15-AMALIY
Nеyrulyatsiya va o’q a'zolarining yuzaga kеlishi. Nеrv nayining hosil bulishi.Markaziy nеrv tizimining shakllanishi. Tayanch a'zolariniig boshlang’ich-somitlarning shakllanishi.
Darsning maqsadi: Talabalarga neyrulytsiya va o’q a’zolarining yuzaga kelishi.Nerv va markaziy nerv tizimining shakllanihsi to’g’risida tushuncha berish.
Kerakli materiallar. Neyrulytsiya va o’q a’zolarining yuzaga kelishi.Nerv va markaziy nerv tizimining shakllanihsi tо‘g‘risidagi ma’lumotlar, tablitsalar, sxemalar, animatsiya va adabiyotlar.
Mashg‘ulotning borishi. Neyrulyasiya. Umurtqali hayvonlar embrion taraqqiyotida gastrulyasiyadan keyin neyrulyasiya, ya'ni o'q organlar - nerv nayi (bu bosqichning norm" shundan olingan), xorda va mezodermal somit paydo bo'lishi bosqichi sodir bo'ladi. Bu bosqichdagi embrion neyrula deb ataladi. Nerv sistemasini hosil qiluvchi hujayralar yirik bo'Ub, ular xorda va somitni ustidan yopib turadi. Nerv plastinkasining chetidan 2 ta nerv yoki medulyar valik boshlanib, ular nerv sistemasini hosil qiladi. Bu valiklar dastlab embrionning oldingi qismida, keyin o'rta va orqa qismida hosil bo'ladi. Ular birikib, nerv yoki medulyar nayni hosil qiladi. Bu naydan orqa miya taraqqiy etadi. Uning oldingi qismi kengayib, bosh miya hosil bo'ladi. Medulyar nay epidermisdan to'liq ajraladi. Epideimisning chetlari nerv nayining ustki qismi bilan birikadi. Shunday qilib, nerv nayi orqa va bosh miyaga aylanadi (82-rasm).
Nerv nayi oldingi qismining turh joylarining notekis o'sishi tufayli har xil kattalikdagi kengaygan joylar paydo bo'ladi. Ayniqsa, 3 ta: oldingi, o'rta va orqa miya pufagi hosil bo'ladi. Oldingi miya pufagi keyinchalik katta miyaga yoki oxirgi miyaga va oraliq miyaga aylanadi. O'rta miya pufagidan o'ladi, orqa miya pufagidan miyacha, miya ko'prigi va uzunchoq miya hosil bo'ladi.
Oraliq miyaning pastki qismidan gipofiz, devoridan esagipotalamus va epifiz bezlari paydo bo'ladi.
Nerv sistemasining murakkabligiga qarab har xil hayvonlarda markaziy nerv sistemasining o'ziga xos anatomik, gistologik xususiyatlari paydo bo'lgan.
1-jadval
Embrion varaqlarining differensiasiyasi (organlar va organ qismlarining hosil bo'lishi)
19-bosqich
15-rasm. Triton embrionining neyrulyasiya davrida ektodeimal hujayralar shaklining o'zgarishi.
Tuban umurtqali hayvonlarda, jumladan, jinsiy voyaga yetgan akulasimon baliqlarda nerv sistemasi embrionning nerv sistemasidan deyarli farq qilmaydi. Yuksak umuitqalilarda, ayniqsa, odamlaming embrionining bosh miyasi morfologik jihatdan jinsiy voyaga yetgan baliq yoki amfibiya bosh miyasidan farq qilmaydi. Ammo odam jinsiy voyaga yetganda uning miyasi tuzilishi jihatdan tuban umurtqalilarning miyasidan tubdan farq qiladi. Progressiv evolyusiya jarayonida organizmlarni tashkil etadigan hamma organlar ham murakkablashmagan. Masalan, qushlaming yoki hasharotlar ko'zining ayrim xususiyatlari sut erruzuvcMarriing ko'ziga nisbatan yuqori darajada tuzilgan. Bosh miya odamning kelib chiqishi va evolyusiyasi jarayonida yuksak darajada takomillashgan.
Orqa miya va periferik nerv sistemasining rivojlanishi. Orqa miyaning rivojlanishi davrida uning devorining hujayralari ikki yo'nalishda differensiasiyalashadi: biridan neyrogliya (miya nerv hujayralarini oziqlantiruvchi), ikkinchisidan nerv hujayralari hosil bo'ladi. Neyrogliya nerv hujayralarining atrofida joylashadi. Neyroblastdan hosil bo'ladigan hujayralarning tanasi orqa miyaning kulrang (ichki) moddasini, nerv tolalari esa uning oq (tashqi) moddasini hosil qiladi.
Rivojlanayotgan bosh miya nervlarini 3 guruhga bo'lish mumkin: r Sezuvchi nervlar, ulardan uch shoxli nervning hidlash, eshitish va ko'rish tarmoqlari hosil bo'ladi.
2. Harakatlantiruvchi nervlar, bularga ko'zni harakatlantiruvchi muskul nervi va taktil nervlari misol bo'ladi.
3. Axalash nervlar, bular bosh miyaning harakatlantiruvchi nerv tolalari va sezuvchi nervning tugunlaridan paydo bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |