Reaktiv harakat — gimnastikachi tanasi snaryad yoki boshqa tayanchdan itariladigan paytgacha jamg‘arilgan harakatlar miqdori ta’sirida snaryad yoki boshqa tayanch (erkin mashqlar uchun supa, akrobatika yo‘lagi) yuzasi shaklining o‘zgarishi (masalan, gimnastika ko‘prikchasiga sakrab tushganda, akrobatiga yo‘lagiga tushganda, tumik grifi, bruslaming tayoqlariga ta’sir ko‘rsatganda).
Reaktiv harakatni gimnastikachi o‘z tayanch-harakatlanish apparatida mushaklar, bo‘g‘imlar, paylami cho'zish, antagonist mushaklar, tana yoki uning ayrim bo‘g‘inlari og‘irligi, tana ayrim bo‘g‘inlarining tayanch funksiyasini bajaruvchi boshqa bo£g‘in-lariga nisbatan inersiya momenti ta’sirida umurtqa suyaklari o‘itasidagi kemirtaklaming siqilishi yoki cho‘zilishi tarzida vujudga keltirishi ham mumkin. Ammo snaryadning (har qanday elastik tayanch yuzasining) reaktiv harakati o‘zining elastikligi tufayli dinamikaning uchinchi qonuniga muvofiq gimnastikachi tanasiga u reaktiv harakatni qanday kuch bilan vujudga keltirgan bo:lsa, shunday kuch bilan aks ta’sir ko‘rsatadi. Gimnastikachi itarilishni texnik jihatdan to‘g‘ri bajarganda ikki kuch —gimnastikachming tayanchdan itarilish kuchi va snaryad o‘z reaktiv kuchining qo‘shi-lishi yuz beradi.
Reaktiv kuch (tayanch reaksiyasi) —gimnastikachi tanasiga ta-yanchning ta’siri. Bunday kuchga cho‘zilgan mushaklar, paylar va tayanch-harakatlanish apparatining boshqa qismlari ham ega bo‘lishi mumkin. Snaryadning va o‘z tayanch-harakatlanish appa ratining reaktiv kuchlari, ayniqsa, ular bir vaqtda ta’sir ko‘r-satganda, gimnastikachiga mashqni texnik jihatdan yanada to‘g‘-riroq, samaraliroq, mashqning asosiy qismiga mushak energiyasini kamroq sarflab bajarishga yordam beradi. Reaktiv kuch ta’siri batutda mashq bajarishda, prujinali ko‘prikchadan itarilishda, ayniqsa, bo‘rtib narnoyon boladi. Undanto‘g‘ri foydalana olmaslik mashqni bajarishni og‘irlashtiradi.
Gimnastikachining tayanch-harakatlanish apparatiga tayanch reaksiyasi ta’sirining qiymati dinamografik platformalar yordamida aniqlanadi. Tayanch reaksiyasining vertikal va gorizontal element-lariga ham baho beriladi.
Snaryad reaktiv harakatining qiymati (x) snaryad defor-matsiyalanuvchi qismining boshlang'ich darajaga nisbatan o‘zgarishi bilan olchanadi (270-rasm).
Reaktiv kuch (R) snaryad deformatsiyalanuvchi qismi bikrlik koeffitsienti (s)ning mazkur qismning o‘zgarish qiymati (x)ga ko‘paytmasi sifatida aniqlanadi:
R = —sx.
Itarilganda tayanchning reaktiv kuchi sportchining og‘irligidan 5—6 baravar ortiq bo‘iishi mumkin. Yetakchi gimnastikachilaming erkin mashqlarida boldir suyagi bilan tovon suyagini biriktiruvchi bo‘g‘inga tushuvchi yuk 0,09—0,11 sekund mobaynida 700—800 kg ni tashkil etadi. Tananing harakatda faol ishtirok etayotgan bo‘-g‘inlari soni ko‘payishiga qarab reaktiv kuchlarning ta’sir darajasi oshib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |