1.G‘isht teruvchilar ishlarini va ish o‘rnini tashkil qilish
G ‘isht teruvchining ish o‘rnini xavfsizlik qoidalari asosida, yuqori mehnat unumdorligi, vaqtning samaradorligini ta’minlash maqsadida qulay holatda tashkil qilish kerak. Bunda yopma devorli joylarni terayotganda g‘isht teruvchining ish joyining eni 2,5-2,6 metrni tashkil qilishi zarur bo‘lib, bundan 0,6-0,7 metr joyi ishchi zona hisoblanadi. Ya’ni g‘isht teruvchining erkin harakatlana olishiga imkon yaratiladi.1,5-1,6 metr joy materiallarni taxlab qo‘yish uchun ajratiladi. 0,3-0,4 metr joy erkin zona bo‘lib, bunda ishchilar materiallarni turib qabul qilib olishlari uchun imkon yaratiladi. G‘isht teruvchi ortiqcha harakatlar qilmasligi, vaqtni tejash maqsadida, g‘ishtlarni devor ro‘parasiga, qorishmani esa deraza ro‘parasiga joylashtirib olishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Burchaklarni terishda g‘ishtlar asosan burchakka taxlanadi, qorishma esa burchakdan ozgina qochiriladi, chunki burchakka ko‘p g‘isht sarf bo‘ladi.
G ‘isht teruvchi ustalarni ish faoliyatini tashkil qilishda alohida zvenolarni ixtisoslik darajasi, ularning malakasi va tarkib soniga asoslanib bo‘lish, mehnat unumdorligini oshiradi hamda terilgan g‘ishtni sifatli bo‘lishini ta’minlaydi
G‘isht-tosh terish jarayonini ajratilgan-oqim yoki konveyer-oqim usullari bilan tashkil etish mumkin. Bunda “Ikkilik”, “Uchlik”, “To‘rtlik” va “Beshlik” kabi zvenolar ajratilgan-oqim usulida ish olib boradi. Zvenolarning faoliyati ishning murakkabligi va miqdoriga qarab tashkil etiladi. Varpo etilayotgan devorda oraliqlar ko‘p, ustun, devor qalinligi 1,0 va 1,5 g‘isht bo‘lsa, devor qalinligi
2 g‘ishtdan qalin va 1,5 g‘isht qalinlikda zanjirli bog‘lanish sistemasida terilsa, bunda “Ikkilik zveno” bilan ishlarni bajarish maqsadga muvofiqdir. Devorning qalinligi 2 g‘ishtdan kam bo‘lmaganda, ish “To‘rtlik” zveno bilan tashkil etilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Oddiy va o‘rtacha murakkablikdagi, qalinligi
2 g‘isht devorlarini esa “Beshlik” zveno bilan tashkil etish ishning unumini oshiradi. Agar oddiy va o‘rtacha murakkablikdagi qalinligi 2,5 g‘isht bo‘lgan, 40% dan ko‘p ochiq o‘rin bo‘lsa, ishni “Oltilik” zveno bilan tashkil etish kerak. Bunda devor “konveyer-oqim” usulida teriladi.
“Oltilik” zvenoda uchta “Ikkilik” zveno ishlaydi. Birinchi “Ikkilik” devorni tashqi qatorini, ikkinchi “Ikkilik” devorni ichki qatorini va uchinchi “Ikkilik” esa devorni o‘rta qismini teradi. “Ikkilik” devorlar qamrov ichida halqa bo‘ylab to‘xtovsiz harakat qilishadi. G‘isht-tosh terish jarayonlar tarkibiga tayyorgarlik, qorishma tayyorlash, materiallarni tashish, g‘isht terish kabi ishlar kiradi. reja o‘rnatish, g‘isht va qorishmani uzatish, g‘ishtni ichki, tashqi va o‘rta qatorga terish, g‘ishtni chopish va tekislash, choklarni tekislash va terilgan devorni to‘g‘riligini nazorat qilish kabi ishlar g‘isht terish jarayonlari deb ataladi.
Qalinligi 2 g‘ishtli devorni «uch kishilik» zveno yordamida terish.:
a -tashqi bo‘ylama qatorni terish, b -ichki bo‘ylama qatorni terish va ichki
oraliq qatorni ichki yarmini terish, d -tashqi ko‘ndalang qatorni terish.
Zveno tarkibiga qarab, g‘ishtni teruvchilar tegishli ish qurollari bilan ta’minlangan bo‘lishlari zarur (1-jadval)
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |