Rezervuarlarni loyihalashtirish
In’eksiyalar uchun suvni saqlash uchun rezervuar bosim ostidagi idish sifatida loyihalashtiriladi. Ushbu talab to‘liq vakuumni ham ta’minlashi lozim (ventilyatsion filtr tiqilib qolganda yoki ventilyatsion klapan yopiq bo‘lganda). Tizimni 134S da bug‘ bilan ishlash uchun rezervuar 3 bar ga teng bosimga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Rezervuar yuzasi quvurlarga qo‘yiladigan talablarga mos holda ishlanadi. Vertikal va gorizontal rezervuarlardan foydalanilishi mumkin, ular o‘z kamchiliklari va afzalliklariga ega12.
Nazorat savollari
Suv manbalarining turlari
Suvning gigiyenik axamiyati
Suvning fiziologik ahamiyati.
Ichimlik suvi sifatiga qo‘yiladigan gigiyenik talablar.
Suv qaysi kasalliklarning tarqalishida manba bo‘ladi?
Suvning organoleptik xossalariga nimalar kiradi?
Ichimlik suv sifatini yaxshilash usullariga nimalar kiradi?
Ichimlik suvni tozalash usullariga nimalar kiradi?
Suvni zararsizlantirishning qanday usullari bor?
Suvning epidemiologik xavfsizligiga qaysi ko‘rsatgichlar bilan baho beramiz?
Ichimlik suvining sifatini baholash qaysi xujjat asosida olib boriladi?
Modul. Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi. Sog‘lom turmush tarzining gigiyenik asoslari
Ma’ruzaning maqsadi: talabalarga o’sib kelayotgan oranizmning o’ziga xos qonuniyatlari to’g’risida tushunch berish. Insonlar uchun shaxsiy gigiyenik talablar qo‘yilish, sivilizatsiya
jarayonidagi kelib chiqadigan me’yoriy talablar to’g‘risida tushincha beriladi va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish.
Reja:
Bolalar va o’smirlar gigiyenasi fani, maqsadi, muammo va vazifalari.
Bolalar gigiyenasining rivolanishi.
Bolalar va o’smirlar salomatligini saqlash hamda kasalliklarni oldini olish tadbirlari.
O’sish va rivojlanishni umumiy qonuniyatlari.
Shaxsiy gigiyena yaratilish va sivilizatsiyaga tarif.
Sog’lom turmush tarzi va shaxsiy gigiyena haqida tushuncha.
Badan gigiyenasi va badanni chiniqtirish.
Psixogigiyenaning zamonaviy muammolari.
Tayanch iboralar: Antropometrik, samotoskopik, samotometrik, fiziometrik, skolioz, yassi tovonlik
Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi fanining asosiy vazifalari qatoriga:
1.O‘suvchi organizmning o‘ziga xos morfologik va funksional xususiyatlarini hisobga olib gigiyenik me’yorlar ishlab chiqish va bunda har bir yosh davrlarini inobatga olish vazifalari:
-bolalar va o‘smirlarni tarbiyalash va o‘qitish sharoitlarini ratsional tashkil qilish va muvofi qlashtirish;
-bolalar va o‘smirlar faoliyatini reglamentlash;
-bolalar va o‘smirlarning ovqatlanishini takomillashtirish;
-bolalar va o‘smirlarning shaxsiy gigiyenasi
2.Bolalar va o‘smirlarga tibbiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish, jumladan:
-bolalar va o‘smirlarning jismoniy rivojlanishini sifatli nazorat qilishni ta’minlash;
-bolalar va o‘smirlarning salomatlik holatlarini nazorat qilish va dispanserizatsiyani amalga oshirish;
-sog‘lomlashtirish tadbirlarini amalga oshirish
Bolalar va o‘smirlarning jismoniy rivojlanishi gigiyenik tadbirlarning asosi ekanligida gigiyenik tadbirlarning asosini turli yosh davrlaridagi bolalar va o‘smirlar organizminidagi anatomo - fiziologik xususiyatlarni hisobga olish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |