268-rasm
Kinematik zanjir bo‘g'inlarining harakatchanligi bo‘g‘imlardagi harakatchanlikka va har bir bo‘g‘in tayanchga nisbatan egallagan o'ringa bog‘liq bo‘ladi. Tananing tayanchdan uzoqda joylashgan bo‘g‘inlari, ayniqsa, harakatchan (harakatlar amplitudasi keng) bo‘ladi. Snaryad qo‘llar bilan ushlangan holda, gavda va qollar bilan taqqoslaganda, oyoqlar, tovon va boldir, ayniqsa, harakatchan boiadi. Bu holda oyoqlar gimnastikachi tanasining asosiy ishchi bo‘g‘ini hisoblanadi. Ulaming оЧа harakatchanligi mashqni bajn ■
rish jarayonida katta og‘irlik bilan uyg'unlikda oyoqlar ko‘p miq-dorda kinetik energiyani jamg‘arishi va kinematik zanjirda amal qiluvchi reaktiv kuchlar hisobiga uni osongina taqsimlashi uchun imkoniyat yaratadi. Masalan, turnik, halqalar va boshqa sna-ryadlarda oyoqlar bilan oldinga siltanib sakrashni bajarganda, oyoq lar bilan oldinga kuchli silpanganda ular bilan harakatlar sonining katta momentini (kinetik energiyani) yaratish, qo'llar bilan esa turnikka tayanib, tana OUMni balandroq ko‘tarish va elementni texnik jihatdan to‘g‘ri bajarish mumkin.
Gimnastikachi tanasi makonda to‘g‘ri chiziq bo‘ylab turli yo‘nalishlarda bir joydan boshqa joyga ko'chishi yoki ko£ndalang, bo‘ylama, old-orqa o‘qlar atrofida aylanma harakatlami bajarishi mumkin. Barcha ko‘chishlar negizini tana bo‘g‘inlarining bo‘g£im-lardagi aylanma va selpinma harakatlari tashkil etadi. Bu harakatlar bir qancha xususiyatlarga ega, chunonchi: tana bo‘g‘inlari boshqa bo‘g‘inga nisbatan, ikki qayd etilgan bo‘g‘in uchinchi bo‘g‘inga nisbatan harakatlanishi mumkin; bir-biriga nisbatan qayd etilgan bir nechta bo£g‘inlar bitta bo‘g‘in sifatida olinishi mumkin; gavda va oyoqlar ikki bo‘g‘indan iborat bo£lgan kinematik juftlik yoki tizimni tashkil etishi mumkin; mushak qisqarganda dinamikaning uchinchi qonuniga muvofiq ikki qo‘shni bo£g£in faqat bir-biriga nisbatan o£zlarining inersiya momentlariga teskari proportsional bo£lgan tezliklarda harakatlanishi mumkin (269-rasm).
269-rasmda mushak qisqarganda tana ikki qo‘shni bo‘g‘mi bir joydan boshqa joyga ko‘chishining prinsipial sxemasi (M.A. Alekperov bo‘yicha) berilgan. AO va OB — tananing bo‘g‘imda o‘zaro bog‘langan bo‘g‘inlari; AOB — bo'g'inlarning mushak qisqarishidan oldingi holati; АлOtBt — bo‘g‘inlaming mushak qisqarganidan keyingi holati; F — mushakning tortqi kuchi; Fxva F2 —mushakning tortqi kuchi F elementlari; M — О bo‘g‘imning ustki tomonidan joylashgan mushak; С — mushak og‘irligining umumiy markazi.
Do'stlaringiz bilan baham: |