«G‘isht teruvchi» kasbi bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanma toshkent-2021 kirish


-rasm. Devor g‘ishtlarini terishda choklarni zanjirsimon (bir qatorli) bog‘lash sistemasi



Download 6,33 Mb.
bet10/38
Sana13.06.2022
Hajmi6,33 Mb.
#660532
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38
Bog'liq
«G‘isht teruvchi» kasbi bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanma toshken (1)

7-rasm. Devor g‘ishtlarini terishda choklarni zanjirsimon (bir qatorli) bog‘lash sistemasi: a, b – qalinligi 2 va 2,5 g‘isht bo‘lgan devorning burchak g‘ishtlarini terishda choklarni bog‘lash; d – qalinligi 4,5 g‘isht bo‘lgan devorlarning tutashuvi; e– qalinligi
1,5 g‘isht bo‘lgan devorlarning bir-birini kesib o‘tishi; f– qalinligi 1,5 g‘isht bo‘lgan devorlarning cheklanishi; g– deformatsiya choki; hdudburon va ventilyasiya kanali.



  • uch choraklik g‘ishtlardan foydalanishda miqdorni ya’ni ishlatiladigan g‘ishtlar sonini aniqlash devorning qalinligiga bog‘liq.

Bir-birini kesib o‘tadigan devor g‘ishtni terishda (7-rasm. e) bir tekislikda joylashadigan qatorlarning g‘ishtlari yotqizilib teriladi. Masalan, bo‘ylama tushgan devorning sirtidagi qatorlarning g‘ishtlari ko‘ndalang yotqizib terilsa, ko‘ndalang tushgan devorda g‘ishtlar uzunasiga yotqiziladi.
Chetki qatorlar g‘ishtni terishda (7-rasm. f) choklarni bog‘lash uchun uch choraklik g‘ishtlar ishlatiladi. Ularning sindirilgan tomoni devorning ichki tomoniga qaratiladi.
G‘ishtlarni deformatsion choklar hosil qilib. (7-rasm. g) terish tartibi ham muhim ahamiyatga ega.
Dudburon va ventilyatsiya kanallarini qurish ishlari ularning o‘rnini andaza bo‘yicha belgilab chiqishdan boshlanadi. So‘ngra ikki-uch qator g‘isht teriladi va kanallarga cho‘p-xas o‘tishga yo‘l qo‘ymaydigan buykalar o‘rnatiladi. Dudburonni va havo yo‘llari bo‘lgan devor g‘ishtlarini terish (7-rasm. h) tartibiga amal qilinadi.
2.Choklarni ko‘p qatorli sistemada bog‘lash qoidalari
Choklarni ko‘p qatorli sistemada bog‘lash qoidalari quyidagicha tasniflanadi:

  • birinchi (ostki) qator g‘ishtlari ko‘ndalang yotqizib teriladi;

  • devorlar va ustunlar cheti bilan bir tekislikda joylashadigan qatorlar, bo‘g‘otlar, belbog‘lar, shuningdek, orayopma va balkon plitalari tayanadigan joylardagi qatorlarda g‘ishtlar ko‘ndalang yotqiziladi;

  • choklarni bir qatorli sistemada bog‘lanadigan qatorlaridagi g‘ishtlar qanday terilsa, dastlabki ikki qatorning g‘ishtlari ham shunday teriladi;

  • bundan keyingi 3, 4, 5 va 6-qatorlarni terishda, devorning qalinligidan qat’iy nazar, g‘ishtlar uzunasiga yotqiziladi va choklar yarim g‘isht to‘g‘risida bog‘lanadi;

  • to‘g‘ri burchaklarning g‘ishtlarini terish devorning qalinligi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, yarim g‘isht, uch choraklik g‘ishtlar yotqizilishdan boshlanadi, bu g‘ishtlar devor yuziga qaragan eng chetki qatorlarda uzunasiga yotqiziladi, oraliq qatorlarga esa (uch choraklik va ko‘ndalang g‘ishtlar orasiga) choraklik g‘ishtlar yotqiziladi;

  • derazalar oralig‘idagi devor g‘ishtlarni terishda agar devorning eni to‘rt g‘ishtdan ortiq bo‘lmasa, choklarni ko‘p qatorli sistemada bog‘lashga yo‘l qo‘yiladi;

  • devorlarning bir-biriga tutashadigan joyidagi qatorlarda g‘ishtlar ko‘ndalang yotqiziladi, devorlarning tutashadigan joylarida qatorlar choraklik g‘ishtlar bilan bir-biridan ajratiladi, keyingi qatorlarda g‘ishtlar uzunasiga yotqizilib, choklar yarim g‘isht surib bog‘lanadi;

  • devorlar bir-biri bilan kesishadigan joylarda g‘ishtlar ko‘ndalang yotqizib terilgan qatorlar ko‘ndalang g‘ishtlar bilan bir-biridan ajratiladi, g‘ishtlarni bo‘ylamasiga yotqizilgandan keyingi qatorlarning choklari yarim g‘isht surib bog‘lanadi;

  • cheklangan qatorlar. G‘ishtlarni ko‘ndalang yotqizib teriladigan qatorga uch choraklik g‘ishtlar yotqiziladi, keyingi qatorlarda choklarning bog‘lanishiga alohida e’tibor beriladi.

Ustunlar – devorlarning derazalar orasidagi qismi binoning og‘irlik ko‘p tushadigan elementlari hisoblanadi. Ularni qurayotganda g‘isht qatorlarining vertikalligiga va gorizontalligiga, choklarga qorishma yetarlicha to‘ldirilganligiga alohida ahamiyat beriladi. Ustunlar va derazalar orasidagi tor devorlarni qurishda birinchi qator g‘ishtlarni ko‘ndalang yotqizib teriladi va yana bir qator ko‘ndalang yotqiziladi. Faqat qo‘shni uch qatordagi vertikal choklarning bir-biri to‘g‘risida joylashuviga yo‘l qo‘yiladi.




Download 6,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish