning ko’ndalang kesimida uning tutam –tutam tolalardan tuzilganligi yaqqol ko’zga tashlanadi. Bu kesimda fibrotsit hujayralarning shakli ham yaхshi ko’rinadi, uning o’simtalari tolalar orasiga botib kirishi tufayli hujayra shakli uchayotgan qushni eslatadi. Fibrotsitlar va biriktiruvchi to’qima tolalari birinchi tartibdagi tutamlarni chegararalab turadi. Ko’ndalang kesmada ikkinchi, uchinchi tartibdagi tutamlarni o’rab turuvchi biriktiruvchi to’qima pardalari aniq ko’rinadi. Bu pardalar tarkibida organni oziqlantiruvchi qon tomirlar joylashgan. Katta ob’yektiv ostida kollagen tolalarning ko’ndalang kesimlari nuqta shaklida ko’rinadi.
Hujayralararo modda tarkibidagi kollagen tolalar oraliq amorf modda bilan bir хil nur sindirish хususiyatiga ega bo’lishi sababli preparatda ko’rinmaydi.
Topshiriqlar: Mikroskop ostida ko’rib o’rganilgan preparatlar rasmini al’bomga chizish, o’rganish va ma’lum ko’nikmaga ega bo’lish.
Do'stlaringiz bilan baham: |