«G‘isht teruvchi» kasbi bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanma toshkent-2021 kirish



Download 6,33 Mb.
bet21/38
Sana13.06.2022
Hajmi6,33 Mb.
#660532
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38
Bog'liq
«G‘isht teruvchi» kasbi bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanma toshken (1)

Foydalaniladigan materiallar:

1. G‘ishtdan yasalgan modellar.


2. Silikat g‘isht.
3. Gel eritmasi.


Ish tartibi:

  1. O‘qituvchidan topshiriq varaqasini oling.

  2. Taklif etilgan bog‘lash sistemasini diqqat bilan o‘rganing va eslang.

  3. G‘ishtli modellarda yoki quruq yotqizishda bog‘lash sistemasini ishlab chiqing.

  4. Taklif qilingan bog‘lash sistemasini eritma shaklida joylashtiring.

  5. Tugallangan ishni o‘qituvchiga topshiring.

  6. O‘qituvchi bajarilgan ishni qabul qilgandan so‘ng, devorni qismlarga ajratib oling va ish joyini olib tashlang.



6-Mavzu:G‘isht terish ishlarida xavfsiz texnika qoidalari


Reja:
1. G‘isht terish sifatiga qo‘yiladigan talablar
2. G‘isht terish ishlarida xavfsizlik texnika qoidalari
3. Noqulay iqlim sharoitida g‘isht terish ishlarini bajarish.
1.G‘isht terish sifatiga qo‘yiladigan talablar

G‘isht terim sifati- terimning boshlanishdan to tugaguniga qadar tekshirib boriladi. G‘isht-tosh konstruksiyalari sifati Qurilish meyorlari va qoidalariga mos bo‘lishi zarur. Sifati deganda - uning materiallarini loyihaga mosligi, chok bostirishning to‘g‘riligi, devorlarning vertikalligi, gorizontalligi va to‘g‘ri chiziqliligi tushuniladi.


G‘isht terish vaqtida havo quruq, issiq yoki shamol esib turganda g‘isht ustiga suv sepilib, tajriba amalga oshiriladi. Bu tajriba g‘ishtni qorishmadagi namni to‘liq tortib olishi, qorishmani meyorida qotishini aniqlash, ya’ni qorishmaning qotmay qolishini oldini olish uchun bajariladi.
G‘isht terish ishlarini bajarish va qabul qilish qoidalaridagi g‘isht konstruksiyalarining o‘lchamlaridagi yo‘l qo‘yiladigan og‘ishlar va vaziyatlardagi og‘ishlar quyidagi 12 – rasm va 3-jadvalda keltirilgan.

3-jadval


Yo‘l qo‘yilgan og‘ishlar

G‘isht,beton,sopol va to‘g‘ri shaklli boshqa toshlardan qurilgan konstruksiyalar

Xarsangtosh va xarsangtosh - beton konstruksiyalar



Poydevor

Devor

Ustun

Poydevor

Devor

Ustun

Og‘ishlar:
Qalinlik bo‘yicha



15


+15 (+10)





10


+30


+20


+20


Qavat sathi bo‘yicha



15



15



15



25



15



15



Deraza oralig‘i
devori eni



-

-20
(-15)

-

-

-20

-

Deraza (eshik)
o‘rinlari eni



-

+20 (+15)

-

-

+20

-

Qo‘shni deraza
o‘qlarining surilish bo‘yicha



-


20


-


-


20


-


Konstruktsiyalar o‘qlarining surilishi bo‘yicha

10

10

10

20

15

10

Terim yuzasi va qirra- larining vertikaldan og‘ishi: bir qavat uchun (3,2...4,0)





-

10

10

-

20

15

Binoning butun balandligi bo‘yicha



10


30


10


30


30


30


Terim qatorlarining gorizontallikdan og‘ishi (10 m uzunlik uchun)





20

20(15)

-

30

20

-






















2 m gaz cho‘p qo‘yib aniqlangan terim yuzasining notekisliklar: suvaladigan yuza suvalmaydigan yuza





-
5



10
5



5
5



-
20



15
15



15
15



E
slatma! Qavs ichidagi konstruktsiyalar uchun yo‘l qo‘yiladigan og‘ishlarning o‘lchamlari ko‘rsatilgan.


