Gimnastika (yakkakurash, koordinatsion va siklik sport turlari)



Download 9,51 Mb.
bet377/511
Sana17.09.2021
Hajmi9,51 Mb.
#177338
1   ...   373   374   375   376   377   378   379   380   ...   511
Bog'liq
4gimnastikapdf

Faraz ~ bu quyidagilar haqidagi taxminlardir:
—tekshirilayotgan masalaning ochilgan muammolarini hal etish

yo‘llari;


—noodatiy, g‘aroyib hodisalar yoki tadqiqotlarda qo‘lga kiritil-gan yangi empirik faktlarni belgilovchi sabablar;
—yangi qo‘lga kiritilgan empirik faktlar bilan o'zaro aloqadorlik mexanizmlari.
Yuqorida aytib o‘tilgan yosh gimnastikachilarga nisbatan kichikroq mushak zo£riqishlari bilan, ammo chegaraviy tezlikda, mushaklar charchaguniga qadar mushak kuchini rivojlantirish irnkoniyati to‘g‘risidagi taxminlar dinamikaning ikkinchi qonuni (F~m ~cimj hamda yondosh fanlardagi tadqiqotlarga/tayanadi.

Bu taxmin tajribalarda va yosh gimnastikachilarni tayyorlash amaliyotida tasdiqlandi. Natijada, yosh gimnastikachilaming mushak kuchini ularda egiluvchanlik, harakatlar koordinatsiyasi kabi murakkab gimnastika mashqlarmi muvaffaqiyatli egallash uchun zarur boshqa qobiliyatlami rivojlantirish bilan uyg'unlikda o‘stmshning yangi samarali usuli ishlab chiqiladi. Mazkur usulning qo‘llanishi ular salomatligida ijobiy aks etdi.


hodisa kuzatilcSi —ancha jarayonida ajoyib sharoitda buralish harakatlarini o^ganishaan tayanchsil^i&Tiitda buralish harakatlarini egallashga o£tishda birdan o‘ziga ishonch susayib, hatto qo‘rquv hissi paydo bo‘ldi.

Bu hodisani eng tajribali murabbiylar ham tabiiy qo'rqoqlik yoki irodaviy tayyorgarlikning zaifligi deb tushuntiradilar. Biroq, bunday xulosa gimnastikachining murakkab buralish harakatlarini, ammo tayanchli sharoitda qat’iyat bilan, qo‘rqmay bajarishiga muvofiq kelmaydi. Ana shu holatni inobatga olib, boshqa bir faraz ilgari surildi: gimnastikachining bunaqa vaziyatda paydo bo‘ladigan «qo‘rqoqligi» buralish harakatlari chog‘ida yuzaga keladigan tezlanishlar ta’siriga vestibular reaksiyaning chidamsizligi hamda bu chidamsizlikni boshqa sensor tizimlar mushak sezgisi, ko‘rish kabilardan olinadigan axborot hisobiga toldirish mumkin emasligi bilan taqozo etiladi. Ushbu mulohaza gimnastikachining sensor, solitik va vegetativ vestibular reaksiyalari barqarorligini maxsus tadqiq etish natijalari bilan tasdiqlandi.


Kuzatilayotgan faktlar orasidagi o£zaro aloqadorlikning sabab-lariga misol tariqasida biz tadqiqotlar devorida duch kelgan bo-lalaming harakatlari koordinatsiyasi, harakat faoliyatlari tezligi, diqqatni keng taqsimlash va tez ko‘chirish qobiliyati, tezkor va taktik fikrlashi hamda maktabdagi o‘zlashtirilishi orasidagi bogliq-likni keltirish mumkin.
Bu faktni ko‘rib chiqilayotgan har bir qobiliyatning namoyon bo‘lishi asosini tashkil qiluvchi ayrim ruhiy fiziologik mexanizm-laming umumiyligi bilan izohlash mumkin. Mazkur mexanizmlar quyidagilar hisoblanadi: asosiy asab jarayonlarining harakat-chanlangaligi; asab mushak apparatining o‘zgaruvchan va egiluv-

chanligi, gimnastikachining ko‘rsatib o‘tilgan qobiliyatlari namoyon etilishini talab qiluvchi harakat faoliyatlari chog‘ida mushaklar ishidagi birmuncha umumiylik, sensor tizimlaraing ishtiroki, aqliy faoliyat, qobiliyatlaming bir-biriga kirishib ketishi mumkinligi. Masalan, murakkab koordinatsiyani talab qiluvchi ayrim harakat faoliyatlarini bajarishda diqqatni bir harakatdan ikkinchisiga ko‘chirish, taqsimlash, ularning bajarilish izchilligini eslab qolish, ulardan har birini o‘ylab olish kerak bo‘ladi.


Ko‘rib chiqilayotgan qobiliyatiar harakat tajribasi ta’sirida rivoj-ianadi:-u qanchalik boy bo‘lsa, qobiliyatiar shunchalik yaxshi taraqqiy etadi.
Faraz faktlami bilishdan ular orasidagi bo‘g‘imlik hamda buni belgilovchi qonuniyatlami bilishga, ilmiy nazariyani shakllantirishga o‘tish shakli, shuningdek, u yoki bu ilmiy fan bo‘yicha bilimla-rimizning mavjud darajasini aks ettiruvchi bir nazariyadan bu bo'limlarning yuqoriroq darajasidan dalolat beravchi boshqasiga o‘tish shakli hisoblanadi. Shuning uchun ilmiy farazga katta ahamiyat beriladi.
Farazlar ahamiyatiga ko‘ra har xil darajali bo‘ladi. Yuqori darajani eng umumiy xususiyatga va shu sababdan eng katta mantiqiy kuchga ega bolgan farazlar egallaydi. Bunday farazlarning mavhumlik hamda umumlashtirish darajasi ular empirik asosdan, amaliyotdan nazariyaga tomon uzoqlashgani sayin ortib boradi. Ahamiyati eng yuqori darajadagi farazga misol sifatida bizning taxmiriini keltirish mumkin: murakkab gimnastika mashqlari va boshqa harakat faoliyatlarini egailash jarayonida gimnastikachining individual xususiyatlari —materiya harakatning barcha shakllariga taalluqli (jismoniy, kimyoviy, biologik, ijtimoiy) jihatlar o‘zaro faol munosabatga kirishadi.
Bunday farazlardan pastroq darajali farazlar kelib chiqadi. Ma­ salan, gimnastika mashqlarini egailash jarayonida gimnastika­ chining alohida xususiyatlari (qobiliyatlari) uning shaxs, faol harakatlanuvchi subyekt sifatidan barcha tuzilmachilarga taalluqli jihatlari faol munosabatga kirishadi.
Bu jarayonda gimnastikachi umuraan subyekt sifatida qat-nashadi (yaxlitlik tamoyili).

Tizimning eng quyi darajasida empirik faktlarga, odatdagi tasawurlarga, amaliyotga yaqin farqlar turadi. Ko‘pincha nom-zodlik dissertatsiyasi mualliflari ana shunday farqlar bilan chega-ralanadi. Masalan, maktab o£quvchilarida harakatlar koordina-tsiyasi, harakat faoliyatlari tezkorligi, diqqatni taqsimlash qobiliyati, sport o‘yinlarida tezkor hamda taktik fikrlash ko£nikmasini rivojlantirish ularning maktabda yaxshi o£zlashtirishiga yordam beradi.

W nim -Ьл- .'^shfiyotlarga yo‘l ochadi, shug‘ul-
lanuvchilarnmg qobiliyatlarm. ta>]im4arbiyasi salomatligim m ustah Kami ash ning yanada samarau
chiqishga ko£maklashadi. Shuning uchun har qanday masamni tadqiq etishga farazlarsiz kiritish mumkin emas.
Farazning asosliligini ko£rsatuvchi muhim mezon uning mazkur bilim sohasida (bizning misolimizda jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati, pedagogika, psixologiya) ilmiy jihatdan belgilangan asosiy nazariy qoidalarga muvofiqligidir. Ba’zan shunday bo£ladiki, faraz nazariy qoidaga mos kelmaydi. unga zid bo‘ladi. Bunday holatda nazariy qoidaning haqqoniyligi ilg‘or amaliyot va nazariya nuqtayi nazaridan sinchiklab tekshiriladi. Bunday ziddiyatlami tekshirish ba’zan kutilmagan natijalarga olib keladi.
Farazni tasdiqlaydigan faktlar qanchalik ko£p bo£lsa, uning haqqoniylik ehtimoli shuncha yuqori bo‘ladi. Faraz paydo bo‘lgani zahoti tanlangan tadqiqot mavzusining barcha faktlarini izohlab berishi shart emas.
Yuqorida aytilganidek, faraz tadqiqot muammosini ishlab chiqish paytida tadqiqotda olingan yangi ilmiy faktlardan yangi ilmiy bilimlami chiqarib olish chog£ida shakllanadi (6-chizma). Tajribalar vaqtida qo£lga kiritilgan ma’lumotlami izohlash hamda ular orasidagi ehtimoliy bogMiqlikni tushuntirishda faraz katta ahamiyatga ega. Tadqiqotning dastlabki bosqichida paydo bo£lgan taxminlar tekshiriladi, aniqlashtiriladi. Nazariy va amaliy isbotini topgan faraz yangi ilmiy bilim, nazariyaga aylanadi.
Ilmiy farazlar o‘zlarining ilmiy qimmatiga ko‘ra bir-biriga aslo o£xshamaydi. Ulardan ayrimlari tasdiqlanib, nazariyaga aylanadi,

boshqalari ilmiy nazariyaga aylanguniga qadar tekshirilib, rivojlan-tiriladi, boshqalari asossizligi tufayli inkor qilinadi.


Ishchi farazlar —tekshirilayotgan masalani, ziddiyatlami hal etishning mavjud yo‘llari to‘g‘risidagi taxminlardir. Ulardan to‘plangan ilmiy materialni tizimlashtirishda uni nazariy va amaliy nuqtayi nazardan izohlashda tadqiqotlaming keyingi yo‘nalishini belgilab olishda foydalaniladi. Ishchi faraz ilmiy tadqiqotni tartibga soladi. Uni negizidagi yetakchi g‘oya atrofiga jamlaydi. Agar faraz asossiz bo‘lsa, ilmiy faktlarga zid kelsa, inkor etiladi.

Download 9,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   373   374   375   376   377   378   379   380   ...   511




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish