Gigiyena fani boyicha oquv uslubiy majmua


Teskari osmos odatda quyidagi hollarda farmasevtik maqsadlar uchun suv olish tizimlarida foydalaniladi



Download 0,76 Mb.
bet77/154
Sana22.08.2021
Hajmi0,76 Mb.
#153554
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   154
Bog'liq
gigiyena fani boyicha oquv uslubiy majmua

Teskari osmos odatda quyidagi hollarda farmasevtik maqsadlar uchun suv olish tizimlarida foydalaniladi:

regeneratsiya uchun zarur kislota va ishqor sarfini kamaytirish uchun ion almashinuvi qurilmalari oldiga;

tozalangan suvni tayyorlash uchun;

in’eksiyalar uchun suv tayyorlash uchun distillyatsiyadan oldingi tayyorlov bosqichi sifatida;

in’eksiyalar uchun suvni tayyorlash uchun yakuniy bosqich sifatida (ikki bosqichli osmos).

Teskari osmosning ikki bosqichli tizimi

Farmatsevtik maqsadlarda suvni tayyorlash uchun so‘nggi yillarda ikki bosqichli teskari osmos tizimidan foydalaniladi. Dastlab suv teskari osmosning birinchi bosqichiga kelib tushadi. Bunda hosil bo‘ladigan konsentrat chiqarib tashlanadi. Filtrat (permeat) teskari osmosning ikkinchi bosqichiga uzatiladi va yana tozalanadi. Teskari osmosning ikkinchi bosqichida konsentratda teskari osmatik qurilmadagi suvga qaraganda tuzlar kam bo‘lgani bois, uni uzatiladigan suv bilan aralashtirish va shunday tarzda tizimga qaytarish mumkin. Teskari osmosdan suvni tozalashning dastlabki bosqichi sifatida foydalanilganda bir bosqichli qurilmadan foydalanish mumkin. Tuz miqdori va suvda xloridlar miqdori yuqori bo‘lganda mazkur qurilma olinadigan suvning Farmakopeyada belgilangan sifatini ta’minlay olmaydi.

Ushbu usulning o‘z kamchiliklari mavjud. Teskari osmos suvdan hamma qo‘shimchalarni bartaraf eta olmaydi hamda molekulyar og‘irligi juda kichik bo‘lgan erigan organik moddalarni yo‘qotish qobiliyati ham juda past. Ion almashinuvi tizimlariga qaraganda teskari osmos solishtirma elektr o‘tkazuvchanlikni ancha pasaytirish imkonini bermaydi, bunga, xususan, suvda uglerod gazi miqdorining yuqoriligi to‘sqinlik qiladi. Uglerod dioksidi odatda teskari osmotik membranalardan bemalol o‘tib ketadi va dastlabki suvdagi miqdorda permeatga tushadi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun teskari osmotik modul oldidan anion almashinuvchi smolalardan yoki dekarbonizatordan foydalanish tavsiya etiladi. Membranalar materiali yetarlicha nozik bo‘ladi, uning butunligi ham buzilgan bo‘lishi mumkin, buning oqibatida butun teskari osmotik qurilmaning ishi izdan chiqadi. Shuning uchun membranalarning tegishli materiallarini to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega. Erkin xlor ta’siriga dosh bera olmaydigan membranalardan foydalanganda ko‘mir filtrni o‘rnatish yoki tarkibida natriy sulfit bo‘lgan birikmalarni dozalash maqbul yechim bo‘ladi.

Teskari osmotik membranalar yuqori haroratlar ta’siriga bardoshli emas. Shuning uchun suvni qurilmaga berishdan oldin sovutish kerak.


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish