Harakatlar — gimnastika mashqlarining asosi
Mashqni to‘g‘ri o‘rgatish uchun gimnastikachi tanasining qan-day holatlanishi va ishlashini tushunish kerak. Gimnastika noyob texnik talablaiga ega elementlami o‘z ichiga oladi, lekin ko‘pincha asosiy holatlarining o‘xshashligini hisobga olib, kategoriya bo‘yicha guruhlarga bo‘lish mumkin. Asosiy biomexanik konsepsiya asoslariga kirish murabbiyga mashqni bajarish va uning texnikasini tushunishga, ideal holatni aniqlashga, elementlar hamda ulaming ketma-ketligini tanlab olish va amalga oshirishga yordam beradi, binobarin, gimnastikachining yakuniy muvaffaqiyatiga imkon yaratadi. Bazaviy harakatni tushunish turli snaryadlarda har xil mashqlar orasidagi o‘xshashlikni va bog‘liqlikni aniqlashda ham yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |