Ritmik gimnastikaning vazifalari:
sog‘liqni saqlash va mustahkamlash, jismoniy rivojlanishni oshirish, chiniqtirish, kishi organizmining noqulay iqlim sharoitiga qarshiligini oshirish;
katta yoshdagi aholini «Alpomish va Barchinoy» maxsus test me’yorlarini topshirishga tayyorlash. Nisbatan yuqori va sama-rali ish qobiliyatini ushlab turish, faol ijodiy hayotni uzaytirish;
shaxsning jismoniy va ruhiy qobiliyatini garmonik rivojlan-tirish, o ‘z kuchiga ishonch hosil qildirish, iroda, jamoachilik va o‘zaro ijodiy yordam hissini tarbiyalash. Jismoniy mashqlami qo‘llay bilish uchun jismoniy tarbiya asoslari va uslubiyati bo'yicha malum bilimga ega bo‘lish;
muntazam jismoniy mashg‘ulotlarga havas uyg‘otish, jismoniy tarbiyani kun tartibiga kiritish.
Do'stlaringiz bilan baham: |