Gidrometeorologiya fakulteti gidrometeorologiya va atrof muhit monitoringi kafedrasi



Download 6,87 Mb.
bet1/6
Sana28.06.2022
Hajmi6,87 Mb.
#713748
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi yangi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
GIDROMETEOROLOGIYA FAKULTETI

GIDROMETEOROLOGIYA VA ATROF MUHIT
MONITORINGI KAFEDRASI
Gidrometeorologiya yo’nalishi 3-kurs talabasi Umirzoqov Sherzodning
Gidrologiya asoslari fanidan
‘’MUZLIKLAR KATOLIGI BILAN ISHLASH, TOSHKENT VILOYATI MUZLIKLAR KATALOGINI TUZISH’’ mavzuida yozgan

KURS ISHI


Bajardi:
Tekshirdi:


Toshkent-2022


MUNDARIJA
Kirish 3
BOB. MUZLIKLAR VA ULARNING HOSIL BO’LISHI 4
1.1. Muzliklarning hosil bo’lishi 4
1.2. Muzliklarning tabiatdagi ahamiyat 6
1.3. Muzliklarning harakati va ularning turlari 8
BOB. MUZLIKLAR KATALOGI 14
2.1. Muzliklar katalogining tom, bo’lim, qismlar haqida ma’lumot 14
2.2. O’zbekiston muzliklari 16
BOB. TOSHKENT VILOYATI MUZLIKLAR KATALOGINI TUZISH 20
3.1. Toshkent viloyati muzliklari katalogini tuzish 20
3.2. Muzliklar maydonini Google earth platformasi orqali aniqlash 21
XULOSA 27
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 28


Kirish
Ushbu kurs ishida hozirgi vaziyatda global muammo bo’lib turgan muzliklar mavzusi qiqacha yoritiladi. Yevropaning ,,Kriosfera’’ ilmiy jurnalida chop etilgan so’nggi izlanish natijasiga ko’ra, dunyo bo’ylab muz 1990-yillarga qaraganda ancha tez erib bormoqda. So’nggi chorak asrda dengiz, muz qatlamlari, muzliklardan 28 trln tonna muz erigan. Erish sur’ati 1990-yillar o’rtalaridagi ko’rsatkichga qaraganda 57 foizga ko’pdir. Antarktida, Grelandiya va tog’lardagi muzliklarning erishi oqibatida so’nggi salkam 30 yilda okeanlarda suv ko’payib, dunyo bo’ylab o’rtacha dengiz sathi 3.5 santimetrga ko’tarilgan. Antarktida muzliklar erishi bilan quyosh nurlari atmosferaga qaytmasdan muzliklar ostida bo’lgan quyuq suvlar tomonidan yutilib ketmoqda. Bu esa mintaqa haroratining oshishiga sabab bo’lmoqda. Niderlandiyada iqlim o’zgarishiga qarshi xalqaro anjuman onlayn formatda o’tkazilmoqda. AQShning 2015-yilgi Parij bitimiga qaytishi atrof-muhit muhofazachilariga umid bag’ishlamoqda.

BOB. MUZLIKLAR VA ULARNING HOSIL BO’LISHI


1.1. Muzliklar

Muzlik — sharoit qulay joylarda qor toʻplanishidan hosil boʻlib, qiya tomonga siljib turuvchi muz massasi. Qor chegarasidan yuqorida relyefning botiq joyida toʻplanadigan qorning zichlanishidan vujudga keladi. Yer yuzasida hozirgi vaqgdagi Muzliklar maydoni 16,1 mln. km² dan ortiq. Muzliklar joylashgan oʻrni va shakliga koʻra togʻ muzlikar va tekislik muzliklarga boʻlinadi. Muzlik nishab
tomonga surilib turadi. 1 ° qiyalikda yerda muz siljishi uchun qalinligi 55–60 m boʻlishi kerak. 45° qiyalikda 1,5–2 m qalinlikdagi muz siljiydi. Muzning siljish tezligi muz temperaturasiga, joyning qiyaligiga va muz qalinligiga bogʻliq. Muzlik kuniga bir necha mm dan 2–3 m gacha siljishi mumkin. Togʻ muzliklari daryolarni suv bilan toʻyintiruvchi manbadir. Baʼzan siljib borib, vodiylarni toʻsib
qoʻyadi va suv toshqinlariga sabab boʻladi.
Yer sayyorasidagi muzliklarning 99% i qutb mintaqalarida yotadi, biroq muzliklarni har qitʼadagi togʻlarda va baʼzi baland orollarda ham uchratish mumkin. 35° shimoliy va 35° janubiy kengliklar orasida muzliklarni faqat Himoloy, And, Sharqiy Afrikadagi baʼzi baland togʻlar, Meksika, Yangi
Gvineya va Eronda topish mumkin. Muzliklar Yerdagi eng katta chuchuk suv zahiralaridir, ulardagi suv dunyo aholisining uchdan bir qismiga yetadi.Aksariyat muzliklar suvni bir fasl davomida saqlab, boshqa faslda erib chiqaradi, bu erigan suv oʻsimlik va hayvon dunyosi uchun kerakli suv manbaidir.
Muzliklar yogʻin, harorat va bulut qatlami kabi uzoq vaqtli iqlim oʻzgarishlariga sezgir boʻlib, iqlim oʻzgarishidan xabardor etadi va dengiz sathi oʻzgarishiga hissa qoʻshadi.

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish