Gigiyena fani boyicha oquv uslubiy majmua


Gigiyenik me’yor va reglamentlarni ishlab chiqishga bo‘lgan umumiy yondashishlar



Download 0,76 Mb.
bet5/154
Sana22.08.2021
Hajmi0,76 Mb.
#153554
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154
Bog'liq
gigiyena fani boyicha oquv uslubiy majmua

Gigiyenik me’yor va reglamentlarni ishlab chiqishga bo‘lgan umumiy yondashishlar

Gigiyenik me’yor va reglamentlarni o‘rnatish tartibi muayyan misollarda ko‘rib chiqilishi kerak. Masalan, yashash xonalarining mikroiqlimi yoki uning yoritilishiga doir gigiyenik me’yorlar tabiiy tekshirishlar asosida ishlab chiqilishi va tekshirish jarayonida tekshirilayotgan omilning turli sharoitlarda odam organizmining funksional holatiga ta’siri baholanishi kerak, masalan, (mikroiqlim uchun - issiqlikni boshqarilishi, yurak-tomir sistemasi, nafas olish organlari funksiyasi, yoritilganlik uchun - ko‘rish organi va markaziy nerv sistemasi funksiyasi). Bunda tekshirilayotgan omilning shunday parametrlari gigiyenik me’yor qilib olinishi kerakki, u organizmning optimal funksional holatini ta’minlasin. Aholining eng optimal suv iste’moli me’yorlarini o‘rnatish uchun aholining ko‘pchilik qismidan anketa so‘rovlar o‘tkazilib, keyinchalik turar-joylarning kommunal obodonlashtirilganligiga bog‘liq holda suv sarfi qiymatlari hisoblab topiladi. Ayrim omillarni me’yorlashtirishda tabaqalashgan me’yorlashtirish prinsipi qo‘llanadi va bunda omilning yuqori, optimal va quyi darajalari o‘rnatiladi. Shunday prinsip bo‘yicha, jumladan ishlab chiqarish

xonalarining ruxsat etiladigan va optimal mikroiqlim qiymatlari va ichimlik suvi tarkibidagi ftorning ruxsat etiladigan miqdoriy chegarasi belgilangan va b.q.

Gigiyenik me’yorlardan farqli o‘laroq, gigiyenik reglamentlarni o‘rnatish, qoida bo‘yicha tabiiy sharoitda emas, balki tajriba (eksperiment) sharoitida olib boriladi. Omillarning gigiyenik reglamentatsiyasi atrof-muhitdagi turli omillarning bo‘sag‘ali ta’sir konsepsiyasiga asoslanadi. Gigiyenik reglamentlarni o‘rnatish - bu murakkab va yetarlicha uzoq davom etadigan jarayondir. U me’yorlashtiriladigan omilning sifat va miqdoriy ta’riflash bilan birga fizikaviy, kimyoviy, biologik, radiologik, statistik tekshirish usullaridan foydalanishni, omilni tirik organizmga ta’sirini o‘rganish bilan keyinchalik olingan ma’lumotlarni matematik tahlil qilish va shunga muvofiq reglament ishlab chiqishni taqozo etadi. Ko‘p sonli gigiyenik reglamentlar qatoriga kimyoviy moddalarga ruxsat etiladigan konsentratsiyalar (REK) ni kiritish mumkin.

  • atmosfera havosidagi kimyoviy moddalarni reglamentlash;

  • kimyoviy moddani havzalardagi suvda reglamentlash;

  • kimyoviy moddalarni tuproqda reglamentlash;

  • kimyoviy moddalarni oziq-ovqat mahsulotlarida reglamentlash.

Gigiyenik reglamentlashtirishda gigiyena-toksikologik tekshirishlar quyidagi bosqichlarda umumiy ko‘rinishga ega bo‘ladi:

Moddaning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish (agregat holati, tashqi ko‘rinishi, rangi, hidi, solishtirma og‘irligi, turli muhitlarda erish xususiyati, barqarorligi, bug‘lanish xususiyati va b.q.)

Zaharlilik xossasini baholash maqsadida toksikologik tekshirishlarni o‘tkazish kerak, bunda organizmga zaharli ta’sir ko‘rsatish tabiati, maxsus ta’sir xususiyatlariga ega ekanligi aniqlanadi. Toksikologik tekshirishlar laboratoriyalarda eksperimental hayvonlar organizmida sinash orqali o‘tqaziladi (oq sichqonlar, oq kalamushlar, quyonlar yoki boshqa hayvonlar) va u bir necha variantlarda amalga oshiriladi:

  1. o‘tkir tajribalar. Asosiy vazifa - quyidagi toksikologik parametrlarni aniqlash - LD 50, LD 16, LD 84, CL 50 va o‘tkir zaharlanishdagi klinik belgilar aniqlanadi.

  2. oraliq tajriba. Asosiy maqsadi - laboratoriya hayvonlari organizmiga ko‘p marta yuborgandagi kumulyativlik xossasini aniqlash 1/5- 1/10 LD 50.

d) surunkali toksikologik tekshirish. Tajriba yoki Lim chr ni o‘rnatish maqsadida, yoki moddaning maxsus ta’sir etish xususiyatini aniqlash maqsadida o‘tqaziladi. Lim chr ni aniqlash LD 50 ning 1/20 - 1/100 martalik nisbatlarida uzoq muddat ta’sir ettirish orqali o‘tqaziladi va ma’lum muddatlarda hayvonlar organizmidagi funksional, morfologik va biokimyoviy o‘zgarishlar aniqlanadi. Tekshirish natijasida shunday doza aniqlanadiki, u hayvonlar organizmida fiziologik me’yorlardan tashqari minimal o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi kerak.

O‘tqazilgan tekshirishlarning natijalari asosida tekshirilgan moddaning zaharlilik sinfi o‘rnatiladi va talab etiladigan gigiyenik reglamentlar hisoblab topiladi (REK).

Ishlab chiqilgan gigiyenik me’yor va reglamentlarning samaradorligi aholining salomatlik holatlarini o‘rganish asosida baholanadi yoki ishlab chiqilgan gigiyenik me’yorning vazifasiga muvofiq aholining ayrim guruhlarida baholanadi. Gigiyenik me’yorlashtirish va reglamentlashtirish atrof-muhitdagi omillarning barchasini o‘zida aks ettirishi bilan birga ishlab chiqiladigan barcha profilaktik va sog‘lomlashtirish tadbirlari uchun asos bo‘ladi.


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish