CHidamlilikni rivojlantirish metodikasi
Muskul ishi faoliyatida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish davomida charchoqka qarshilik ko‘rsatish darajasi chidamlilik sifati deb ataladi.
Jismoniy me`nat (sport faoliyati) ni bajarayotgan kishi sekin asta o`z faoliyatni davom ettirishi qiiynlashayot-ganligini sezadi. Ter quyuilib oqa boshlaydi, yuzida qizillik kuchayadi, rangi o`zgaradi, muskullarida xorg`inilik sezadi,hara-kat koordinatsiyasi,harakat texnikasi tarkibidagi element-larning bajarish ketma-ketligi buziladi, nafas olishi ritmi chuqurligi o`zgaradi.
Bajarayotganharakati tarkibida qo`shimcha keraksizharakatlar paydo bo`ladi, qo`shilib qoladi. Bunga asosan, organizmda kechayotgan fiziologik, bioximiyaviy va biomexanik o`zgarishlar sabab bo`ladi. Faoliyatni davom ettirish esa ru`iy, irodaviy va boshqa sifatlar evaziga bajariladi. Bundayholatni konpensatsiyali charchoq fazasi deyiladi.
Tezkorlik sifati va uni rivojlantirish usuliyati
Tezkorlik deganda, individharakatlarining tezlik xarakteristikasi, asosanharakat reaksiyasining vaqtini bel-gilovchi funksional xususiyatlarning kompleksi tushuni-ladi. Tezlikni namoyon bo`lishining uchta asosiy shakli bor:
1. YAkkaharakat tezligi (kichik tashqi qarshilikni engish bilan); 2.harakatlar chastotasi;
3.harakatlar reaksiyasi tezligi (yashirin latent davri).
Tezkorlikning eng sodda shakllarining namoyon bo`lishi bir-biriga aloqador emas. Ayniqsa bu reaksiya vaqtiga bog`liq bo`lib, ko`phollardaharakat tezligi ko`rsatkichlari bilan korelyasiya qilinmaydi. Tezlikning namoyon qilinishini qayd etilgan uchta shaklining umumlashmasidan (qo‘shilmasidan) aniqlash mumkin.
Masalan, 100 m ga yugurish natijasi startdan chiqish reaksiyasi vaqtiga, alo`idaharakatlarning bajarilishi tezligi (depsinish, sonni tez tiklab olish qadamlar suroati) va boshqalarga bog`liq. Amalda yaxlitharakatlar (yugurish, suzish) ning tezligi to`laharakat aktining tezligiga bog`liq. Biroq murakkab koordinatsionharakatlardagi tezlik faqat tezkorlik darajasiga emas, balki boshqa sabablarga, masalan, yugurishda qadam uzunliligiga, u o`z navbatida, oyoqning uzunliligiga va depsinish kuchigaham bog`liqdir. SHuning uchun yaxlitharakat tezligi individning tezkorligini qisman ifodalaydi xolos. Aslida tezkorlikning eng sodda shakllarining namoyon bo`layot-ganligini ta`lil qila olamiz xolos.
Ko`pincha maksimal tezlik bilan bajarilayotganharakat-larda ikki xil fazasi farqlanmoqda:
tezlikni oshirib borish (tezlanish, olish) fazasi;
tezlikning nisbatan stabillashuvi fazasi (startdagi tezlanish).
Tezlikni oshirib borish qobiliyati bilan masofani katta tezlikda o`tish qobiliyati – tezkorlik namoyon qilishda biri ikkinchisiga bog`liq emas. Juda yuqori darajada startdan chiqish tezligiga ega bo`lib masofada tez yuguraolmasligi yoki uning aksichaham bo`lishi mumkin. Signallarga reaksiya yaxshi bo`lganiholda,harakat chastotasi oz bo`lishiham kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |