Gigiyena fani boyicha oquv uslubiy majmua



Download 0,76 Mb.
bet2/154
Sana22.08.2021
Hajmi0,76 Mb.
#153554
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154
Bog'liq
gigiyena fani boyicha oquv uslubiy majmua

qoidalari

Maqsad: Talabalarni Gigiyena fanining asoslari bilan tanishtirish, provizorlar faoliyatida Gigiyenaning o’rni to’g’risida ma’lumot berish.

REJA:

  1. Gigiyena fanining maqsadi va vazifalari

  2. Gigiyena fanining rivojlanish tarixi.

  3. Provizorlarning mehnat faoliyatida Gigiyena fanining ahamiyati.

  4. Gigiyenik tekshirish usullari.

Tayanch iboralar: Ruxsat etilgan konsentratsiyani (PDK), Sanitariya, Statistika usuli, Emperik, Zamonaviy provizorlar, Biologik omillarga.

Gigiyenaning fan sifatida tutgan o‘rni va ahamiyati

Gigiyena fani - mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi fan bo‘lib, odam organizmiga atrof- muhitdagi omillarning ta’sirini o‘rganib, olingan natijalar asosida aholi uchun eng muvofiq yashash, mehnat qilish sharoitlarini, ovqatlanish tartiblarini, suv ta’minoti, turar-joylar bilan ta’minlash masalalarini ishlab chiqadi. Bu maqsadlarga erishish uchun gigiyena o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:

  • atrof-muhitdagi omillarning o‘rganish va ularning odam organizmiga ta’sir etish xususiyatlarini aniqlaydi;

  • olingan natijalarga asoslanib, odam organizmi uchun befarq bo‘lgan va uzoq muddat davomida ta’sir etganda ham zararli ta’sir ko‘rsatmaydigan gigiyenik me’yorlar va reglamentlarni ishlab chiqadi;

  • ishlab chiqilgan me’yorlar va reglamentlarni hayotga tadbiq qilish va ularning bajarilishini nazorat qiladi.

Har qanday gigiyenik me’yor yoki reglamentni hayotga tadbiq qilishni gigiyenaning muhim bir qismi bo‘lgan sanitariya muassasalari tomonidan amalga oshiradi.

Gigiyenaga oid vazifalarni amalga oshirishda turli usullardan foydalaniladi va bu usullar o‘zining mohiyatiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

  • atrof-muhit omillarini tekshirish usullari:

  • sanitar tavsifiy usul;

  • fizikaviy usullar;

  • kimyoviy usullar;

  • biologik usullar.

  • fiziologik holatlarni tekshirish usullari;

  • ayrim organlarning funksional holatlarini tekshirish usullari.

• statistik usullar.

Gigiyenada qo‘llanadigan usullarga keltirilgan ta’riflar bilan tibbiy-biologik va boshqa fanlar hamda sohalarga doir tekshirish usullarsiz birorta ham gigiyenik vazifani to‘laqonli hal etish mumkin emasligini ko‘rsatadi.

Gigiyenaning zamonaviy muammolari:

-atrof-muhitning o‘zgarib turuvchi omillarini baholash va ularni me’yorlashtirish;

-aholining ovqatlanishini optimizatsiyalash;

-urbanizatsiyaga taalluqli bo‘lgan muammolarni hal etish;

-sanoat korxonalaridagi mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish, qishloq xo‘jaligida xizmat qiladigan ishchi va xizmatchilarning mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirishga doir tadbirlar majmuasini ishlab chiqadi;

-qishloq gigiyenasi muammolari;

  • bolalar va o‘smirlarning akseleratsiyasiga doir bo‘lgan muammolar;

  • aholi o‘rtasidagi xavfli o‘sma kasalliklari, yurak-tomir sistemasi kasalliklarining darajasini kamaytirish tadbirlari.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan sanitariya nazoratining tarkibi qayta o‘rganilib chiqilmoqda, Respublikamizdagi hamma sanitariya-epidemiologiya xizmati qayta ko‘rish konsepsiyasi yuzaga keldi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi qoshidagi yangicha nomlangan Davlat sanitariya-epidemiologiya Departamenti, Respublika Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati Markazi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning Davlat sanitariya- epidemiologiya nazoratlari markazlari shular qatoriga kiradi.

Har qanday holatda ham sanitariya-epidemiologiya xizmatining asosida sog‘liqni saqlash tizimidagi davolash va profilaktik yo‘nalishlarning birligi qolishi muqarrar. Bu degani, provizor- farmatsevt uchun gigiyenik bilimlar kasallikni oldini olishning asosi ekanligi va uning kasbga doir tayyorgarligidagi faoliyatining muhim bir asosiy qismi bo‘lib qolmog‘i kerak.

  1. 2. Provizor farmatsevt uchun gigiyenaning ahamiyati

Zamonaviy provizorlar - ular tibbiy hodim, dori preparatlarini tayyorlash sohasida mutaxassis, aholi salomatligini mustahkamlash ishlarida va profilaktika chora-tadbirlarini o‘tkazishda ishtirok etadigan shaxslardir. Bu nuqtai nazardan qaraganda gigiyena sohasidagi bilimini provizorlik ish faoliyatida zarur ekanligini alohida qayd etish lozim.

Dorixona sog‘liqni saqlash tizimidagi muassasalardan biridir, uning asosiy vazifasi, aholini va davolash-profilaktik muassasalarini dori preparatlari, sanitariya va boshqa tibbiyot mahsulotlar bilan o‘z vaqtida ta’minlashdan iboratdir. Dori preparatlarini tayyorlash va saqlashda gigiyenik rejimga qat’iy rioya qilish lozim, shuning uchun provizor dorixona muassasalarida va farmatsevtika korxonalarida atrof muhit parametrlarini gigiyenik me’yorlarini yaxshi bilishi kerak. U gigiyenik me’yorlarni va sanitariya qoidalarni dorixonada buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasalliklar haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak. Provizor sanitar hizmat namoyondalari bilan birga dorixona xonalarida gigiyenik rejimga rioya qilish va mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqarishi, dorixona qurilishi loyihalariga baho berishda, joriy sanitar nazoratini olib borishi kerak.

Dorixona xodimlarining shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishlari katta ahamiyatga ega. Dorixona xodimlarining bu qoidalarga rioya qilmasliklari natijasida dori preparatlari, distillangan suv, dorixona jihozlari ifloslanishi mumkin. Shuningdek dorixona xodimlari bemor odam bilan aloqada bo‘lganda, havo, retseptlar, turli xil jihozlar orqali zararlanishlari mumkin.

Provizor ish faoliyatida sanitar-maorif ishlari ahamiyatli o‘ringa ega, u aholi sanitar madaniyatini oshirishga, o‘zicha davolanishga va aholi orasida turli xil yuqumli kasalliklarni oldini olishga qaratilgandir.

Provizor ish faoliyatida davolovchi va sanitar shifokorlari bilan doimo muloqotda bo‘ladi. Bu esa provizorni tibbiyot profilaktikasida, atrof muhitni muhofaza qilishda va boshqa asosiy yangiliklar haqida habardor bo‘lishlarini talab qiladi.

Tibbiy-profilaktika yo‘nalishidagi kasb egalari uchun gigiyenik bilimlar uning mehnat faoliyatining asosini tashkil qiladi. Shu bilan birga provizor-farmatsevt uchun ular o‘zining kundalik faoliyatida keng ma’noda gigiyenaga doir masalalarga duch keladi. Gigiyenik bilimlarga ega bo‘lmagan farmatsevt ayniqsa kasbga oid kasalliklarni umuman to‘g‘ri baholay olmaydi, bemor uchun zaruriy bo‘lgan davolovchi preparatlarni, dorixona ichi infeksiyasining oldini olish tadbirlarini ta’minlay olmaydi.


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish