Mavzu: Gidrotexnik tunellar. Ularning turkumlanishi. Ishlatish sharoitlari
Reja:
Gidrotexnik tunellar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar.
Tog‘ bosimi.
Bosimsiz tunnellar
Bosimli tunnellar
Umumiy ma’lumotlar. Yer qobig‘ida joylashgan, yopiq ko‘ndalang kesimli, qazish ishlari yer ostida olib boriladigan suv eltuvchi inshootga gidrotexnika tunneli deb ataladi.
Kanal trassasi juda baland va tik to‘siqlarga duch kelgan vaqtda shu to‘siqni yorib o‘tish maqsadga muvofiq bo‘lmasa yoki texnik hamda iqtisodiy sharoitlarga ko‘ra afzal bo‘lmasa, u yerni teshishga, ya’ni tunnel qurishga to‘g‘ri keladi. Oqimning gidravlik rejimi bo‘yicha gidrotexnika tunellari bosimli va bosimsiz bo‘ladi.
Gidrotexnika tunellari vazifasiga kura: energetik, irigatsiya va yaylovlargi suv chiqarish, ichimlik suvi bilan ta’minlash va kanalizatsiya, kema va yog‘och o‘tkazuvchi, suv tashlash, qurilish tunnellariga bo‘linadi.
O‘qlarning joylashuvi va tog‘ massasini ishlab chiqarishga ko‘ra gidrotexnika tunellarinang quyidagi turlari mavjud: 1) o‘qlari gorizontal yoki bir oz qiya joylashgan asosiy tunellar; 2) uncha katta bo‘lmagan yordamchi tunnellar-shtolnyalar; 3) qisqa tunellar, yo‘laklar, asosiy tunelga borish va ish qurollarini tashish uchun xizmat qiladigan tunnellar-shreklar; 4) o‘qlari tik yoki bir oz og‘ma tunellar-shaxtalar
Chuqurlik bo‘yicha joylashuviga ko‘ra tunnellar mayda (100m gacha); o‘rta (100…500m) va chuqur (500m dan yuqori) bo‘ladi.
Uzunligi bo‘yicha tunnellar qisqa (1km gacha), o‘rta (1…5 km) va uzun (5 km dan ortiq) bo‘ladi.
Tunnel turi va konstruksiyasi muxandis-geologik, kurilish, foydalanish, gidrogeologik va boshqa sharoitlarni hisobga olgan xolda qabul qilinadi. Inshoot quriladigan yerning geologiyasi uning trassasini tanlashga, qurilish ish sharoiti va muddatiga, tunnel qoplamalari turini tanlashga, uning mustahkamligiga, iqtisodiy jihatdan qimmat yoki arzon bo‘lishiga ta’sir qiladi. Tunnel trassasi tog‘ jinslarining yumshoq qatlamlaridan yoki yirik tektonik buzilgan zonalarda o‘tmasligi kerak. Tunnel trassasida joylashgan tog‘ jinslarining turi, xarakteri va ularning holati, yer osti suvlarining intensivligi va kimyoviy tarkibi, yer osti suvlarining xarorati, zilzila ruy berish hodisasi va gaz chiqib, xavf tugdirish kabi qator masalalarni ham tadqiqot ishlarida hal qilishga to‘g‘ri keladi. Tunnel trassasi to‘g‘ri chiziq buylab, eng qisqa masofada o‘tish kerak (17.1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |