Bosimli tunnellar asosan doiraviy ko‘ndalang kesimli qilib loyihalanadi. Tog‘ jinslarining mustaxkamligiga kura bosimli tunnellar mustahkamlovchi (yuk tushmaydigan) va yuk ko‘taruvchi qoplamalarga bo‘linadi. Bosimli tunnel ko‘ndalang kesimining perimetri bo‘ylab mustahkamlovchi qoplama xuddi bosimsiz tunnellardagidek bajariladi. Yuk ko‘tarmaydigan koplamalar qalinligi hisoblar qilinmasdan qabul qilinadi. Bu qoplamalar uchun beton, sepilgan beton, torkret materiallar ishlatiladi. Bosimli tunnellar yuk ko‘taruvchi qoplamalari bir qatlamli, ikki qatlamli, ba’zi bir hollarda uch qatlamli qabul qilinadi. Bir qatlamli yuk ko‘taruvchi qoplamalar uchun beton, sepilgan beton, temir-beton va torkret materillari ishlatiladi. Bir qatlamli monolit betonli qoplamalar (5.55-rasm, a) suv ichki bosimi 60 m gacha, tog‘ jinslaridagi bosimi uncha katta bo‘lmaganda qo‘llaniladi.
Ichki qoplama qalniligi hisoblar asosida qabul qilinadi. Bir qatlamli monolit temir-beton ichki qoplamalar katta tog‘ bosimli yumshoq gruntlarda va ichki suv bosimi 30 m dan katta bo‘lganda qo‘llaniladi. Bunday qoplamalar qalinligi beton qoplamalarga nisbatan kam. Ularning qalinligi betonni cho‘zilishini hisobga olgan holda hisoblar asosida qabul qilinadi. Beton va temir-beton qoplamalari suv o‘tkazmasligini oshirish maqsadida ularning ichki yuzasiga metall to‘r o‘rnatilib torkret bilan suvalanadi. Yig‘ma bir qatlamli qoplamalar tayyor alohida elementlardan bajariladi. Yig‘ma elementlar beton, temir-beton va ba’zi bir hollarda metalldan tayyorlanadi.
17.4-rasm. Bosimli tunnellar ichki qoplamalari
a-bir qatlamli; b-ikki qatlamli; d-oldindan kuchaytirilgan yig‘ma blokli; e-oldindan kuchaytirilgan monolit qoplama; f-oldindan kuchaytirilgan zavodda tayyorlangan xalqali zveno; 1-yuk ko‘tarmaydigan qatlam; 2-qorishma yuboriladigan doiraviy tirqish; 3-yig‘ma ichki qoplama; 4-monolit ichki qoplama; 5-oldindan kuchaytirilgan armatura zvenosi.
Yuk ko‘taruvchi ikki qatlamli qoplamalar suv bosimi yuqori bo‘lganda qo‘llaniladi. Ular bir-biriga birlashgan ikki tashqi va ichki halqalardan tashkil topadi (17.4-rasm,b) . Tashqi halqa qurilish davrida tashqi bosimni tog‘ bosimini o‘ziga qabul qiladi. U monolit betondan barpo etiladi. Tashqi halqaga bir tomonlama tog‘ bosimi ta’sir qilsa va ichki suv bosimi 100 m dan ortiq bo‘lsa, uni monolit temir-betondan tayyorlanadi, ichki halqa temir-betondan bajariladi. Tunnellar yumshoq jinslardan o‘tganda va ichki bosim 100 m dan ortiq bo‘lganda, ichki qoplama pulat list bilan qoplanadi.
Bosimli tunnellar ichki bosimi 50 m dan ortiq bo‘lsa, oldindan kuchaytirilgan qoplamalar qo‘llaniladi, bunda materiallar tejaladi va ishlash muddatini qisqaradi. Bosimli tunellar oldindan kuchaytirilgan qoplamalarini barpo etish uchta usul bilan olib boriladi:
Birinchi usulda qoplamalarni oldindan siqish qalinligi 3…5 sm li doiraviy tirqishdan katta bosim ostida qorishma yuboriladi. Bu usul yig‘ma va monolit qoplamalarda qo‘llaniladi (17.4-rasm, e,f).
Ikkinchi usul qoplamalarni mexanik siqishga asoslangan. Siquvchi kuchlanishlar pulat armaturaning chuzilishiga olib keladi.
Halqasimon zvenoli ko‘rinishdagi oldindan kuchaytirilgan qoplama zavodda tayyorlanadi. So‘ngra transport vositalariga yuklanib qurilish joyiga olib kelinadi va o‘rnatiladi. qoplamani armaturalash sxemasi 5.55-rasm, f da ko‘rsatilgan.
Uchinchi usulda oldindan kuchaytirilgan qoplamalar hosil qilishda bandaj (kamar) qo‘llaniladi. U beton halqaning tashqi sirtida joylashtiriladi. Bandajni chuzish tunnelda beton qoplama o‘rnatilgandan keyin bajariladi. Bandajlarni cho‘zish uchun domkratlar qo‘llaniladi. Bandaj qoplamalari katta diametrli tunnellarda qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Qoplamalarni monolit holga keltirish uchun, undagi bo‘shliqlarga va tirkishlarga katta bosim ostida sement eritmasi yuboriladi. Sement eritmasi qoplamaga qurilish davrida qoldirilgan quduqlar va quvurlar orqali yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |