Mavzu bo‘yicha yoritilishi lozim bo‘lgan savollar:
-shovqin va vibratsiya
-shovqin ta’sirida kelib chiqadigan spetsifik kasalliklar -shovqin ta’sirida kelib chiqadigan nospetsifik kasalliklar -vibratsiya kasalligi
-shovqin va vibratsiya kasalligini oldini olish choralari
Amaliy mashg‘ulotda qo‘llaniladigan innovatsion usul «MIYAGA XUJUM » USULI
Bu usulda dastlab o‘qituvchi amaliy mashg‘ulotga tayyorlanib kelgan talabalarni aniqlaydi va o‘qituvchi savol beradi - talaba javob beradi, o‘qituvchi javobga qoniqmasa, navbatdagi talabaga savolni takrorlaydi - javob to‘g‘ri, aniq, bo‘lgunga qadar o‘rtaga tashlangan jumboqli savol takrorlanaveradi.
Masalan: “Shahsiy tarzda ovqatlanishning adekvatligini o‘rganish va baholash” mavzusida o‘qituvchi tomonidan 4-5 ta savol (talabalarning tayyorgarligiga qarab) beriladi:
Shovqin ta’sirida kelib chiqadigan spetsifik va nospetsifik kasalliklar
Shovqinni o‘lchaydigan asboblar
Shovqinning profilaktikasi
Vibratsiya kasalligining turlari
Vibratsiya kasalligining oldini olish yo‘llari
O‘qituvchi guruhdagi har bir talabaning muhokamada ishtirokini kuzatib boradi - talaba 3 ta savolga javob bera olmasa, eng past ball beriladi - amaliy mashg‘ulotning nazariy qismini o‘zlashtirmagan talaba sifatida savol-javoblarda qatnashmaydi, ammo amaliyotni bajarishda ishtirok etadi.
Bu usulning ahamiyatli tomoni shundaki, qisqa vaqt ichida guruxdan ko‘p miqdordagi javob variantlarini olish, talabalar bilimini aniqlash, ulardan kutilmaganda so‘rash oqibatida
mashg‘ulotga tayyorgarlik darajasini bilish, xotirada fan bo‘yicha saqlanib qolgan barcha bilimlarni aniqlash imkoni tug‘iladi.
Talabalar tomonidan berilgan barcha javoblar, ma’nosi va mazmunidan qat’iy nazar, muhokama qilinadi. Barcha talabalar o‘z fikrlarini aytadilar, o‘qituvchi tomonidan yuqori kasbiy va pedagogik mahorat bilan yo‘naltirilgan savol-javoblar, bahs-munozarada haqiqat qaror topadi, kuchli nazariy bilim va tayyorgarlikka ega talabaning yuqori ball to‘play olishiga erishiladi, shuningdek tayyorgarligi past talaba ham ko‘plab bilimlarni o‘z xotirasida saqlab qolishiga erishiladi
TESTLAR
Ishlab chiqarish korxonasida mahalliy ventilyasiya nima
Bir qancha geografik iqlim sharoitlarida qo‘llaniladigan ventilyasiya
Chang toksik birikmalar hosil bo‘lgan joydan havoni so‘rib olish
Chang hosil bo‘ladigan ish joyiga havo berish
Faqat 1 ta sexni ventilyasiyasi
Ventilyasiyasi ishi mahalliy
Qaysi kasb kasalligini oldini olish uchun mahalliy ventilyasiya qo‘llaniladi 1. Pnevmokoniozni 2. Silikozni 3. Koxlear nevritni
Antrakozni 5. Bissenozni
Quyida keltirilganlardan qaysi biri kasb kasalliklaridan zararlanishda muhim hisoblanadi
Ishlab chiqarish jarayonini germatizatsiyalash va xonani havosini yangilash
Kasallarni o‘z vaqtida aniqlash va davolash
Maxsus kiyimlarni kiyish
Surunkali zaxarlangan kasallarni kasalxonaga yotqizish
Qanday ishlab chiqarish zaharlari bor kasbga emizikli ayollar ruxsat qilinmaydi
Jismoniy yuklama bilan ishlashga
Shovqin va vibratsiya sharoitida ishlashga
Kimyoviy birikmalar bilan ishlashga
Qurituvchi mikroiqlimli sharoitda ishlashga
Zararli kasbdagi ishchilar uchun maxsus ovqat nima
Yuqori kaloriyali talab qiladigan og‘ir kasbdagi ishchilarning ovqati
Shikastlanuvchi azoning ish faoliyatini yaxshilaydigan qo‘shimcha ovqat
Zararli kasbdagi ishchilarga qo‘shimcha bepul ovqat
Organizmga tushgan zaxarlarni zararini yo‘qotish
Asosiy ovqatga qo‘shimcha meva va sabzavotlar
Mavzu: Ishlab chiqarish muxiti havosida changni aniqlash va baholash.
Mashg‘ulotning jihozlanishi: mavzu bo‘yicha jadvallar, respirator, analitik tarozi, allonj, filtr, aspirator, changdan namuna olish uchun oyna va unga qoplama, psixrometr, barometr
Do'stlaringiz bilan baham: |