Ionlovchi nurlanish manbalaridan foydalanganda sanitariya-dozimetriya nazorati
Ionlovchi nurlarni yuqori biologik faollikka ega bo‘lishiga qaramay bir qancha vaziyatlarda tibbiyot tufayli ionlovchi nur manbalarini inson faoliyatining har qanday sohalarida qo‘llanilishi ko‘paymoqda va haqiqatda ham ionlovchi nurlanish bilan kontaktda bo‘lish muhim kasbiy omil bo‘lib qolgan shaxslar soni ko‘paymoqda.
Ionlovchi nurlanish manbalari bilan aholini kontakti ehtimoli va darajasini hisobga olib barcha aholi 3 kategoriyaga bo‘linadi.
A-kategoriya ionlovchi nurlanish manbalari bilan bevosita aloqada bo‘luvchi xodimlar.
B-kategoriya-aholini chegaralangan qismi demak ionlovchi nurlanish manbalari bilan kasb tufayli bog‘liq emas lekin uni ta’sir qilish sohasida bo‘ladigan aholi
V-kategoriya-viloyat va respublika aholisi
Ionlovchi nurlanish manbalarini qo‘llash yo‘nalishlarining ko‘payishi halq xo‘jaligining har xil sohalarida ionlovchi nurlanish manbalarini qo‘llashda nazorat olib borish shu bilan birga Davlat sanitariya nazorati tashkilotlari tomonidan ham nazorat olib borish kerakligini bildiradi.
Sanitariya-dozimetrik nazoratga kiradi:
-Radiologik ob’ektlarni qurishda va rekonstruksiya qilishda ogohlantiruvchi sanitariya nazorati olib borish
-Qo‘llanilayotgan ionlovchi nurlarning manbalari va faoliyat yuritayotgan radiologik ob’ektlarni qayd qilish
-Har xil aholi guruhlarini nurlanish dozasini o‘lchash va baholash.
-Tashqi muhitda, ishlab chiqarish va yashash xonalarini tabiiy va texnogen radiaktiv birikmalarni tutganligini nazorat qilish
-Radiatsion avariyalar sodir bo‘lgan holatlarida radionuklidlarni amaldagi darajalarini aniqlash va vaqtinchalik ruxsat qilinadigan darajalarini o‘rnatish.
-Radiaktiv birikmalarni tashish va saqlashga bo‘lgan nazorat
-Kasbiy nurlanishga duch keladigan shaxslarni sonini va tibbiy ko‘rik vaqtini nazorat qilish
Ionlovchi nurlanish manbalarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan radiatsion havflarni kamaytirish dunyo amaliyotida qabul qilingan 3 ta asosiy prinsipga asoslanadi:
-Ionlovchi nurlanish manbalaridan nurlanish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha faoliyat agar u ishdan foydadan ko‘ra zarari ko‘p bo‘ladigan bo‘lsa bajarilmasligi kerak
-Iloji boricha shaxsiy doza miqdori va nurlangan shaxslar soni kam bo‘lishi kerak.
-Ionlovchi nurlanish manbalari bilan faoliyat yuritayotgan shaxslarning nurlanishi ruxsat qilingan doza atrofidan oshmasligi kerak.
Ionlovchi nurlanish manbalarini qo‘llashda gigiyenik sharoitlarni belgilab beruvchi asosiy hujjat (San Q va M N°0029-94 Radiatsion xavfsizlikni sanitariya me’yorlari va qoidalari), Toshkent 1994 yil hisoblanadi.
Inson faoliyatining turli sohalarida qo‘llaniladigan ionlovchi nur manbalari 2 ta guruhga bo‘linadi: ochiq va yopiq nurlantirish manbalari
Yopiq manbalar-bu ionlovchi nur manbalarini shunday turiki-bunda ishchi ishlash jarayonida nurlanish olishi mumkin, lekin radiaktiv birikmalar me’yordagi ekspluatatsiya sharoitlarida organizmga tushishi mumkin emas.
Bunday ionlovchi nur manbalari 2 ta guruhga bo‘linadi:
doimiy ta’sirli nur manbalari hisoblangan izotop manbalar
nurlanish generatorlari-izotop bo‘lmagan manbalar
Doimiy ta’sirli yopiq ionlovchi nur manbalari-bu radiaktiv birikmalarni oldindan ko‘rilgan ekspluatatsiya sharoitida tashqi muhitga tushishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday manbalarga beta, neytron nurlari, har xil vazifadagi gamma-uskunalar kiradi.
Nur generatorlari-bu nurlarni davriy ravishda generatsiya qiladigan manbalar. Bularga rentgen apparatlari va zaryadlangan zarrachalarni tezlatuvchilari kiradi.
Yopiq manbalar bilan ishlaydigan ishchilar me’yordagi ekspluatatsiya sharoitida faqat tashqi nurlanishga uchraydilar. Aniqlanishicha izotop manbalaridan foydalanganda personal oladigan tashqi nurlanish dozasi manba aktivligi ,ular bilan ishlash vaqti, gamma doimiy izotopga proporsional bo‘ladi va masofa kvadratiga va nurni ekran bilan susaytirish karraligiga teskari proporsional bo‘ladi
D=(Q x k^ x t):(KxR2)
Bu erda:
D-nurlanish dozasi R Q-manba faolligi, m Ki K-manbaning gamma-doimiyligi T-manba bilan ishlash vaqti, saot R-manbadan ishchigacha bo‘lgan masofa, sm
Ochiq ionlovchi nur manbalari-bu shunday manbalarki ulardan foydalanganda tashqi muhit radiaktiv birikmalar bilan ifloslanishi mumkin. SHunday manba bilan ishlovchi ishchilar radiaktiv birikmalarni inkorporatsiyalanishi hisobiga ichki ham tashqi nurlanishga uchraydilar.
Ionlovchi nurlarni ochiq manbalaridan foydalanganda nafaqat tashqi nurlanishdan himoyalanishni balki tashqi muhitni radiaktiv ifloslanishi va radiaktiv birikmalarni organizmga tushishini oldini olish choralari ham ko‘zda tutilishi kerak.
Ochiq manbalar bilan ishlash uchun MDSEN dan ruxsatnoma olish kerak, lekin San QvaM 0029-94da eng kam ahamiyatga ega faollik o‘rnatilgan - bu degani ish joyida kam ahamiyatga ega bo‘lgan faollik uchun MDSEN ni qarori talab qilinmaydi. Eng kam ahamiyatli faollik miqdori radionuklidlarni havflilik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Radiatsion xavflilik darajasi bo‘yicha barcha radionuklidlar 4 guruhga bo‘linadi: A,B,V,G. Radionuklidlarni qaysi guruhga mansubligi va uni eng kam ahamiyatga ega bo‘lgan faolligi San QvaM 0029-94 bo‘yicha aniqlanilishi mumkin. Agar ionlovchi nur manbalarining faolligi eng kam ahamiyatli faollikdan yuqori bo‘lsa radiaktiv birikmalar bilan ishlash sinfi aniqlanishi kerak.( San Q vaM 0029-94).
Dozimetrik va radiometrik nazorat olib borishda qo‘llaniladigan tekshirish usullari
Dozimetrik va radiometrik nazoratini olib borish asosida ionlovchi nurlanishni qayd qilish yotadigan instrumental tekshiruvlardan foydalanishga asoslanadi.
Ionlovchi nurlanishni qayd qilish usullarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
fizikaviy, ionlashtiruvchi, ssintilyasion, kalorimetrik, spektrometrik
kimyoviy, fotografik, radiokimyoviy
biologik, aholini salomatlik holatini baholash, eksperimental
Do'stlaringiz bilan baham: |