UDK 796.41(075.8)
BBK 75.715
75.715ya7
ISBN 978-9943-5^4^-2
|
M.N. Umarov va boshq., 2018
|
Ch«‘Ipon nomidagi NMIU, 2018
|
KIRISH
Gimnastika mashg‘ulotlari shug‘ullanuvchilarga nisbatan alohida talablar qo‘yib, ularga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi. Gim nastika mashqlari muallim, musiqa va mashg‘ulotlar olib borish sharoitlari bilan hamjihatlikda insonning bilim olishga bo'lgan ishtiyoqini oshiradi, shuningdek, amaliy faoliyat subyekti sifatida katta ta’sirga ega.
Darslikdan o‘rin olgan ma’lumotlar gimnastika bilan shug‘ul-lanuvchilaming maxsus bilimi, ko‘nikma va malakalarini boyitib, ulaming pedagogik tajribasi ortishida ko‘maklashadi.
Kitob talabalarning nafaqat gimnastika fani, balki boshqa turdosh fanlarga oid o‘quv materiallarini samarali o'zlashtirishi-da to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatadi. Bu esa, o‘z navbatida, bo‘lajak muallimning gimnastika bo‘yicha har tomonlarna puxta tayyor-lanishini ta’minlaydi. Shu ma’noda darslik ustida ish olib borgan mualliflar jamoasi quyidagi tamoyillarni dasturilamal deb biladi:
Gimnastika — sport-pedagogik fan bo‘lib, shug‘ullanuv-chilarga nisbatan o‘ziga xos ta’sir etish vosita va uslublari, nazariya va tarixiga egadir.
Gimnastika mashg‘ulotlari boshqa vositalar bilan birgalikda organizmning harakati, u orqali boshqa funksiyalariga, insonning ruhiy va shaxsiy xislatlariga tanlama va turlicha ta’sir ko‘rsatadi.
Gimnastika mashqlari ko‘p tuzilmali va ko‘p funksiyali bo‘lib, sog‘lomlashtirish, ta’lim-tarbiyaviy va amaliy maqsadlarda mashqlami tanlash va ulami qo‘Uash uslublarini takomillashtirish uchun keng imkoniyatlami ochib beradi.
Gimnastika mashqlarini o‘zlashtirish jarayonida organizm ning barcha organlad va tizimlari, jumladan, shug‘ullanuvchilar ruhiyatining ham o“zaro faol harakati kuzatiladi. Natijada, ular
shaxs, bilim olish hamda amaliy faoliyat subyektlari sifatida gav-dalanadi.
Gimnastika mashqlari hamda ular asosida shakllangan rnajmualardan sinamalar ko‘rinishida har xil sport turlari bilan shug'ullanish moyiliigini, shuningdek, o‘quv va kasbiy faoliyatga bo‘lgan qobiliyatini aniqlash uchun foydalanish mumkin.
Gimnastika sohasida bilim, harakat malakalari va ko‘nik-malarini o‘zlashtirishdagi muvaffaqiyat shug‘ullanuvchilaming qobiliyati va muallimning uslubiy mahoratiga ko‘ra baholanadi. Muailim va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro muloqot shaxsiy xarakterga ega, chunki ular biri-birini har tomonlama yaxshi bilishi zarur. Ulaming o‘zaro muloqoti bevosita va bilvosita bo‘lishi mumkin: o‘quv materiali, jamoa a’zolari va gimnastika bilan shug‘ulla-nuvchilaming ta’limi va tarbiyasi bilan bog‘liq boshqa shaxslar orqali.
Darslikning uslubiyat asosi bo‘lib, shaxs, faoliyat va qobiliyat to‘g‘risidagi ta’limot, bilim olish nazariyasi, o‘rganilayotgan hodisalarga nisbatan tizimli-tuzilmaviy hamda tarixiy yondashuv xizmat qiladi.
Darslik to‘rtta mustaqil, shu bilan bir vaqtda, biri-biri bilan mantiqan uzviy bog‘liq qismlardan iborat. Birinchi qismda gim nastika nazariya va uslubiyatining asoslari haqida ma’lumotlar berilib, unga sport-pedagogik fan sifatida ta’rif berilgan. Asosiy va snaryadli gimnastikada qo‘llaniladigan terminologiyaning to‘liq ro‘yxati keltirilgan.
Ikkinchi qismda gimnastikaning asosiy vositalari: safli, umum-rivojlantiruvchi, amaliy, akrobatik mashqlar, gimnastika snaryad-larida bajariladigan mashqlar hamda badiiy va ritmik gimnastika haqida flkr yuritilgan. Gimnastika mashqlarining texnika asoslari va o‘rgatish uslublari ochib berilgan. Sport jarohatlarining oldini olish, jismoniy tarbiya zallari, gimnastika maydonchalari va ularda o'rnatiladigan jihozlaming xarakteristikasi borasida tushunchalar keltirib o‘tilgan. Mazkur qism gimnastika sohasida ilmiy izlanishlar olib borish borasidagi tavsiyalar aks ettirilgan bob bilan tugatilgan.
Uchinchi va to£rtinchi qismlar sport va umumta’lim maktab-larida gimnastika bilan shug‘ullanish shakllariga, gimnastika
darsiga, ommaviy gimnastika chiqishlariga, gimnastikada ish reja-lashtirish va hisobotni olib borishga, musobaqalami tashkillash-tirish va o‘tkazish hamda sog!lomlashtiruvchi-rivojlantinivchi gimnastikaga bag‘ishlangan.
Darslikni tayyorlashda turli o‘quv-uslubtv manbalardan, eng avvalo, M .N .U m arov, A.K. Eshtayev, D .R . Ishtayev, G.M. Xasanova, Shannon Miller muharrirligi ostida tayyorlangan gimnastika bo!yicha darsliklar va o‘quv qollanmalaridan foy-dalanildi.
Darslikni tayyorlashdan maqsad - kelgusida kasbiy faoliyat joyida, turli ta’lim muassasalarida va sport tashkilotlarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jarayonida gimnastika mashqlarini o‘qitishda nazariy bilim va amaliy ko'nikmalaming talabalar tomonidan izchil o‘zlashtirilishini ta’minlash.
Mazkur darslikdagi materiallaridan 0 ‘zbekiston Davlat Jismo niy tarbiya va sport universiteti talabalari, oliy o‘quv yurtlarining Jismoniy tarbiya fakultetlari talabalari, o‘rta maxsus kasb-hunar kolleji o‘quvchilari, jismoniy tarbiya murabbiylari va umumta’lim maktablari jismoniy tarbiya o‘qituvchilari ham foydalanishlari mumkin.
I QISM
Do'stlaringiz bilan baham: |