2.G‘isht terish ishlarida xavfsizlik texnikasi qoidalari


Xavfsizlik texnikasi - bu qat’iy rioya qilingan holda hayot va sog‘liq uchun xavfsiz mehnat sharoitlari ta’minlangan chora-tadbirlar va qoidalar majmui.
Ishni boshlashdan oldin, g‘isht teruvchi quyidagi xavfsizlik texnika-qoidalariga alohida etibor berishi kerak:

- vazifani bajarish texnikasini va xavfsiz usullarini ishlab chiqish;
- ish joyi va materiallarning qoida asosida to‘g‘ri joylashishini tekshirish;
- asbob-uskuna va texnikalarni xizmatga yaroqliligini tekshirish;
-balandliklarda ishlayotganda tashqi himoya to‘siqlari mavjudligini tekshirish va o‘rnatish;
- mahsus ish kiyimi, qo‘lqoplar va xavfsizlik dubulg‘asini kiyish(13-rasm)
Qurilish va ta’mirlash ishlarida ko‘pincha iskala ishlatiladi. Iskala - bu qurilish jarayonining uzluksiz rivojlanishini ta’minlash uchun tashkil etilgan ish platformasi (14-rasm). Iskala foydalanishga qarab, tashqi iskala, iskala, materialiga ko‘ra: yog‘och iskala, bambuk iskala, po‘lat quvurli iskala, qurilish shakliga ko‘ra: qutbli iskala, ko‘prik iskala, eshik iskala, osma iskala kabi turlarga bo‘linadi.
Iskalalar prefabrik yoki blokli bo‘lishi mumkin. G‘isht terish ishlari uchun ularning kengligi kamida 2 m bo‘lishi kerak. G‘isht teruvchi g‘isht terish ishlarida iskala yoki iskala taxtasidan foydalanishi ya’ni devorga turmasdan g‘isht terishni bajarishi kerak. Devorning qalinligi uchta g‘isht yoki undan ko‘p bo‘lsa, devorda ishlash (ichki verstda turib) mumkin. Lekin xavfsizlik kamarlaridan foydalanish va barqaror tuzilmalarni bog‘lash majburiydir. Iskaladan foydalanishda quyidagi talab qoidalariga rioya etilishi lozim:
- iskala tuzilishi foydalanish talablariga javob berishini (agar yuqori darajadagi iskala bo‘lsa, uning poydevorining mustahkamligini) tekshirish;
-
iskala pol qoplamasining keng (kamida 2 metr) bo‘lishini, poydevori ish bosimiga chidamliligini, tekis (yurish paytida egilmagan) bo‘lishini hamda muhofaza tutqichlarining mavjudligini tekshirish .
Ish tugatilganida (g‘isht devor terilganida) g‘isht teruvchi devordan asbob-uskunalarni, ortib qolgan g‘isht, qorishma qoldiqlarini olib tashlaydi, ish joyini va yurish yo‘llarini tartibga solinadi.
O‘rnatilgan inshootlarning barqarorligini hisobga olgan holda, yuqorida turgan materiallar, tuzilmalar va asboblarning tushib ketishi, strukturaviy elementlarning o‘z-o‘zidan qulashi kabi xavflarni hisobga olib, zaruriy himoya vosita va usullarni tashkil etish kerak. Qurilish materiallari (g‘isht va qorishmalar) ni yetkazib berish vaqtida yuk ostida bo‘lish taqiqlanadi (15-rasm).
G
‘isht terish ishlari jarayonida texnika xavfsizlik qoidalariga rioya etmaslik: noto‘g‘ri terilgan g‘isht devorlarning qulashi, qorishmalarning zaiflashishi, xavfli zonada ishchilar ustiga balandlikdan g‘isht tushib ketishi, iskala qurilish materiallari bilan ortiqcha yuklanishi, maxsus himoya vositalari bo‘lmaganda balandlikdan yiqilib tushish kabi shikastlanish holatlariga olib keladi. Shikastlanishlar ba’zan ishni noto‘g‘ri tashkil etish va nomukammal texnologiyalar tufayli ham yuzaga keladi.
Qurilish qorishmalari va materiallari (ohak, sement) nafas olish organlari va inson terisiga zararli ta’sir ko‘rsatadi, ba’zida kimyoviy kuyishga ham olib keladi. Bunday shikastlanish holatlari ko‘p hollarda zaruriy himoya vositalaridan foydalanmaslik oqibatida sodir bo‘ladi. Quruq qurilish materiallari bilan ishlash (ortish, tushurish, tashish va hokazo) jarayonlarida changga qarshi niqob va ko‘zoynak taqish kerak. Asboblar bilan ishlash vaqtida ham xavfsizlik qoidalariga rioya qilish zarur. Ish jarayonida qo‘l asboblarini cho‘ntak yoki kamarlarga solib qo‘yish xavfli, chunki bu baxtsiz hodisalarga ham olib kelishi mumkin. Masalan, chisel bilan ishlaganda, uni ish davomida cho‘ntakka solib yurish, ko‘krak qafasi yoki qorinning jiddiy shikastlanishiga olib keladi.
G‘isht terish ishlarida kanoplarni o‘rnatishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak: kanoplarning birinchi qatorini yerdan 6 m dan ortiq bo‘lmagan balandlikda o‘rnatib, devorlar to‘liq balandlikda o‘rnatilguncha qoldiriladi. Kanoplarning ikkinchi qatori birinchi qatordan 6-7 m balandlikda o‘rnatilishi, so‘ngra har 6-7 m devor bo‘ylab qayta joylashtirilishi kerak Himoya kanoplari kamida 1,5 m kengligida bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Yog‘ochdan yasalgan yordamchi uskunalarni (iskala, narvon, zinapoya, taxta) ishlatishda qoidalarga amal qilishingiz kerak. Zinapoya va iskala, hatto past balandlikda ham, tutqichlar bilan jihozlangan, taxta plitalari qirralari mixlangan bo‘lishi kerak. Yuqori balandliklarda joylashgan iskala va taxtalarni ish jarayoniga tayyorlash va mustahkamlashda alohida e’tibor talab qilinadi. Narvonlar va zinapoyalarni qurilish materiallari bilan to‘ldirilib qo‘ymaslik lozim. Qurilish maydonchasida birinchi yordamni ta’minlash uchun birinchi yordam to‘plami (bandajlar, steril paxta momig‘i, yopishqoq gips, kauchuk tasma, yod, yorqin yashil eritma, nashatir spirti, kuyish uchun vosita) bo‘lishi kerak.

3.Noqulay iqlim sharoitida g‘isht terish ishlarini bajarish


G‘isht terish ishlarini bajarganda iqlim sharoitlari ham ahamiyatlidir. Qish sharoitida g‘isht terish konstruksiyalarini barpo etishda g‘isht terish jarayonlariga va qorishmani qotishiga manfiy haroratni salbiy ta’siri bilan bog‘liq bir qator noqulayliklar bo‘ladi.
Haroratni pasayishi natijasida qorishmalar qotishi sekinlashadi, ya’ni 5 C haroratda 3-4 martaga, 0 C haroratda esa qotmaslik holatlari ham kuzatiladi. O‘ta past haroratlarda qorishma tarkibidagi suv muzga aylanib qoladi va bog‘lovchilar bilan birikmaydi. Agar qorishmani qotishi muzlashdan oldin boshlangan bo‘lsa, erkin suv muzga aylanganda qotish jarayoni ham to‘xtab qoladi. Bundan tashqari muzlagan suvni hajmi 9% ga ko‘payadi, buni natijasida qorishma strukturasi buziladi va u muzlagunga qadar erishgan mustahkamligini yo‘qotadi. Yangi terilgan g‘isht terimi muzlaganda, choklardagi qorishma
yoyiluvchanligini tez yo‘qotadi, gorizontal choklar yetarli darajada zichlanmaydi, erigan chog‘ida esa yuqoridagi g‘ishtlar og‘irligi natijasida siqiladi va notekis holatda cho‘kadi, buning natijasida g‘isht terimi va butun binoni mustahkamligiga va turg‘unligiga xavf tug‘iladi.
Qish sharoitida harorati + 20 C dan past bo‘lmagan qorishma qo‘llanilib g‘isht terilganda quyidagi asosiy usullar qo‘llaniladi:
•muzlatish usuli, ya’ni qorishma muzlagunga qadar kritik mustahkamlikni egallaydi;
• muzlashga qarshi qo‘shimchalar qo‘shish;
• glinozyom sement asosidagi tez qotadigan qorishmani qo‘llash;
• terilgan g‘ishtni elektr yordamida isitish;
• terimni armaturalash;
• issiq xonalarda terish.


Qish sharoitida g‘isht terishni farq qiluvchi o‘ziga xosligi:
• bo‘linmalarni o‘lchami kamayadi, g‘isht teruvchilarni soni ko‘paytiriladi, qamrovda butun balandlik bo‘yicha g‘isht terish tez bajariladi;
• ko‘p qatorli bog‘lash sistemasida vertikal bo‘ylama choklar kamida har uch qatorda bog‘lanadi;
• ish joylarda qorishma zaxirasi faqat 20...30 minut ish olib borishga yetarli bo‘lishga ruxsat etiladi va qorishma solinadigan yashik isitiladigan bo‘lishi kerak;
• suvga to‘yingan va muzlagan g‘ishtlarni konstruksiyani terishda qo‘llash mumkin emas, uni eritish va quritish zarur;
• ishdagi tanaffuslarda, terilayotgan devor qatorini ustida qorishmani qoldirish mumkin emas.

Qorishmaga qo‘shiladigan muzlashga qarshi qo‘shimchalar turi va miqdori ham havoning haroratiga qarab meyoriy miqdorda bo‘lishi zarur


(4-jadval).
Sement massasidan protsent miqdorda olinadigan muzlashga qarshi
qo‘shimchalar

4-jadval

Muzlashga qarshi
qo‘shimchalar



Havo haroratining o‘rtacha oS

-5 gacha


-5 dan
-10 gacha



-11 dan­
-20 gacha



-20 dan
-30 gacha



Potash

5

10

12

15

Natriy nitrat



5

10

-

-

Ikki komponentli qo‘shimcha (kaliy va natriy xlor)

-


2,5-3,5


4,5.3


-




Download 6,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish