5. Ish dasturini tuzish
Ish dasturida har qaysi mashq turlari mavzularga bo„linadi. Mavzudagi material soni bir mashg„ulotga mo„ljallangan bo„lishi kerak. Mavzuning tartib raqanii mazkur mashq turi materialini o„tishdagi uslubiy izchillikni ko„rsatadi. Ko„pgina gimnastika mashqlarini bir mashg„ulot mobaynida o„rganib olish mumkin bo„lmagani uchun har bir mavzuga yangi mashqlardan tashqari o„rganib olish jarayonida o„zlashtirilmagan mashqlarni ham kiritish maqsadga muvofiqdir.
Yangi mashqlarni o„rgatishni nihoyasiga еtkazish uchun, ularni necha marta takrorlash kerakligini oldindan aniq aytib berishga murabbiylar kafolat berishmaydi. Shuning uchun ish dasturida o„rtacha statistik ma‟lumotlarga ko„ra, taxminan rejalashtirilib, keyinchalik o„quv- mashg„ulot jarayonida tuzatishlar kiritib boriladi. Ish rejasi va o„quv dasturi ishchi dastur tuzish uchun dastlabki ma‟lumot bo„ladi. Ish dasturini tuzish tartibi
Dasturning tasnifi va hajmi uning hamma elementlarini hamda bu elementlarni o„rgatishdagi yordamchi mashqlarni ixtiyoriy tartibda yozib olish.
1. Har bir mavzu nechta mashg„ulot davomida o„rganilishini ko„rsatib, ularga tartib raqamlari qoyib, mashqlar qanday ketma-ketlikda o„rganilishini belgilab chiqish kerak. Gimnastika ko„p- kurashining har bir turidagi mavzular soni shu turdagi ish rejasi jadvalida ko„zda tutilgan mashg„ulotlar sonidan kamroq bo„lishi kerak, chunki ba‟zi mavzular boshdan oxirigacha to„liq takrorlanishi mumkin.
2. Ishchi dasturni uzil-kesil yozib chiqish.
3. Dasturda kerakli mashg„uiotlarning soni ko„rsatilib, ularni o„rganish tartibi mavzular bo„yicha royxat qilib berilgan bo„lishi kerak. Masalan, 1 mavzu.
1. Bir oyoqda depsinib, qo„llarda turish.
2. Shuning o„zini qo„llarni birin-ketin qoyib bajarish.
3. G„ujanak bo„lib, oldinga va orqaga umbaloq oshish.
4. Bukilib oldinga umbaloq oshish.
6. Reja matnini tuzish
Reja matnini tuzish uchun ishchi reja va ishchi dastur bo„lishi lozim.
Eng avvalo, sarlavhani yozib mashg„ulot vazifalarini ko„rsatib qoyish kerak. Talaba- sportchilarni belgilangan kunda, ularni bilan (gimnastika tayoqchasi bilan mashq bajarish, tirmashib chiqish, sakrash, qo„shpoyalarda mashqlar bajarish) shug„ullanishlaridan xabardor qilib qoyish. Shu mashqlarni bajarib, nimalarga erishish kerakligini esa, murabbiy shug„ullanuvchilarga mashqlarni bajarishg kirishganlaridagina aytishi darkor.
Shundan keyin mashq turlari almashinishini (mashg„ulot tuzilmasini) belgilash kerak. Keyin mavzu tartib raqami va vaqtini qoyib chiqib, har bir mashq turini ko„rsatish, hamma mashqlarni shug„ullanuvchilarga taklif etiladigan taitibda batafsil izohlab yozish lozim.
7. Ma‟ruza matnlarida qaysi bir mashq mashg„ulotning qaysi qismida o„tkazilishini yozish, shuningdek, mushaklar chigilini yozish mashqlarining sonini ko„rsatish shart emas
Do'stlaringiz bilan baham: |