Atletik gimnastika
Atletik gimnastika mamlakatimizda o‘spirin, o‘smir va yigitlar orasida yildan-yilga keng tarqalmoqda. Atletik gimnastikaning ommalashishi uning butun tana muskullarining garmonik rivoj-lanishiga, to‘g‘ri va chiroyli qomat shakllanishiga, kuch, qayish-qoqliq, chaqqonlikni rivojlantirishga qaratilganligidir. Har bir o‘spirin, o‘smir va yigit kuchli, chaqqon va xushro‘y bo‘lishni istaydi. Bu istak tabiiydir. Sog‘lik jismoniy kamolot uchun kurash ko‘pdan buyon ijtimoiy ishga aylangan. Sport mashg‘ulotlari bilan muntazam shug‘ullanish orqali kuchli va chaqqon bo‘lish mumkin. Biroq, hamma ham sport seksiyalari va maktablarida shug£ullana olmaydi. Atletik gimnastika bilan esa istagi bor kishilarning barchasi shug‘ullanishi mumkin.
Atletik gimnastika mashg‘ulotlarida buyumsiz va buyumlar bilan bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar (tayoqlar, bulavalar, ganteilar, toMdirma to‘plar, arg‘amchi, rezina tasma yoki amortizatorlar, toshlar, shtangalar bilan) turli gimnastika snaryadlaridagi mashqlar (gimnastika devori, arqon, narvon, qo‘shpoyalar, turnik, halqalar) keng qo‘llaniladi.
Atletik gimnastika mashg‘ulotlarida umumrivojlantimvchi mashqlardan tashqari, yugurish, sakrash (to£siqlar ustidan balandlikka, uzunlikka), tirmashib chiqish va o‘rmalash, uloqtirish va ushlab olish, to‘ldirma to‘plami, yengil atletika yadrolarini.
toshlami, og‘irliklami yengib o‘tish, muvozanat saqlash mashqlari qo‘llaniladi.
Atletik gimnastika mashg‘ulotlari haftasiga 2—3 marta guruh-larda va shuningdek, shaxsiy o‘tiladi. Guruh mashg‘ulotlari dars shaklida 60—90 daqiqadan o‘tiladi. Shaxsiy atletik gimnastika bilan har kuni ishdan yoki o‘qishdan keyin, doim bir xil vaqtda, ovqat iste’mol qilgandan 1,5—2 soat keyin 20—40 daqiqadan shug‘ul-lanish kerak.
Shaxsiy mashg‘ulotlarda ikki yoki uch majmua bajariladi. Birinchi majmua mazmuniga ko‘ra gigienik gimnastika majmuasini eslatib, mashg‘ulotga tayyorlovchi qism hisoblanadi va u har kimning shaxsiy xususiyatini hisobga olgan holda tuziladi.
Ikkinchi va uchinchi majmualar kuchni, qayishqoqlik va chaqqonlikni rivojlantiruvchi mashqlardan tuziladi. Ularni baja-rishda turli buyumlar, oddiy moslama va mebellar qollaniladi. Uchinchi majmua ikkinchisining davomi hisoblansa-da, ammo mashqlar shiddatliroq sur’atda bajariladi.
Shuning uchun u boshlang‘ich tayyorgarlikdan o‘tgan va kamida 1 yil atletik gimnastika bilan muntazam shug‘ullanganlar uchun tavsiya qilinadi.
Atletik gimnastika mashg‘ulotlarida muskul kuchini oshirish bilan birga, ularning hajmini kattalashtirish ham muhimdir, chunki hosil qilingan kuch muskul hajmining o‘sishi bilan baravar rivojlansa, u uzoq vaqt saqlanadi. Buning uchun yetarli darajada katta og‘irliklar, lekin o‘ta og‘ir boMmagan, sidirg‘asiga 10 marta-gacha (har birini 3—4 soniya) bajarish mumkin bo‘Igan mashqlar qo‘llaniladi.
Faqat shundagina qo‘zg‘atuvchi kuch va shunga muvofiq, muskul to‘qimalarining faolligi ham muskullarda oqsil parcha-lanishi uchun yetarli bo‘ladi, bu esa tiklanish davrida muskullarda ko‘proq oqsil hosil bo‘lishiga imkon yaratadi.
Muskullaming kam zo£riqqan vaqtida qo‘zg‘alish ham kam darajada namayon bo‘ladi. Demak, kichik yuklamali kam muskul zo‘riqishga ega bo‘lgan mashg'ulotlaming jismoniy sifatlarini rivojlantirish uchun samarasi kam bo‘ladi. Harakat faoliyatining shiddatini (yuklamaning miqdori va shiddatini) asta-^ekin oshira
borish kerakiigini ham hisobga olish kerak. Ma’lum tayyorgarliksiz haddan tashqari yukJama va charchash, foyda o‘rniga zarar kelti-rishi mumkin. Atletik gimnastika mashg4ulotlarini ng boshida ham-ma muskul guruhlarini rivojlantiruvchi yengil mashqlar kiritish zarur, o'zlashtirish darajasiga qarab tabora qayishqoq mashqlar qo‘Uaniladi. Majmualarga mashqlardan tanlash qoidasi va ulaming navbatini belgilash «Gigiyenik gimnastika» bo‘Iimida yozilganlarga o‘xshashdir. Atletik gimnastika mashg‘ulotlari jarayonida quyidagi qoidalarga lioya qilish zarur:
Do'stlaringiz bilan baham: |