Gistologiya va embriologiya



Download 0,58 Mb.
bet9/34
Sana14.07.2022
Hajmi0,58 Mb.
#794852
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34
Bog'liq
Gistologiya va embriologiya

7-AMALIY
Suyak to’qimalari, hujayralari, oraliq modda regeneratsiyasi


Darsning maqsadi: Suyak to’qimasining rivojlanishi va tuzilishini o’rganish.
Kerakli materiallar: Suyak to’qimasi tuzilishi, tarkibi, hujayralari osteoblast, osteotsit va osteoklast va suyak to’qimasining hosil bo’lish хillari tasvirlangan tablitsalar, doimiy mikroskopik preparatlar. Atlas.
Mashg‘ulotning borishi: Suyak to’qimasi mezenximadan taraqqiy etadi va hujayralararo moddasi ohaklangan biriktiruvchi to’qimaning bir shakli hisoblanadi. Hujayralararo modda tola va anorganik tuzlar tutgan asosiy moddadan iborat. Biriktiruvchi to’qimaning kollagen tolalari tipidagi suyak tolasi ossyein tola deb nomlanadi. Tola va ular orasidagi asosiy modda murakkab birikma hosil qiluvchi kalsiy, fosfor, magniy va boshqa tuzlar bilan to’ydirilgan.
Hujayralararo moddada nozik suyak kanalchalari bilan tutashgan suyak bo’shliqlari mavjud. Shu bo’shliqlarda mitoz qobiliyatini yo’qotgan organellalari kam, o’simtali hujayra- osteositlar joylashadi. Osteositlar o’simtali oraliq moddaga va hujayralarga oziq moddalarni o’tkazishda katta ahamiyatga ega bo’lgan suyak kanalchalariga tarmoqlanadi.
Kanalchalar suyak ichidan o’tuvchi va qon tomirlar tutgan suyak kanallari bilan tutashadi. Bu naylar osteositlar va qon o’rtasidagi modda almashinuvini taminlovchi yo’l hisoblanadi. Suyak hujayrasining boshqa shakli – osteoklast ko’p yadroli yirik hujayradir. Ularning sitoplazmasida ko’p miqdorda lizosomalar uchraydi. Bu hujayralar yemirilayotgan suyak yoki tog’ay mikrozonasi tomon yo’nalgan mikrovarkinkalar hosil qiladi.
Suyak to’qimasi skeletini tiklab, tayanch vazifasini bajaradi. Skelet materiali suyakning organik va anorganik komponentlari birga qo’shilgandagina pishiq bo’ladi (organik moddadalarning bo’lmasligi suyakni mo’rt qilib qo’ysa, anorganik moddalar yo’qolganda suyak yumshoq bo’lib qoladi). Suyaklar modda almashinuvida ham ishtirok etadi, zeroki, ular kalsiy, fosfor va boshqa moddalarning makoni hisoblanadi. Suyak to’qimasi o’z zichligi va pishiqligiga qaramay, muntazam ravishda o’z tarkibidagi moddalarni almashtirib turadi, ichki tuzilmasini, hatto tashqi ko’rinishini ham o’zgartiradi.
Ikki tipdagi: dag’al tolali va plastinkasimon suyak to’qimasi tafovut qilinadi.
Dag’al tolali suyak. Bu suyakning asosiy moddasida turli tomonga yo’nalgan ossyein tolalarning yirik tutamlari mavjud. Osteositlar ham betartib joylashgan. Bunday to’qimadan baliq, amfibiy skeletlari tuzilgan.
Plastinkasimon suyak. Katta yoshdagi odam suyaklarining ko’p qismi plastinkasimon suyak to’qimasidan tuzilgan. Naysimon suyakning diafizi uch qavatdan- tashqi gyenyeral plastinkalar, gavye6rs tizimlari (osteonlar), ichki general plastinkalar hamda tashqi general plastinkalardan iborat.
1-ish. Suyakning mezenximadan rivojlanishi (embrion jag’idan tayyorlangan). Suyak taraqqiyotining turli bosqichlarida har хil to’qimalar hosil bo’ladi. Preparatdan eozin bilan to’q pushti rangga bo’yalgan, turlicha shakl va qalinlikdagi yangi hosil bo’lgan suyak to’sinlarini topish mumkin. Ularni och bo’yalgan mezenxima hujayralari o’rab yotadi. Katta obьyektiv yordamida ana shu yangi hosil bo’layotgan suyak to’sinlari tuzilishini ko’ramiz.
Suyak to’sinlari oksifil bo’yalib ularning pyerifyerik qismida ensiz, och bo’yalgan zonasi ajralib turadi. Bu hali kalьtsiy tuzlari to’planmagan suyak oldi moddadan iborat bo’ladi. Suyak to’sinlari chetlarida ostyeoblast hujayralar bir qator bo’lib yotadi. Osteoblastlar past bo’yli prizmatik, ko’pincha esa shakli noto’g’ri hujayralar bo’lib, suyak moddasini hosil qiladi. Suyak moddasi hosil bo’lishi davomida osteoblastlar ana shu yangi hosil bo’layotgan suyak moddasida ko’milib qoladi va asta-syekin suyak hujayralari-osteotsitlarga aylanadi. Shu sababli preparatdi suyak to’sinlari ichida ushbu hujayralar ko’rinadi. Suyak moddasi yangi suyak hosil bo’lishi bilan ayni bir vaqtda qisman yemirilib ham turadi. Suyak moddasini ostyeoklast deb ataluvchi hujayralar yemiradi. Osteoklastlar kam uchraydi ular juda ham katta bo’lib, tarkibida ko’plab yadro tutadi. Osteoklastlar ham suyak to’sinlariga yopishib yotadi. Ular suyak moddasini yemirishi tufayli bu joylarda lakunalar hosil bo’ladi.
Suyak to’sinlari mezenxima bilan o’ralgan. Mezenxima ichida ko’pgina qon tomirlar joylashgan.
2-ish. Tog’ay o’rnida suyak rivojlanishi (embrion oyog’idan tayyorlangan). Embrion taraqqiyoti davomida dastlab bo’lajak naysimon suyaklar o’rnida gialin tog’ay hosil bo’ladi. Gialin tog’ay bo’lajak naysimon suyak shaklida bo’lib, kyeyinchalik uning diafiz qismida suyaklanish jarayoni boshlanadi.
Diafizda suyaklanish dastlab tog’ayning ustki pardasi ostidan boshlanadi. Hosil bo’lgan suyak moddasi diafizni хuddi byelbog’ singari o’raydi. Bu jarayon pyeriхondral suyaklanish deyiladi, so’ngra pyeriхondral byelbog’ o’rab turgan joyda oziqlanishning buzilishi tufayli tog’ayda distrofik o’zgarishlar yuz byerib, uning yemirilishiga olib kyeladi. Yemirilayotgan tog’ay o’rnida ham ichki suyak hosil bo’la boshlaydi. Bu jarayon endoхondral suyaklanish nomini olgan.
Tog’ay diafizdan har ikkala epifiz tomon suyaklanib boradi. SHu sababli preparatda suyaklanishning turli boskichlarini o’z ichiga olgan murakkab jarayonni ko’rish mumkin. Chunonchi, diafiz qismida shakllana boshlagan suyak moddasi, epifizga tomon esa yemirilayotgan tog’ay va undan kyeyin normal tog’ay zonalari ko’rinadi. Shunday kilib, preparatda suyak diafizida hosil bo’layotgan suyak to’sinlarini ko’rish mumkin. Suyak to’sinlari to’q pushti rangga bo’yalib, ularning chetlariga ostyeoblast hujayralari yopishib yotadi. To’sinlar ichida ostyeotsitlar joylashgan. Suyak to’sinlari orasida mezenxima joylshib, unda ko’pgina qon tomirlarni ko’rish mumkin.
Tog’ayning yemirilish zonasidan so’ng, uning ohaklanish zonasi joylashgan. Bu yerda suyak to’sinlari bilan o’ralgan tog’ay qoldiqlari ko’rinadi. Ular tog’ayning bazofil bo’yaluvchi hujayralararo moddasidan iborat.
So’ng pufaksimon hujayralr zonasi yotadi. Bu yerda tog’ay hujayralari shishib, och bo’yaladi, yadrosi esa burishib yemiriladi. Demak bu zonada tog’ayning yemirilishi boshlanadi. Preparatni epifizga tomon ko’proq siljitsak, tog’ay hujayralari qator-qator bo’lib tizilib yotganini ko’ramiz. Hujayralarning bu ko’rinishi ustma-ust yotgan tangachalarni eslatadi. Shu sababli bu qatlam hujayralarini ustunchalar zonasi deb ataladi. Bu qatlamdan so’ng normal tog’ayning kyeng zonasi ko’zga tashlanadi.
Topshiriqlar: Atlas yordamida o’rganilgan preparatlar rasmini albomga chizish, ularni izohlash va ma’lum ko’nikmaga ega bo’lish.

.



Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish