Mavzuni asoslash
Korxonalar havosining changlanganini ifodalash uchun xaritalar, respirator, analitik tarozi, allonj, AFA — FPP—15 filtrlari, rezina shlanglar, aspirator (chang tortuvchi), reometr, eksikator, Ouens-1 apparati, mikroskop, lupa, mikrometr, changdan namuna olish uchun oyna va unga qoplama, psixrometr, barometr, ozod kremniy (II) oksidining miqdori to‘g‘risida ma’lumot, yuqori konsentratsiyali sulfat kislotasi.
Konimetrik usul. Bu usul bilan ma’lum hajmda chang zarrachalari sonini aniqlash bilan bir qatorda uning kattaligini, shaklini, rangini, o‘tkir qirralari borligini aniqlash mumkin. Demak, bu usul chang zarra-chalariga sifat jihatdan baho berishga imkon beradi. Aksariyat chang zarrachalari mayda bo‘lganligi tufayli, mikroskop, lupa va h. k. lardan foydalaniladi.
Chang zarrachalarining katta-kichikligini aniklashda Ouens-1 asbobi qo‘llanadi. Ouens-1 asbobining ishlashi quyidagilarga asoslangan: avvalo tarkibida chang zarrachalarini tutgan havo asbobning naysimon qismida suv parlari bilan to‘yintiriladi (1), so‘ng nasos (2) yor-damida tor tuynuk orqali (3) katta bo‘lmagan kameraga (4) tortiladi, tortilgan havo tor tuynuk qarshisiga o‘rnatilgan shisha plastinkaga (5) uriladi. Kameraga nasos orqali tortilib kirgan havo kengayadi, harorati pasayadi, buning natijasida chang atrofidagi par bilan qoplanadi (kondensatsiyalanadi), so‘ng tarkibida chang zarrachalarini tutgan mayda suv tomchilari oyna sathiga yo‘lchaga o‘xshash shaklda (28- rasm) joylashadi, tez orada suv zarrachalari parlanib, chang shisha plastinkaga o‘rnashib qoladi.
Chang zarrachalarini mikroskopda sanash uchun maxsus kesilgan mikroskopik oynaga o‘rtasi ochiq halqa shaklida qirqilgan qog‘oz yopishtiriladi, so‘ng halqa ustiga asbobdan olingan (chang yo‘li tushgan) qoplagich-yupqa shisha plastinka (chang yo‘lini ichkariga qilib) yopishtiriladi. Chang zarrachalarini 100 marta katta qilib ko‘rsatuvchi zarrabin (mikroskop) da sanash mumkin. Chang zarrachalari mikroskop okulyariga o‘rnatilgan mikrometrik to‘r (setka) orqali sanaladi. Chang zarrachalarining miqdori quyidagi formulaga ko‘ra aniqlanadi:
X = N x S S
Bu erda: X- 1 ml havo tarkibidagi chang zarrachalarini soni
N- 1 satxda chang yo‘li bo‘yicha ko‘ndalang yotgan chang zarrachalari soni
S-butun chang yo‘li orqali tortilgan havoning hajmi
S- nasos orqali tortilgan havoning hajmi
Gravimetrik usul - havo tarkibidagi chang zarrachalarining miqdorini aniqlash .
Bu usul tarkibida chang zarrachalarini tutgan ma’lum hajmdagi havoni suzgichdan (filtrdan) o‘tkazish natijasida tutib qolingan chang miqdoriga qarab baho berishga asoslangan. Hozirgi kunda havo tarkibidagi chang va tutun miqdorini aniqlash uchun hoki yo‘q filtr qog‘oz, perxlorvenil tolasi (FPP—15), oyna, mineral yoki paxta tolasidan foydalaniladi.
Qog‘oz filtr yoki FPP—15 maxsus patronga (allonjga) o‘rnatiladi .
Patronlar rezina naychalar orqali reometrga, u o‘z yo‘lida elektr chang tortuvchi asbobga ulanadi.
Elektr chang tortuvchi yordamida reometr ko‘rsatkichiga qarab (1 daqiqada 15—20 litrdan ko‘p bo‘lmagan) havo patronga o‘rnatilgan filtr orqali ma’lum daqiqa tortiladi.
Olingan natija: filtrni ishlatgandan keyingi og‘irligidan ish boshlanguncha bo‘lgan og‘irligi ayiriladi. 1 daqiqada necha litr havo o‘tkazilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich elektr chang tortuvchi necha daqiqa ishlaganiga ko‘paytirilib, m3 ga aylantiriladi.
Havodagi chang miqdorini aniqlashda elektr chang tortgichdan tashqari aspiratorlardan ham foydalanish mumkin. Havoni aspiratsiya qilish uchun kerak bo‘ladigan vaqt, uning qanchalik changlanganligiga qarab aniqlanadi. Bunda filtr og‘irligi 3-5 mg dan (FPP dan 1 mg) kam bo‘lmasligi kerak.
Aspiratsiya vaqtida so‘rilgan havo hajmi oddiy sharoitlarga keltiriladi. Buning uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
Vo = Vt - 273 x B (273 + t) x 760
Bu erda: V0 - oddiy sharoitga keltirilgan aspiratsiyalangan havo Vt - aspiratsiyalangan havo hajmi, litrlarda t- xonadagi havo harorati B-xonadagi barometrik bosim
Changning miqdori quyidagi formula yordamida mg/m3 ko‘rsatishida aniqlanadi:
X = Qo - Qx x 1000
" V0
X —namuna olingan joydagi changning miqdori mg/m3 Q0—aspiratsiya qilingandan keyingi filtrning vazni Qx— filtrning aspiratsiya qilinguncha bo‘lgan vazni V0—oddiy sharoitga keltirilgan aspiratsiyalangan havo
Korxona sharoitida chang ta’sirida kuzatiladigan pnevmokoniotik o‘zgarishlar asosan chang tarkibidagi ozod kremniy (Il)-oksidi hisobiga bo‘lganligi tufayli, uning ruxsat etilgan miqdori (PDK) — chang tarkibidagi ozod kremniy (Il)-oksidining miqdoriga bog‘liq.
Tarkibida ozod kremniy (Il)-oksidini tutishiga qarab aerozollarning korxona sharoitida (ish joylarida) ruxsat etilgan miqdori (PDK) GOST 12.01.005—76 da ko‘rsatilgan:
—kristall tarkibida ozod kremniy (II)-oksidining miqdori 70% dan ortiq bo‘lganda — 1 mg/m14 ;
—10% dan 70% gacha ozod kremniy oksidini tutuvchi changlar uchun - 2 mg/m3 —chang tarkibidagi ozod kremniy (II)-oksidining miqdori 2 dan 10% gacha bo‘lganda (mis sulfidli rudalar, uglerod va ko‘mir changi, loy va h. k.)—4 mg/m3;
—kondensatsiya aerozoli ko‘rinishidagi amorf kremniy (II)-oksidi —1 mg/m3;
—tarkibida 2% dan kam ozod kremniy (P)-oksidi tutgan chang aralashmasi; — 6 mg/m3; Silikat tutuvchi chang: asbest — 2 mg/m3, asbestotsement, sement, apatit, loy — 6 mg/m3, talk, slyuda — 4 mg/m3; chugun — 6 mg/ m3.
Korxonalarning ish zonalarida o‘simliklardan hamda zaharsiz mineral birikmalardan hosil
3
bo‘ladigan, tarkibida ozod kremniy (II)-oksidi tutmagan aerozollar PDK 10 mg/m ; dan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |