Gimnastika (yakkakurash, koordinatsion va siklik sport turlari)


Statik kuch ishlatiladigan mashqlar



Download 9,51 Mb.
bet233/511
Sana17.09.2021
Hajmi9,51 Mb.
#177338
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   511
Bog'liq
4gimnastikapdf

Statik kuch ishlatiladigan mashqlar statik alfozni 2~4 sekund mobaynida saqlab turish bilan tavsiflanadi. Mazkur guruhga kiruvchi mashqlaming aksariyatini bajarish katta statik muskul kuchini talab qiladi.
Tana OUM tayanch yuzasidan tepaga ko‘tarilishiga qarab muvozanatni saqlash uchun sharoitlar yomonlashadi va uni yo‘qotmaslik uchun qo'shimcha muskul kuchlarini ishga solishga to‘g'ri keladi.
Statik mashqlami bajarish chog‘ida o'pkada, qorin bo‘shIig‘ida qon bosimi oshadi, yurakka va ishlayotgan muskullarga qon quyilishi qivinlashadi, binobarin, rnoddalar almashinuvi jarayonlari buziladi, markaziy nerv sistemasining tartibga solish faoliyati susayadi. Mazkur mashqlami dozalashda juda ehtiyot bo‘lish kerak. Shu bilan bir vaqtda, muskul kuchi rivojlantirilganda ular dinamik mashqlarga qaraganda samarali roq bolishini ham e’tiborga


olish lozim.

7

10.5. Gimnastika mashqlarini bajarish texnikasini tahlil qilishning umumiy qoidalari
Gimnastika mashqlarini bajarish texnikasini tahlil qilishda quyidagi qoidalarga rioya etiladi: a) o‘rgani!ayotgan mashq (element) qaysi guruhga —dinamik yoki statik mashqlar guruhiga kirishi ko‘rsatiladi, unga qisqacha tavsif beriladi va asosiy vazifasi ko‘rsatiladi; b) mashqning asosiy vazifalari aniqlanadi, mashqni bajarish natijasida gimnastikachi qaysi boshlang'ich holatdan qaysi pirovard holatga kelishi lozimligi tushuntiriladi; c) mashqni bajarish texnikasi qismlarga va bosqichlarga bo‘lib tushuntiriladi.
Deyarli barcha mashqlarda tana yoki uning ayrim bo‘g‘inlari og‘irlik kuchining ta’sir xususiyatiga qarab ikki qismga farqlanadi: birinchi qismda (pastga qaragan yo‘l) og'irlik kuchi harakatga ko‘maklashadi; ikkinchi qismda (yuqoriga qaragan yo‘l) esa aksincha, u harakatga monelik qiladi, mazkur qismni bajarishni qiyinlashtiradi.
Mashqning har bir qismini ayrim kichik, lekin nisbatan mustaqil bosqichlarga ajratish odat tusini olgan. Bosqichlarni ajratishga quyidagi asoslar xizmat qiladi: a) har bir bosqichda harakatlar tuzilishi boshqa bosqichlardagi harakatlar tuzilishidan farq qilishi lozim; b) har bir bosqichda faqat shu bosqichga xos bo‘lgan bitta, bosh vazifa hal qilinishi kerak; c) muskullar ishi, harakatlarni fiziologik va psixologik ta’minlash bir bosqichda boshqa bosqichlardan farq qilishi lozim.
Mashq texnik jihatdan qay darajada to‘g‘ri bajarilgani haqida mexanika, anatomiya, fiziologiya va psixologiya qonuniyatlaridan foydalanishning samaradorlik darajasi, foydaliligi yoki foydali emasligiga qarab hukm chiqariladi.
Dinamik mashqlami bajarish texnikasini tushuntirishda tashqi va ichki kuchlaming o‘zaro ta’siri xususiyati, tana yoki uning ayrim bo‘g‘inIari og'irligi, tezlik, tezlanish, inersiya momenti, harakatlar miqdori va uning momenti hamda boshqa parametrlar, bundan tashqari, muskullar ishining xususiyatlari, o'rganilayotgan mashqni samarali bajarishni fiziologik va psixologik ta’minlash masalalari tadqiq etiladi.

Har bir bosqichda muskul larga tushadigan yuk og‘irligi, ayrim bo‘g‘imlarda muskullar ishining anatomik sharoitlari, ulaming zo‘riqisb darajasi, tortqi burchagi va hokazolar o‘rganiladi.


0 ‘rganilayotgan mashq texnikasining biomexanik jihatini tushuntirgandan so‘ng ishlayotgan va ishchi alfozni yaratuvchi muskullami fiziologik ta’minlashni tavsiflashga o‘tiladi, so‘ngra harakatlami markaziy nerv sistemasi to mo ni dan boshqarish xususiyatlari, axborot va energiya bilan ta’minlash tushuntiriladi.
Mashqni bajarish texnikasini tushuntirish harakatlarning psi-xologik ta’minotini o‘rganish bilan yakunlanadi: e’tibomi jamlash, taqsimlash va bir nuqtadan boshqa nuqtaga o‘tkazish, harakatlar ketma-ketligini eslab qolish, iroda kuchini namoyish etish, mashqni texnik jihatdan to‘g‘ri bajarish zamirida yotuvchi qonu-niyatlami. o‘zlashtirish va b.

Tushuntirish qisqa va obrazli bo‘lishi kerak. Harakatlar texni­ kasi zamirida yotuvchi mexanika, anatomiya, fiziologiya, psixolo-giya qonunlari shug‘ullanuvchilar uchun tushunarli tarzda bayon etiladi. Awal harakatlar texnikasining eng muhim jihatlari tushun­ tiriladi, so‘ngra ikkinchi darajali jihatlarni tushuntirishga o‘tiladi.


0 ‘rganilayotgan mashqni bajarish texnikasining tahlili umu-miy xulosa chiqarish bilan yakunlanishi lozim. Bu mazkur texni-kani yaxlit bir butun hodisa sifatida anglab yetish imkoniyatini beradi.

Download 9,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   511




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish