О‘rgatish ketma-ketligi
Orqadan tayanib yotib va tayanib yotib, qo‘llar polda, oyoqlar gimnastika o‘rindig‘ida.
Tirsaklarga tayanib tebranish va orqaga siltanib qo‘shpoya ichiga sakrab tushish.
Tayanishni takrorlab, e’tiborni yelka bo‘g‘imidan «tushib ketmaslikka» qaratish.
Kichik amplitudada tayanib tebranish va qo‘shpoya ichiga sakrab tushish.
Shuning o‘zini amplitudani ko‘paytirib, siltanish ampli tudasini asta-sekin oshirish. 0 ‘rganishda, aylanish asosi tos-son bo‘g‘imi emas, yelka bo‘g‘imi bo'limiga va tebranish nafaqat oyoqlarda, balki butun tana bilan bajarilishiga e’tiborni qaratish. Tebranish orqaga siltanib sakrab tushish bilan yakunlanadi.
Xatolar
Yelka bo‘g‘imidan osilib qolish.
Qo‘llaming bukilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |