19-Mavzu: Kundalik rejalar



Download 16,28 Kb.
Sana21.06.2022
Hajmi16,28 Kb.
#689161
Bog'liq
19-mavzu Fotima


19-Mavzu: Kundalik rejalar.

Kundalik rejani tuzib, unga to’liq amal qilish koni foyda, u abituriyentning bilimini yuz chandon orttirib yuborishi hech gap emas. Masalan, saharlab uyg’onish, jismoniy mashqlarni bajarib, yuz qo’lni yuvish, tonggi dars tayyorlash jarayoni, keyin nonushta qilish, … , kechki nonushtani qilib, yana dars tayyorlash, va nihoyat, 23:00 da uyquga yotish. Ertasi kuni yana shu ssenariyni takrorlash. Rejamisan-reja, biroq unga amal qilish-chi!? Nazariy rejani amaliyotga qay darajada tatbiq eta olamiz; kundalik rejaning qancha qismi amalga oshmay qolib ketadi – masalaning asl jihati mana shu. Abituriyentlar bor: ko’plab rejalar tuzib, amalga oshmay qolgani sababli yana qaytadan boshqasini tuzishga majbur bo’ladilar. Ular rejani tuzishda o’z imkoniyatlarini inobatga olmaganliklari mana shunday yo’l tutishlariga sabab bo’ladi. Inson robot emas. Uning o’ziga yarasha ehtiyojlari bo’ladi. Bu ehtiyojlarga ko’z yumib tuzilgan kundalik reja amalga oshmaslikka mahkum bo’ladi. Oddiy misol: kimdir ertalab vaqtli tura olmasa, yana kimdir kechki payt charchab qolganligi sababli dars tayyorlay olmaydi. Bu insonning tabiatiga bog’liq. Ertalab vaqtli turadiganlar kechki payt dars tayyorlay olmasalar, kech uyg’onadiganlar, asosan, kechqurun ishlashadi. Ertadan kechgacha tinimsiz dars tayyorlash esa amaliyotda juda ham kam kuzatiladigan holatlardan biridir. Dars rejasini tuzishda insoniy ehtiyojlarni inobatga olish juda muhim. Bularga misol tariqasida yetarli uyqu, ovqatlanishni keltirish mumkin. Shunday ehtiyojlardan ixtiyoriy biri amalga oshmasa, inson to’liq konsentratsiya bilan dars qila olmaydi. Dars qilayotgan vaqtda xayoli umuman boshqa narsalar bilan band bo’ladi. Demak, kundalik rejangizni tuzishda bu ehtiyojlarga yetarli miqdorda vaqt ajratishingiz lozim. O’zingizni 4-5 soat uxlashga majburlamang, baribir uyqusizlik kasallik chaqiradi. Ruhingizda toliqish paydo qiladi. Uyqudan “urib qolmoqchi bo’lgan” vaqtingizni befoyda suhbatlardan va televizordan qizg’oning. Chunki ular sizning muhim ehtiyojingiz emas. jj6ves.jpg Endi ikki og’iz dars tayyorlashga ajratiladigan vaqtlar haqida fikrlashsak. Keling, uxlashga 8 soat vaqt ajratdingiz, deylik. 3 soat ovqatlanishga ketsin, yo’lda yana 2 soatingiz o’tdi (aslida, yo’lda ham adabiyotlarni o’qish mumkin), dam olishlarga yana 2 soat ajrataylik. Shunda sizga dars tayyorlash uchun jami 9 soat vaqt berilyapti. Har kuni. Bu siz uchun juda katta imkoniyat. Endi ayting-chi, siz shu 9 soatning qanchasini ilmga bag’ishlayapsiz? Men to’liq ishonaman, agar shu vaqtning 8 soatini ilmga bag’ishlasangiz, ishoning, bir yilda sizdan oldinga o’tadigan abituriyentni topish juda qiyin bo’ladi. Demak, dars rejangizni biroz elastik (o’zgaradigan) qilib, kunda 8 soat dars tayyorlashga mo’ljallashingiz mumkin. Bordi-yu, dars rejangiz amalga oshmay qolsa, nima qilish kerak? Endi shu haqda. Bir marta rejani buzsangiz-u, o’zingizga hech qanday chora ko’rmasangiz, buning oqibati nima bo’lishini bir fikrlab ko’ring. Bu hol uch-to’rt marta takrorlangach, rejani buzishga ko’nikib qolasiz. Alaloqibat, tez orada rejangizning ahamiyati yo’qoladi-qoladi. Demak, kundalik reja amalga oshmay qolsa, o’zingizni nimadandir mahrum qilishingiz kerak ekan. Bu haqida gazetamizning 22-sonida batafsil to’xtalgan edik. Yana bir holat. Tasavvur qiling: o’zingizga qat’iy reja qilib, soat 20:00 dan 22:00 gacha dars tayyorlayman, deb yozib qo’ydingiz. Buning biroz yomon tarafi bor. Aynan shu oraliqda qandaydir kutilmagan sabab bilan dars tayyorlay olmasligingiz mumkin. Shu sababli siz rejangizda bugun falon vaqtlarda matematikadan 50 ta test yechaman, ingliz tilidan falon mavzuning testlarini tugataman va adabiyotdan qaysidir shoirga taalluqli sahifalarni o’qib chiqaman, deb belgilang. Agar belgilangan vazifalarni tugatmasangiz, dam olishingizni kamaytirishingiz mumkin. Albatta, bu abituriyent uchun bir yo’llanma, xolos. Kimdir qat’iy reja tuzib, unga qat’iy amal qilayotgan bo’lsa, xuddi shunday davom etsin. Bu maqolamiz esa kundalik rejasini amalga oshirishga qiynalayotgan abituriyentlarimiz uchun bir chiqish yo’li, xolos.
Download 16,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish