413-rasm
Oldinga aylanish (o‘ng oyoq bilan). Gimnastikachi minib tayanish holatidan o‘ng oyoqni mumkin qadar balandroq ko‘tarib kerishadi va tosni oldinga yo‘naltiradi. Bunda chap oyoqning soni turnikka qattiq bosiladi. Shu holatda oldinga harakat boshlanadi va tana holati taxminan bosh pastga tushgunga qadar saqlanadi. Bu holatda oyoqlar orasi toraytiriladi va qo‘l kaftlarini tayanchga qo‘yib, aylanish yakunlanishidan oldin aylanish yo‘nalishi bo‘yicha buriladi. Aylanish oyoqlarni keng yozish bilan yakunlanadi.
Orqaga aylanish (o‘ng oyoq oldinda). Oldinga aylanishga o‘xshab bajariladi, faqat teskari yo‘nalishda.
‘rgatish. Ikkala mashq ham yaxlit o'rganish uslubi asosida o‘rgatiladi. Oldinga aylanishni o‘rgatishda murabbiy yon tomonda (masalan, chap tomonda) va orqada turadi. Orqaga aylanishni o‘rgatishda —oyoq tomonda oldinda turadi.
Oldinga aylanishda murabbiy chap qo‘lini ostidan o'tkazib, o'quvchining bilagidan teskari ushlaydi. Aylanishni boshlash bilan o‘qituvchi shug‘ullanuvchini shu qo‘li bilan aylantiradi, aylanish tugallanishi bilan esa o‘ng qo‘li bilan belidan ushlaydi.
Orqaga aylanganda murabbiy o‘ng qo‘li bilan bilakdan ushlaydi, chap qo‘li bilan esa mashq tugatilishidan oldin o‘quvchining ko‘kragidan ko'taradi.
Tayanib orqaga aylanish. Gimnastikachi tayanish holatidan qollarni biroz bukish orqali oldinga engashib, tos-son bo‘g‘inidan bukiladi, keyin keskin to‘g‘rilanib va qo‘31arini to£g‘rilab, tumik ustidan ko‘tariladi (siltanadi). Tayanish holatiga erkin qaytib, sonlar bilan tumikka tegishi bilan tos-son bo‘g‘inidan biroz bukilib, boshni orqaga yo'naltiradi va shu holatni saqlagancha orqaga aylanadi. Butun aylanish davomida tosni turnikka yaqin ushlash juda muhimdir. Aylanish tugashidan oldin kaft tayanch holatiga buriladi va tos-son bo‘g‘inidan deyarli juda tez to‘g‘rilanadi.
О‘rgatish (past tumikda):
tayanish holatidan qo'llar bilan turnikni ushlangancha, orqaga siltanib sakrab tushish;
b)orqaga siltanib, tos-son bo‘g‘inidan biroz bukilgancha tayanish holatiga qaytish;
murabbiy yordamida aylanish, murabbiy oldinda va chapda turadi.
G‘ng qo‘li bilan o‘quvchining chap bilagidan teskari ushlaydi (tumik ostidan), chap qo‘li bilan sondan ushlab, orqaga siltanishga yordam beradi, gimnastikachi tayanish holatiga qaytgach, qo‘lini ichkariga burib, shu qo‘li bilan tosni tumikka bosadi, shuning bilan aylanishni yakunlashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |