12-AMALIY Urug’lanish. Urchish va urug’lanish bosqichlari. Urug’lanishning biolognk axamiyati.
Darsning maqsadi: Talabalarga tuxum xujayrasining urug‘lanish (otalanish) jarayoni hamda urug‘langan tuxum xujayraning bо‘linishi.jarayoni bilan tanishtirsh, ilmiy va materialistik tushuncha berish.
Kerakli materiallar. tuxum xujayrasining urug‘lanish (otalanish) jarayoni hamda urug‘langan tuxum xujayraning bо‘linishi.jarayoni tо‘g‘risidagi ma’lumotlar, tablitsalar, sxemalar, animatsiya va adabiyotlar.
Mashg‘ulotning borishi. Ichki urug'lanish. Bunda jinsiy hujayralar ona orgardzmining jinsiy oifj,anlarida o'zaro qo'shiladi. Erkak jinsiy hujayralarini tashqariga qo'yishi uuiiiikin. Urg'ochilari esa uni o'zining jinsiy teshiklariga kiritib oladi. Masalan, liasliarotlarning ba'zilarida shu holatm" uchratish mumkin. Bu tashqi-ichki olalanish deb ataladi. Ba'zilarida erkaklari spermani urg'ochi jinsiy organlariga licvosita kiritib qo'yadi. Masalan, sut emizuvchilarda shunday bo'ladi. Bu kiliki otalanish deb ataladi. Ba'zilarida ichki otalanish bo'lsa ham, embrion
7-rasm. Urug'lanish jarayoni bosqichlarining ketma-ketligi. 1-tuxum hujayraning sitoplazmasi; 2-tuxum hujayraning yadrosi; 3-yaltiroq qobiq; 4-follikulyar epiteliy; 5-spermatozoidning boshi; 6-spermatozoidning bo'yni; 7-spermatozoidning dumi; 8- spennatozodni qabul qiluvchi do'nglik; 9-urug'lanish qobig'i; 10-urg'ochilik pronukleusi; 11-erkaklik pronukleusi; 12-sentriolalar o'rtasidagi duk; 13-sinkarion;
tashqi muhitda rivojlanadi. Masalan, qushlarda, repteliyalarda shunday holat kuzatiladi. Zuluklarning urchish jarayoni boshqa hayvonlardan farq qiladi. Ular germafrodit bo'lib, urug'lanish ichki bo'ladi. Jag'li zuluklar kopulyativ organi orqali spermatozoidlarini urg'ochi jinsiy organlariga o'tkazadi. Baliq zulugida esa spermatozoidlanu spermatofora holida urg'ochi zuluk terisining ustiga qo'yadi. Spermatofora qo'yilgan joydagi teri yumshaydi va teri orqali spermatozoid tuxum yo'llariga o'tadi, Zuluklarda bunday urchishni A. O. Kovalevskiy aniqlagan va uhi teri orqali urchish deb atagan.
Tuxum hujayraning ustki qismi po'st bilan qoplangan. Tuxum hujayraga spermatozoid qanday kiradi? Spermatozoid ko'pchilik tuxumlaming ichiga mikropile teshilcchasi orqali kiradi. Bu teshik orqali tuxum yetilishi davrida oziq moddalar kiradi. Ammo spermatozoid ana shu "to'siq" orqali ichkariga kirishi lozim.
Elektron mikroskop orqali ko'pchilik hayvonlar spermatozoidida akrosoma reaksiyasi sodir bo'lishi aniqlangan. Bungacha spermatozoid boshi yordamida mexanik ravishda tuxumni teshib ichiga kiradi, deb hisoblanardi. Ammo bu hodisa mexanizmi ancha murakkabdir. Akrosomaning po'sti, xaltasi, apikal xaltasi farqlanadi. Akrosoma hosil bo'lishida golji apparati muhim ahamiyatga ega. Spermatozoid tuxum bilan duch kelganda akrosoma po'sti yoriladi vaingichkaakrosomaipini otadi.Uning uzunligi dengiz tipratikanida 1 mkm, dengiz yulduzlarida 25, osyotr balig'ida 5-8 mkm. Tuxumning yaqinlashishi bilan akrosoma tuxum po'stini va uning yaqinligini sezadi. Bu sezuvchi apparat granulali qalin qavatdirAkrosomaipi tuxum po'sti vasariqlik qobig'i orqali ichkariga kiradi. Natijada urug'lanish konusi hosil bo'ladi. Spermatozoid boshi mikropile teshigigakirishi bilan akrosomaipi yo'qoladi. Spermatozoidning dumi uzulib, tashqarida qoladi. O'zi ichkariga kirib, tuxum hujayra bilan qo'shiladi. Qo'shilish oldidan tuxum ikki xil faollashadi: 1. ImpulsH faollashuv. Bunda spermatozoid bilan yaqinlashganda tuxum uni sczib faollashadi. 2. Kortikal faollashuv. Bunda tuxum po'stining spermatozoidni qabul qilishigacha va undan keyingi faollashuvi tushuniladi. Tuxumning mikropile teshigi oqsilli tiqin bilan yopilgan bo'ladi. Akrosomaning gialuronidaza fermenti uni eritib, spermatozoidga yo'l ochadi va spermatozoid tuxum ichiga kiradi, zigota hosil bo'ladi. Urug'lanish tufayli xromosomalarning diploid nabori tiklanadi, tuxum hujayrakeyingijarayonlar uchun faollashadi. Urag'lanishdan keyin jinsiy hujayralar yadrosining qo'shilishini birinchi marta 1875 yilda O. Gertvig aniqlagan.
Kortikal granulaning urug'lanish po'stiga qatnashmagan qismi bir qator bo'lib teriladi va yupqa gialinli membrana hosil qiladi. Urug'lanish po'sti sitoplazma chetidan ajraladi va uning o'rnini perivitellinli bo'shliq deyiladi va u suyuqlik bilan to'ladi. Urug'lanishdan keyin boshqa spernjatozoidlar urug'lanish po'stidan ichkariga kira olmaydi.
Spermatozoidning tuxumga kirgan joyi bo'rtib chiqadi. Bu joy urug'lanish bo'rtigi deyiladi. Spermatozoid tuxumga kirgandan keyin dumi, mitoxondriyasi va boshqa organoidlari yo'qoladi. Har ikkala jinsiy hujayraning yadrolari shishadi va markazga keladi. Yadro po'sti erib ketadi va ikkala yadro bir-biri bilan qo'shiladi. Bu hodisa singamiya deyiladi. Shu bilan urug'lanish tugaydi.