Aylanmo harakatlar —qattiq jismning shunday bir harakatiki, bunda aylanish o‘qida yotuvchi hamma o‘qlar yoki hech bo‘lmasa ikki o‘q harakatsiz qoladi. Gimnastikada bunday harakatlarga salto, burilishlar va ulaming birikmalari kiradi. Mazkur turdagi hara-katlaming asosiy tavsiflari burchak tezligi va burchak tezlanishidir.
тчvanch^'7 hnlntda » narakatlami bajarieb irnkn^ivati^i o^anganda shuni hisobga olish lozimki, ayni holda gimnastikachi tanasi harakatlari miqdorining momenti o‘zgarmas bo‘ladi: L = const. Bundan xulosa shuki, tana OUM harakatining trayektoriyasi tayanchsiz holatga uchish kattaligi hamda tezligining yo'nalishi bilangina belgilanadi; harakat miqdorini kamaytirish ham, ko'paytirish ham mumkin emas, uni faqat tananing ayrim bo‘g‘inlari o‘rtasida qayta taqsimlash mumkin.
Tayanchsiz holatda gimnastikachi tanasi doim uning OUM orqali o‘tuvchi o‘qi atrofida aylanadi. Shu sababli harakat chizig‘i OUM orqali o‘tmaydigan har qanday kuch tana OUM orqali o‘tuvchi o‘qqa nisbatan aylanish momentini yaratadi. Burilish oyoqlar va qo‘llardan boshlanadi, chunki ular o‘ta harakatchanlik bilan tavsiflanadi. Kuch tana OUM orqali o‘tuvchi chiziq bo‘ylab ta’sir ko'rsatgan holda moment yaratilmaydi, chunki uning yelkasi nolga teng. Murakkab aylanma harakatlar bajarilganda tanaga inersiyaning bir nechta momentlari bir vaqtda ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu holda ulaming umumiy inersiya momenti inersiyaning ta’sir etayotgan momentlari yig‘indisiga teng boiadi:
h = J i + Ji + Jr
Aylanma harakatlarni bajarishda tana bo‘g‘inlari, yuqorida qayd etib o‘tilganidek, biri ikkinchisiga nisbatan faqat qarama-qarshi tomonlarga, bir-biriga qarab, ulaming inersiya momentlariga teskari proportsional bolgan tezliklarda siljishi mumkinligini ham hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Masalan, ikki bukilib oldinga saltoni gavda bilan faol harakatlar va tepaga ko‘tarilgan qo‘llar hisobiga bajarishga harakat qilganda, gavda o‘z o‘qi atrofida 45° ga, oyoqlar esa unga qarab 90° ga buriladi. Bunga gavda inersiyasining moment? ayni holda oyoqlar inersiyasining momentidan ikki baravar katta
bo‘lishi imkoniyat yaratadi. Ayni shu mashq faqat qo‘llarning faol harakatlari hisobiga bajarilganda, qo‘llar va tananing qolgan qismi inersiyasi momentiarining nisbati gavda tik tutilgan holatda 1:12 ga, ikki bukilgan holatda — 1:4 ga teng b o ‘ladi (M.A. Alekperov bo‘yicha).
Yuqorida bayon etilganlardan birgina qo‘llarning harakati hisobiga tana jiddiy aylanishiga erishish mumkin emas degan xulosaga kelish mumkin. Qo‘Uar bilan faqat makonda tananing holatiga yanada to‘g‘riroq yerga tushish.maqsadida tuzatish kiritish mumkin, bundan ortigVini bajarishning iloji yo‘q, chunki gimnas tika mashqlarini bajarishda gimnastikachi tanasi tayanchsiz holatda 1,5 sekunddan ortiq turmaydi.
Gavda va oyoqlar 90—100° burchak ostida joylashtirilsa, o‘zaro ta’sirga kirishuvchi bo‘g‘inlar inersiyasi momentlarining tana burilishi uchun qulay bo‘lgan nisbati yaratiladi. Bunda gavdaning bo'ylama o‘qiga nisbatan oyoqlar inersiyasi momentining qiymati gavdaning bo‘ylama o‘qiga nisbatan gavda inersiyasi momentidan taxminan 7 -8 baravar katta, so'nggi zikr etilgan moment esa oyoqlaming bo‘ylama o‘qiga nisbatan ulaming inersiyasi momen tidan taxminan shuncha baravar katta bo‘!adi. Bu gavda yoki oyoqlaming bo‘ylama o‘qi atrofida burilishlami bajarish imko-niyatini beradi. Birinchi holda aylanish impulsini yaratish uchun tayanch sifatida oyoqlardan foydalaniladi. Ularning inersiyasi momenti, ular OUM gavdaning bo‘ylama o‘qigacha bo‘lgan masofani hisobga olganda, gavdaning inersiyasi momentidan ancha katta bo‘ladi: JoyoqIar>Jgavda- Bu oyoqlardan «itarilib», gavdani uning bo‘ylama o‘qi atrofida aylantirish imkoniyatini beradi. Shundan keyin tana tos-son bo‘g‘imlarida bukiladi. Bunda oyoqlar gavdaga «yetib oladi» va undan harakatlar miqdori jamg‘arilgan momen tining bir qismini olib qo‘yadi.
Oyoqlaming ko‘ndalang o‘qi atrofida burilish ham ayni shu tarzda bajariladi, chunki ulaming inersiyasi momenti gavdaning inersiyasi momentidan ancha kichkina bo‘lib qoladi: J .
J ” oyoqlar gavda
Aylanish impulsi yaratilganidan so‘ng gimnastikachi gavda yoki oyoqlaming bo‘y!ama o‘qi atrofida burilishni bajarib, yana bukilishi va qomatini tiklashi mumkin. Tayanchsiz holatda gimpastikachi
bajarishi mumkin bo‘lgan burilishlar miqdori balandlik zaxirasiga, ttnobarin, vaqt zaxirasiga ham bog‘liq bo‘ladi. Burilish jarayonida tananing burilayotgan qism uchun tayanch bo‘lib xizmat qilgan qismi unga yetib oladi va u egallagan harakatlar miqdori moment! yoki kinetik eneigiyaning bir qismini olib qo‘yadi (272-rasm, a, b).
Do'stlaringiz bilan baham: |