Gimnastika (yakkakurash, koordinatsion va siklik sport turlari)



Download 9,51 Mb.
bet221/511
Sana17.09.2021
Hajmi9,51 Mb.
#177338
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   511
Bog'liq
4gimnastikapdf

Yerga tushish — gimnastikachi uchun eng og‘ir va muhim mashqlardan biri. Uni texnik jihatdan to‘g‘ri bajarish bajarilgan kombinatsiyani yoki tayanib sakrashni sezilarli darajada bezaydi, jarohat olish imkoniyatini istisno etadi. Ayni shu sababli gim-nastikachilar o‘z kombinatsiyasini uchish amplitudasi baland boigan va aniq yerga tushish bilan tugaydigan og‘ir va chiroyli sakrab tushishlar bilan tugallashga harakat qiladilar. Yerga tushish vaqtida tezlik so‘nadi, binobarin, tana shu vaqtgacha jamlagan harakatlar miqdori ham tugaydi va turg‘un muvozanat saqlanadi.
Harakat tezligi so‘nayotganda gimnastikachi ancha kuchli zo‘riqishlarni his qilishi mumkin. Ulaming qiymati tana OUM pastga qarab harakat tezligining pasayish sur’atiga teng. Ko‘p sonli yerga tushishlar gimnastikachilaming ish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ular ichki harakatchan organlar «chay-qalishi»ga va qatqorinda, organlarning o‘zida, tana pastki qismi qon tomirlarining devorlarida, shuningdek, vestibular analizator-ning retseptor asboblarida mavjud bo‘lgan interoretseptorlaming ta’sirlanishiga sabab bo‘ladi. Gimnastikachining tayanch-hara-katlanish apparati ham zo'riqishni his etadi. Zarbdor zo‘riqishlar oyoq mushak]arini tez toliqtiradi, ularda og‘riq uyg‘otadi.
Yerga tushish vaqtida tayanch-harakatlanish apparatiga, ayniqsa, oyoqlarga tushadigan yuk ba’zan juda katta miqdorga yetadi. Masalan, kurbet bajarilganidan keyin u 340—500 kg atrofida bolishi mumkin. Ko‘pgina mashqlami bajarishda gimnastikachi oyoqlari bilan emas, balki qo‘llari bilan yeiga tushishiga to‘g‘ri keladi. Bu holda qo‘llaming tayanch-harakatlanish apparatiga tushadigan yuk miqdori 250—300 kg ga yetishi va undan oshishi ham mumkin.

Yerga tushish paytigacha jamg‘arilgan kinetik energiya tayanch-harakatlanish apparatining ressor xossalaridan foydalanish va uni tayanchning o‘zi so‘ndirishi hisobiga so‘nadi. Shuning uchun ham yerga tushish texnikasi qancha yomon va gimnasti­ kachi tushadigan tayanch qancha qattiq bo‘lsa, uning tayanch-harakatlanish apparatiga tushuvchi yuk shuncha og‘ir, boshqa salbiy ta’sirlar ham shuncha kuchli bo‘ladi.


Yerga tushishning tayanish bosqichida muvozanatni saqiash tana OUMga nisbatan harakat trayektoriyasiga nisbatan tananing uchish shakliga, OUM atrofida tananing aylanish yo‘nalishi va tezligiga; gimnastikachining yerga tushishdagi noaniqlikni qo‘llar, bosh, gavdaning maxsus harakatlari hisobiga o‘z vaqtida tuzatish qobiliyatiga; oyoqlar mushaklarining kuchiga bogiiq boMadi.
Yerga qo‘nishning aniqligi sakrab tushishdan oldingi element to‘g‘ri bajarilishiga, asosan, sakrab tushishning o‘ziga, yerga tushish texnikasiga ham bog‘liqdir. Mazkur texnika buzilganda gimnastikachi muvozanatni yo‘qotishi, tana oldinga, orqaga va yon tomonga siljishi mumkin. Bu xatolarga yo‘l qo'ymaslik va yerga tushish texnik jihatdan to‘g‘ri va chiroyli bajarilishiga erishish uchun quyidagi asosiy qoidalarga rioya qilish lozim:
Tana OUM uchish balandligi qancha katta bo‘lsa, cho‘nqayish shuncha chuqur va davomli bo‘lishi kerak.
Bir yoki bir necha o‘qlar atrofida tananing bir vaqtda aylanish tezligi qancha baland boisa, yerga tushish vaqtida tananing aylanish yo‘nalishiga qarab, oyoqlarning barmoqlari tayanchda tana OUM proyeksiyasidan tegishli tomonga shuncha uzoqqa qo‘yiladi. Gorizontal tezlik katta bo'lganda oyoqlar tana OUM proyeksiyasidan oldinroqqa qo‘yiladi. Tuig'un yerga tushish uchun parvozda bo‘lish vaqtidayoq gavdani tiklashga, tos-son bo‘g‘imlarini ozgina bukishga va ko‘krak qismida biroz bukchayishga harakat qilish kerak. Bunda oyoqlar rostlangan yoki deyarli rostlangan, tovonlar cho‘zilgan, oyoq barmoqlari bukilgan, qollar ikki tomonga qarata yuqoriga ko£tarilgan boiishi lozim. Gavda tiklangan va ayniqsa, bukilgan holatda yerga tushish juda xavfli!
Odam boshining tepa qismi yuqoriga qaragan holatda bo‘lganda makonda, ayniqsa, yaxshi mo‘ljal oladi. Shu sababli gimnastikachi

parvozda gavdasini qancha tez rostlay olsa, u makonda shuncha yaxshiroq mo‘ljal oladi, yerga tushishni texnik jihatdan to‘g‘ri amalga oshiradi, binobarin, sakrab tushishni bajarish saviyasi ham balandroq bo‘ladi.



Download 9,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   511




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish