Gimnastika (yakkakurash, koordinatsion va siklik sport turlari)



Download 9,51 Mb.
bet225/511
Sana17.09.2021
Hajmi9,51 Mb.
#177338
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   511
Bog'liq
4gimnastikapdf

Aylanma harakatlar
Ko‘pgina dinamik mashqlami bajarishda maydonning bir, ikki va hatto uch tekisligida bir vaqtda gimnastikachi tanasining aylanma harakatlari uchun sharoit yaratish mumkin. Aylanma impuls (harakatlar miqdori momenti) tayanchda ham, tananing tayanchsiz holati sharoitida ham yaratiladi. Aylanma impuls, agar u tayanchda yaratilgan bo‘lsa, tana tayanchsiz holatga o‘tganida kuchaytiri-lishi mumkin. Gimnastikachilar ko‘pincha aynan shunday ish ko‘radilar.
Tananing tayanchti holatida aylanma harakatlar oyoqlarda, qo‘llarda, ko‘ndalang, bo‘ylama va old-orqa o£qlar atroflda bajarilishi mumkin. Ulaming eng soddalari bir joyda turib o‘ngga, chapga, orqaga burilishlar, 180°, 360° va undan ortiq gradusga sakrab burilishlar, oldinga, orqaga va yon tomonga umbaloq oshish va saltolardir.
Burilish texnikasida ikki qism farqlanadi. Birinchi qismda gimnastikachi tayanch bilan faol o‘zaro ta’sirga kirishib, tananing qayd etilmagan qismini buradi («aylantiradi»), unga harakatlar miqdorining zaruriy momentini beradi. Ikkinchi qismda sakrashsiz

burilishni bajarishda gimnastikachi burilish yo‘nalishiga teskari oyog‘ini tayanchdan ozod qiladi, uni tayanchli oyog‘i bilan jipslaydi va shu tariqa burilishni yakunlaydi; sakrashli burilishlarda esa gimnastikachi tayanchdan itariladi va tayanchsiz holatda tananing burilayotgan qismi jamg‘argan energiya hisobiga tananing tayanchli qismini burilishga jalb qiladi.

Burtlishlarai bajarish tananing tayanchdan eng uzoqda joylash-gan bo‘g‘inlaridan boshlanadi. Tayanchda qayd etilgan bofg‘in tana tayanchdan uzilmaguncha boshlang£ich holatga nisbatan burilmaydi (180°, 360° va undan ortiq gradusga burilishlar, turnikda, halqalarda oldinga selpinib burilishlar va b.). Tananing tayanchdan uzoqlashgan bo£g£mlari berilgan mashqni samarali bajarishni ta’minlash uchun yetarli bo‘lgan harakatlar miqdori momentini kasb etganidan so‘ng tayanch bilan aloqa to‘xtatiladi. Burilish kattaligi tana tayanch bilan qay darajada mahkam ilashi-shiga, gimnastikachining jismoniy imkoniyatlari va texnik maho-ratiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, tananing bo‘ylama o‘qi atrofida 180°, 360° va undan ortiq gradusga sakrab burilishlarda oyoqlar inersiyasi momenti ular tayanchdan uzilgunga qadar gavda inersiyasi momentidan ancha katta bo‘ladi, chunki oyoqlar tayanch (yer) bilan mahkam birikadi; oyoqlar harakatlari miqdori - ning momenti gavda harakatlari miqdorining momentidan katta boiadi: Joyo?lar>Jgavda; Loyoqiar>L Shu tufayli ham gavda o‘zining bo'ylama о qi atrofida aylanishi uchun sharoit yaratiladi. Oyoqlar tayanchdan uzilganidan keyin esa, aksincha, oyoqlar inersiyasi momenti gavda inersiyasi momentidan kichkina bo‘ladi, oyoqlar harakatlari miqdorining momenti gavda harakatlari miqdorining momentidan kichkina boiadi: JoyoqlarTananing ko‘ndalang o'qi va unga parallel o‘qlar bo‘ylab burilishlarda aylanish impulsi gimnastikachi boshlang‘ich holatdan pirovard holatga o‘tayotib, mazkur bo'g^imlarning o'qlariga nisbatan tananing turli bo‘g£inlari bilan aylanma harakatlami bajarishi hisobiga yaratiladi. Chunonchi, qo£llar - yelka bo‘g£imlari atrofida; son — tizza bo£g£imlari atrofida; gavda bilan bosh —

boldir-tovon bo‘g‘imlari atrofida aylanma harakatlarni bajaradi. Har bir bo‘g‘in burchak tezligining tegishli inersiya momentiga ko‘paytmasi ulaming har biri harakatlari miqdorining momentini tashkil etadi. Tana harakatlari miqdorining umumiy momenti uning bo‘g‘iniari harakatlari miqdoridan tarkib topadi.


Itarilish tik yo‘nalishda emas, balki tananing orqaga yoki oldinga og‘ishi yo‘li bilan amalga oshirilganda, og‘irlik kuchi (R) tayanch markazi atrofida aylanish momentini yaratadi va bu tananing aylanma harakatini yengfflashtiradi. Itarilgandan keyin uchish balandligi esa ikkala holda ham pasayadi. Ayni shu sababli oldinga va orqaga salto texnikasini takomillashtirish, asosan, tik yo‘nalishda tana uchishining eng katta tezligini va shu bilan bir vaqtda, aylanish uchun zarur bo‘lgan harakatlar miqdori momentini yaratish imkoniyatini beradigan boshlang'ich holatni va faol harakatlar yo‘nalishini tanlashdan iboratdir. Tana OUMni itarilish yo‘nalishidagi ayrim burchak ostida oldindan tezlatish yo‘li bilan, ayniqsa, samarali itarilish mumkin (271-rasm). Tana tayanchdan uzilgandan keyin olg‘a va aylanma harakatlar tayanchsiz holatda amalga oshiriladi.

Download 9,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   511




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish