11.9. Xodada bajariladigan mashqlar
Xodada bajariladigan mashqlar kishining muvozanat funksiya-siga samaraliroq va har tomonlama ta’sir ko‘rsatadigan muvozanat saqiash mashq turlaridan biridir. Ular mazmun va shakl jihatidan turli-tuman bo‘!ib, ijrosining murakkabligi va qiyinligi jihatidan ham har xildir. Bu esa ulami faqat gimnastikachilami tayyorlash-dagina emas, balki maktablarda asosiy gimnastika darslarida, o‘rta va oliy o-quv yurtlarda hamda yoshlar jismoniy tarbiyasi tizimida
ham qo‘llash imkonini yaratadi. Xodada o‘tiladigan mashg‘ulotlar shug‘ullanuvchilaming jismoniy rivojlanishiga va harakat qobi-liyatlarini takomillashtiriga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, qomatning shakllanishiga ko‘maklashadi, fazoda mo'ljal olish hissini yaxshi-laydi, qat’iylik va dadillikni tarbiyalaydi.
Kinematik shakliga qarab xodada bajariladigan barcha element - lami to‘rtta katta guruhga ajratish mumkin: muvozanat saqlashlar va turli xil tik turishlar, bir va ikld oyoqda (yoki qo‘llarda) buri lishlar, har xil usullar bilan yurishlar va akrobatika mashqlari.
Xodada bajariladigan mashqlar gimnastikachidan, asbob bo‘yicha to‘xtovsiz oldinga harakatni, harakat ritmini o‘zgarti-rishini, murakkab, tavakkal elementlarni bajarishni va barmoqlarda baland turib, burilishlar bilan go‘zal harakatlarni qo‘shib, bu harakatlarda o‘zining yakkaligini namoyish etish qobiliyatini talab qiladi. Mashqlami mukammal darajada bajara oladigan yetakchi bo‘lish gimnastikaning harakat jarayonida qomatni to‘g‘ri saqlay olish qobiliyatiga, oyoq panjalari mushaklarining sezuvchanligiga, fazoda mo‘ljal olishga ta’sir ko‘rsatuvchi vestibular analizator-larining faoliyatiga, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik, harakat koordinatsiyasi, qat’iylik va jasurlik kabi xislatiarga bog‘liq. Xodada mashq bajarish bu xislatlarni rivojlantirish uchun eng samarador vosita va uslub hisoblanadi. Gimnastika xodasida zamo-naviy mashqlami bajarish, shug‘ullanuvchidan yaxshi akrobatik va xoreografik tayyorgarlikni talab qiladi. Harakat texnikasini o‘rgatishda, mashqlami boshida polda, keyin chizilgan chiziq bo‘yicha, gimnastik o‘rindiqda, past xodada bajarib o‘zlashtiriladi. 0 ‘rganilgan mashqni bajarish ko‘nikmalari shakllanish darajasiga ko‘ra o£rtacha va baland xodaga ruxsat beriladi. Ehtiyotlash yon tomondan turib, gimnastikachining qo‘lidan, belidan yoki qomidan uslilab yordam beriladi. Ehtiyotlash uchun xoda bilan bir xil darajada yotqizilgan porolon matlardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |