Urug'don ortig'i. Urug'don ortig'i nayining bo'shlig'i, suyuqlik bilan to'la bo'lib, unda spermatozoidlar yig'iladi. Bu suyuqlik urug' chiqaruvehi yo'llar epiteliysining va egri-bugri naylarning suyuqlik va sekresiyasidan iborat. Bu suyuqlik spermatozoidni suyultiradi va harakatlanishini osonlashtiradi. Demak, urug'don ortig'i spermatozoidni to'plovchi rezervuar hisoblanadi. Suyultirilgan spermatozoid, sperma deb ataladi.
Urug' olib ketuvchi yoi. Bu yo'l ustki tomondan ikki qavatli epiteliy hujayralari bilan qoplangan bo'lib, unda kutikula aniq ko'rinib turadi. Ichki qismi shilliq pardadan iborat. Shilliq pardada siyrak biriktiruvchi to'qima bor. Unda ichki, o'rta va tash-qi muskul qatlamlar joylashgan.
Urug' olib ketuvchi yo'lning muskul qavatini, peristaltik harakati tufayli sperma bu yo'lda surilib harakatlanadi va eyakulyasiya vaqtida uning chiqib ketishi ta'minlanadi.
Urug' pufakchalari. Urug' pufakchasi, yoki xaltasi urug' olib ketuvchi yo'lning kengaygan joyi bo'lib, uning devori uch qavatdan: shilliq, muskul va biriktiruvchi to'qimadan iborat.
Urug' pufakchasi - urug' saqlovchi joy deb hisoblanar edi. Keyingi ma'lumotlarga qaraganda, bu pufakcha qo'shimcha jinsiy bez bo'lib, suyuqlik ishlab chiqaradi. Bu suyuqlik spermaga aralashib, uni suyultiradi va neytrallaydi.
Urug' otuvchi kanal. Bu kanalning ichki shilliq qavati epiteliy hujayralari bilan qoplangan bo'lib, unda yaxshi rivojlanmagan muskul ham bor. Tashqi tomondan biriktiruvchi to'qima bilan o'ralgan. Bu kanal devorida ba'zi ortiqlar bor. Ularning ba'zilari urug' pufakchasi bilan bir xil tuzilgan va shuning uchun qo'shimcha pufakcha ham deb hisoblanadi. Boshqalari esa prostata bezining naylarini eslatadi.
Prostata bezi. Bu bez urogenital sinus murtagidan rivojlanib, siydik chiqaruv kanaliga ochiladi. Bu bez muskulh a'zo bo'lib, uning bez qismi alveolalar, sekretor bo'limlar va naylardan iborat. Unda muskuldan tashqari, biriktiruvchi to'qima ham bo'ladi. Bu ikkala to'qima bezni 30-50 ta bo'laklarga ajratadi. Muskul tutamlari eyakulyasiya vaqtida bez bo'laklaridan sekretni chiqarib yuboradi. Bezning oxirgi bo'lagining naylari, siydik chiqaruv kanalining prostata qismiga ochiladi.
Prostata bezining sekreti yopishqoq bo'lib, ishqoriy muhitga ega bo'lgan (RN-8-8,4), oq rangli suyuqlikdir. Bu sekretning tarkibida suv, nukleoprotein, iesitin, xolin, spermin (spermaga maxsus hid berib turuvchi organik modda), kaliy tuziari va boshqa tuzlar bo'ladi. Bundan tashqari, prostata bezidan prostoglandin moddasi ham ishlab chiqariladi. Bu modda lipid tabiatli biologik faol modda bo'lib, uning A, ye, F guruhlari bor. Shulardan F prostoglandin silliq muskuUarni qisqartirsa, ye turi muskuUarni bo'shashtiradi. Uning bu xususiyatlaridan tug'ish-abort paytlarida foydalaniladi. Bundan tashqari, prostoglandin yurak qisqarishi, buyrakda ionlar reabsorbsiyasi va arterial bosimni boshqaradi. Qarilikda prostata bezining kanallari yopilib, sekret ishlab chiqarmaydi.
Urug'don do'mboqchasi. Siydik chiqaruv kanalining orqa devorida o'rnashgan. Uning yuzasi epiteliy to'qima bilan qoplangan bo'lib, ichki qismi silliq muskul va biriktiruvchi to'qimalardan tuzilgan. Urug'don do'mboqchasida nerv tolalari ko'p bo'lib, ularning qo'zg'alishi tufayli creksiya va eyakulyasiyaning ba'zi fazalari yuzaga keladi. Urug'don do'mboqchasi, ereksiya vaqtida eyakulyatning siydik pufagiga qarab oqishiga yo'l qo'ymaydi va siydik chiqishiga qaishilik ko'isatadi, siydik chiqayotganda aksincha faoliyat ko'isatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |