8.4-rasm a b. ). Asos suv “Ichimlik suvi”San PiN 2. 1. 4. 1074. Olga muvofiq ichimlik suvi talablariga javob berishi shart. “Suv ta’minotining markazlashgan sistemasidagi ichimlik suvining sifati gigiyenik talablarga javob berishining Sifat nazorati” . Asos suvning sifati, uning kimyoviy tarkibi, undagi mavjud aralashmalardan qat’iy nazar texnologik sxema bo‘yicha suvni tozalangan holda olishda filtratsiya, yumshatish, ion almashish, qayta so‘riltirish va h. kabi bir necha bosqichlardan iborat suvni dastlabki tayyorlash jarayoni katta ahamiyatga ega.
Suvni tozalangan holda olish. Dastlabki tayyorgarlik va olish. Suvni tozalangan holda
olishning texnologik sxemasini tanlashda quyidagilarga asoslaniladi: asos suv(berilgan suv)ning sifatiga; suv olishning yakuniy bosqichini tanlashga; Farmakopey qoidalarining suvga qo‘yilgan talablariga; asos suvning sifatiga bo‘lgan talablarga; tarkibi normativ hujjatlarda belgilanganidek yoki farmakologik mahsulotni ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan tartibda aralashmalarni yo‘qotishga yo‘naltirilgan dastlabki tozalash bosqichlariga. Dastlabki tayyorgarlik - bu sifatli tozalangan suvni olish uchun qilinadigan operatsiyalar majmuidir. Normativ talablarga mos keladigan suvni olish bu so‘nggi bosqich sanaladi.
Filtrlash. Suvni qayta ishlash sistemasida filtratsiya texnologiyasi muhim ro’l o‘ynaydi. Turli usullarda qo‘llash uchun filtrlash qurilmalarining juda ko‘p turlari ishlab chiqarilmoqda. Qismlarni g‘alvirdan o‘tkazish darajasiga ko‘ra ular bir -biridan tubdan farq qiladi. Yirik donalarni (antrasit donachalari, kvars, qum) filtrlovchi va mayda donachalarni filtrlovchi membran filtrlar. Qurilma va sistemalarning o‘zaro joylashishi texnologik jarayonda filtrlash uskunalarining qo‘llanish joyi va turiga ko‘ra o‘zgaradi. Zamonaviy filtrlash sistemasi 3 va 5 siklli ish rejimiga ega, ya’ni ular avtomatik ravishda (nazorat dasturi asosida) ishlashga va qo‘lda boshqarishga moslangan. Texnologik ish rejimida filtrlash qurilmasi quyidagilarni bajaradi: suvni tozalangan holda olish, filtr oraliqni to‘g‘ri va qayta tozalash. Bu rejimdan regeneratsiya talab qilmaydigan (ko‘p qavatli filtrlar, Birm asosida temirsizlantiruvchi filtrlar, aktivlashtirishgan ko‘mirli filtrlar) sepuvchi qurilmada foydalaniladi. Ishning besh siklli rejimida suvni toza holda olish, qayta tozalash, regeneratsiya, sekin tozalash, tez tozalash va tuz bakani to‘ldirish nazarda tutiladi. Ushbu rejim filtrlash muhiti ( margansovkali seolit asosida temirsizlantirilgan filtrlar, yumshatish filtrlari) da regeneratsiya o‘tkazilishi zarur bo‘lgan filtrlash qurilmalari uchun foydalaniladi. Ko‘p qavatli filtrlardan foydalanish suvni dastlabki tayyorlashning boshlang‘ich bosqichlaridan biri hisoblanadi. Ulardan foydalanish suvning yuqori darajadagi loyqalanganligi va uning tarkibida mexanik kolloid qismlarining yuqori darajada mavjudligida maqsadga muvofiqdir. Ko‘p qavatli filtrlarni ishlatishda suvni filtrlashning minimal tezligi - 5-10m/s, qayta tozalashning yuqori tezligi soatiga 35-40 m bo‘lishini ta’minlash zarur. Bundan ko‘rinadiki, filtratsiya va qayta tozalashda zarur bo‘lgan tezlikni ta’minlash uchun nasosni to‘g‘ri tanlay bilish muhim kriteriya hisoblanadi. Birm filtrlash muhiti va margansovkali seolit asosida temirsizlantiruvchi filtrlar suvning tarkibidagi temir va marganes aralashmalarini yo‘qotish uchun qo‘llaniladi. Bundan tashqari, margansovkali seolit yordamida suvda erigan vodorod sulfidi yo‘qotiladi. Filtrlash muhiti ustida kimyoviy katalitik oksidlanish protsesslari natijasida erigan temir va marganes erimaydigan holat (gidrooksid)ga o‘tadi va yengil cho‘kma ko‘rinishida qayta tozalash yo‘li bilan filtrdan chiqariladi. Birm filtrlash muhitidan foydalanishda muhim shartlardan biri suvda erigan kislorodning konsentratsiyasi, 15% ga erigan temirning konsentratsiyasi borligidir. Marganesli seolit qo‘llanilganda o‘zining katalitik tarkibini yo‘qotadi, shu sababli uning kaliy permanganat eritmasi bilan davriy (yoki doimiy) regeneratsiyasi bo‘lishi shart.
Suvni yumshatish. Suvni yumshatish ion almashishidagi tez-tez uchraydigan tasodifiy hol sanaladi. Suvni yumshatishda suvning qattiqligini pasaytirish uchun magniy va kalsiydek kationlar yo‘qotiladi. Yumshatish suvni ion almashuvchi va qayta so‘riluvchi membranaga tozalashga berishdan oldin ionlar tarkibini sezilarli pasaytirishga imkon beradi. Ko‘pgina hollarda qattiq tuzlar kationlarining natriy kationlariga almashishi sodir bo‘ladigan kationitlar bilan to‘ldirilgan avtomatik kolonka - yumshatuvchilardan foydalaniladi. Farmasevtik korxonalarda doimiy ravishda yumshatilgan suv olish uchun smolaning ion almashish regeneratsiyasi galma-gal bo‘ladigan dupleks qurilmalardan foydalaniladi. Smolaning almashinish sig‘imini pasaytirish uchun uning natriy xlorid bilan eritmasi yordamida davriy avtomatik tarzda yoki qo‘l yordamida regeneratsiya o‘tkaziladi. Suv tayyorlash sistemasida ko‘proq quyidagi 3 holatda yumshatishdan foydalaniladi: qayta so‘rilish va distillyatsiya oldidan; ion almashish qurilmasining regeneratsiyasi uchun foydalanishda ishlatiladigan suvni olishda; Faqat yumshatilgan suv yetarlicha olinadigan hollarda (avtoklavka, yuvish joylarida va b. suvdan foydalanishda). Yumshatuvchilar distilyatorning ichki yuzasi va qayta so‘rilish membranasida erimaydigan cho‘kmalarni hosil bo‘lish potensial imkoniyatlarini pasaytirgan holda asos suvdagi polivalent ionlarni yo‘qotadi. Shuningdek, yumshatishda qattiq tuzlar bilan birga bariy, alyuminiy, stronniy kabi foydali ionlarni ham yo‘qotishi mumkin. Yumshatish sistemasini ishlatishda filtratsiya tezligini noto‘g‘ri tanlash, smolaning organik mikrobiologik iflaslanishi, qurilmani ishlatish va saqlash qoidalariga rioya qilmaslik sababli smola elementlarining yorilishi, regeneratsiyada tuzli eritma bilan ifloslanish sababli kanallar paydo bo‘lish xavfi qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Chastotani (regeneratsiya oraliq davri 24 s dan kam bo‘lmasligi) va yumshatuvchining ion almashish regeneratsiyasining davomiyligini to‘g‘ri tanlash zarur. Suvning qattiqligi monitoringgini olib borish, ya’ni, smolaning ajratilgan zarrachalarini yo‘qotish uchun filtratsiyadan o‘tkazish, yumshatish filtrini, tuz baki va b. ni natriy gipoxlorit bilan sanitar qayta tozalash (yiliga 1 marta) zarur.
Elektrodionlash ion almashinishning turlaridan biri hisoblanadi. Elektrodionlash sistemasi to‘xtovsiz oqim (maxsulot va konsentrlangan chiqindilar)ni va to‘xtovsiz regeneratsiyani ta’minlash uchun tanlab o‘tkazuvchi membrana va elektr zaryadli smola kombinatsiyasidan foydalanadi. Uzatilgan suv uch oqimga taqsimlanadi. Oqimning bir qismi elektrod kanali orqali o‘tadi, qolgan ikki qismi anion va membranalar orasida aralashgan smola qatlamlarini o‘zida mujassamlashtirgan tozalash va konsentrlash kanaliga tushadi. Ion almashtirgich smolalarning aralashgan qatlamlari erigan ionlarni ushlab qoladi. Elektr toki qamrab olingan kationlarni o‘tkazuvchan membrana kationi orqali katodga, anionlar esa o‘tkazuvchan membrana anionlari orqali anodga yo‘naltiradi. Ion almashtirgich smolalar membrananing ikki tomonidan membrana orqali kation va anionlarni o‘tkazishni kuchaytiradi. O‘tkazuvchan membrana kationi anionlarning anodga kelishini, o‘tkazuvchan membrana anionlari esa kationlarning katodga kelishini to‘xtatadi. Bu bo‘lmada ionlar yuvilib, oqib ketib konsentrasiyalashadi. Natijada yuqori sifatli tozalangan suv olinadi. Tozalash kanali (smola seksiyasi)da gidroksil va vodorod ionlari elektr potensiyali smolaning to‘xtovsiz regeneratsiyasini amalga oshirishga imkon beradi. Elektrodionlash jarayoni yordamida mineral moddalarni yo‘qotish mumkin. Bu usulning samarasi aralashmalarning boshlang‘ich tarkibiga, sistemaga uzatilgan suv oqimining tezligiga va suv tayyorlashning oldingi bosqichlariga bog‘liq bo‘ladi. Elektrodionlash usulini qayta so‘rilish usuli bilan birgalikda olib borish maqsadga muvofiqdir.