Gidrometeorologiya fakulteti gidrometeorologiya va atrof muhit monitoringi kafedrasi



Download 6,87 Mb.
bet3/6
Sana28.06.2022
Hajmi6,87 Mb.
#713748
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi yangi

Hammasi

547

232,2






Jadvaldan ko’rinib turibdiki, Respublikamizdagi tog’ muzliklari sonining 50 foizga yaqini Piskom daryosi havzasida joylashgan. Bu havzada 250 ta muzlik borligi aniqlandi. Ularning umumiy maydoni 127,8 km² ga teng. Mamlakatimizdagi eng katta muzlik – Ayutor-3 muzligi ham Piskom havzasida joylashgan bo’lib, uning umumiy maydoni 3,8 km² ga teng.


Surxondaryo havzasida esa jami 239 ta muzlik mavjud bo’lib, ularning umumiy maydoni 83,6 km² ga teng. Bu havzadagi eng katta muzlik Chap Qaznoq deb ataladi, uning maydoni 1,9 km² ga teng.
Respublikamizdagi muzliklarning eng kam soni Qashqadaryo havzasida joylashgan. Bu havzada jami 58 ta muzlik bo’lib, ularning umumiy maydoni 20,8 km² ga teng. Havzadagi eng katta muzlik Severstov muzligi bo’lib, maydoni 2,6 km² ga teng.
Muzliklarning Respublikamizdagi daryolarning to’yinishidagi ahamiyati juda katta. Muzliklarning gidrologik rejimini o’rganish, ularda gidrologik tadqiqotlar olib egress va shu maqsadda maxsus ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etish lozim. Bu esa kelajakda mamlakatimiz xalq xo’jaligining barqaror rivojlanishida katta foyda keltiradi.
O’zbekiston muzliklarini o’rganishda Birinchi (1882-1883-y.y), Ikkinchi (1932-1993-y.y), Uchinchi (1957-1958-y.y) Xalqaro geofizika yillari, Xalqaro geofizik hamkorlik (1959-y) va Xalqaro gedrologik o’n yillikning (1966-1975-y) ahamiyati katta bo’ldi. Bu yillarda mamlakatimizdagi ko’pchilik muzliklar holati maxsus dasturlar asosida kuzatilib turiladi.
O’zbekistonda muzlikalarni o’rganish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi (O’zgedromet) ga qarashli Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot institutining (GMITI) Glyatsilogiya bo’limida, O’zbekiston FA Geologiya va geofizika institutining Glyatsiologiya labaratoriyasida amalga oshirilmoqda. 1967-yilda mamlakatimiz hududidan tashqarida (Tojikiston Respublikasida) joylashgan Abramov muzligida GMITI ning glyatsiologik tadqiqotlar o’tkazuvchi maxsus stansiyasi tashkil etilgan edi. Unda 1999-yil avgust oyigacha uzluksiz kuzatishlar va tadqiqot o’tkaziladi. Afsuski, shu muddatda bir to’da qurollangan jangarilar stansiyani zo’ravonlik bilan egallab oldilar. Natijada stansiya o’z faoliyatini to’xtatadi.
Hozirgi kunda GMITI da ,,O’rta Osiyoda glyatsiologik tadqiqotlar’’ mavzuida doimiy ravishda ilmiy to’plamlar chop etiladi. O’zbekistonning tog’ daryolari havzalaridagi barcha muzliklarning katalogi tuzilgan. Bu ishlarda va umuman muzliklarni o’rganishda N.L.Korjennevskiy, O.P.Sheglova, V.F.Suslov, A.S.Shetinnikov, A.A.Akbarov, G.E.Glazirin, B.A.Kamolov, L.A.Kanayev, V.G.Konovalov, M.A.Nosirov kabi olimlarning hissalari katta.
Respublikamiz hududi bo’ylab yog’in miqdori xuxusan qor qoplami judannoteks taqsimlangan. Bu ko’rsatkich tekislik hududlarida, ayniqsa Respublikamizning shimoli-g’arbiy qismlari bo’ylab yog’ingarchilik 80-100 mm. Bo’lgani holda, bu ko’rsatkich hududning shaqrqiy tomonlari, ya’ni tog’li qismiga borgan sari tobora orta boradi.
Qor qoplami adir mintaqasining yuqori qismlarida 1-2 oy, tog’ mintaqasida 2-4 oy, 3000 m. Atrofida esa 4-6 oy saqlanib turadi. Aniqrog’I 2000 m. balandliklar bo’ylab qor qoplami birmuncha turg’un holda kuzatiladi. Bu holat ayniqsa, quyoshga teskari hamda oftob nuri kam ta’sir etadigan pastqamlarda yanada yaqqolroq ko’zga tashlanadi.
Glyatsiologlar tomonidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlari va mualliflarining dala sharoitida olib borilgan kuzatishlariga ko’ra O’zbekiston hududidagi tog’ muzliklari bizning davrimizda egressive bosqichni o’tamoqda. Shu boisdan ularning ayrimlari shiddat bilan, ba’zilari esa sekin-asta qisqarib bormoqda. Bu haqda Seversov va Sangardak muzliklarining, vodiyning quyi qismida qoldirgan turli o’lchamdagi va tarkibdagi morena uymlari, trog vodiylarining yon qismlarida ekzarasiya tufayli muzlik qoldirgan (tirnalgan, silliqlangan va hokaza) izlar darak berib turadi.
Muzliklarning qisqarishi bir hududda turlicha holatda, tezlikda yuz berishi ham mumkin. Masalan, glyatsiolog A.A. Nining ma’lumotlariga ko’ra, O’rta Oarafshon muzligi, Fedchenko muzligiga nisbatan tezroq qisqarmoqda. Bu holat O’zbekiston hududidagi muzliklararo ham kuzatiladi. Hatto ayrim tog’ muzliklari egressive bosqich deb hisoblangan bizning davrimizda ham, qisqarishga emas, balki o’sish sari yo’l tutgan. Masalan, A.S. Shetinnikov va L.D. Podkopaeva tomonidan 1960-yili olib borilgan tekshirish ishlariga ko’ra, Botirboy muzligining til qismi avvalgi holatiga ko’ra vodiy bo’ylab 11 m. quyiga tomon surilib tushgan.
Keltirilgan ushbu ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston tog’ muliklari bizning davrimizda garchand egressive – ya’ni chekinish bosqichini o’tayotgan bo’lsada, ularning qisqarishi mutassil darajada emas, davrlararo goh qisqarib, goh o’sish holatiga o’tmoqda. Ammo shunday bo’lsada, muzliklar yalpi tarzda sekin-asta chekinmoqda. O’zbekiston tog’ muzliklarining chekinishi davri qachon boshlanganligi va u qachon tugallanishi mumkinligi to’g’risida aniq ilmiy ma’lumotlar yo’q.

BOB. TOSHKENT VILOYATI MUZLIKLAR KATALOGINI TUZISH


3.1. Toshkent viloyati muzliklari katalogini tuzish

Toshkent viloyati muzliklar katalogini tuzishda Piskom va Chotqol daryo havzasidagi muzliklarni aniqladim. Ushbu jadvalda 23 ta muzlik nomini keltirdim bu yerda eng katta muzliklardan biri Paxtakor bo’lib, u Piskom havzasida joylashgan va uning uzunligi 3.6 km bo’lib, maydoni 2.8 km² tashkil etadi. Shuningdek jadvalda bir qancha muzliklar nomi keltirib o’tilgan. Ular haqida ma’lumotlarni 1.4-jadvalda ko’rishingiz mumkin.



1.4-jadval
Toshkent viloyati muzliklar katalogi

T/r

Muzliklarning nomi

Joylashgan o'rni
(daryo havzasi)

Uzun-
ligi
(km)

May-
doni
(km²)

Muzlik
joylashgan
yonbag’ir

1

Chaqirtor




Piskom




1.1

0.4

Shim.g’arb


2

Juyaktor-1




Piskom




1.3

0.4

Shim.sharq


3

Juyaktor-2




Piskom




1.1

0.3

Shimoliy


4

Qiziltor-3




Piskom




2.4

0.3

G’arbiy


5

Tuyaqorin-1




Piskom




3.6

1.8

Shim.sharq


6

Shimoliy
Oqqopchig’ay




Piskom




2.7

1.2

Jan.sharq


7

Jan-g’arbiy
Oqqopchig’ay




Piskom




1.8

0.9

Jan.sharq


8

Jan-sharqiy
Oqqopchig’ay




Piskom




1.8

1.4

Shim.sharq


9

Tostorsoy-2




Piskom




1.6

0.9

Shim.sharq


10

Tostorsoy-3




Piskom




2.8

2.4

Shim.sharq


11

Shovursoy-1




Piskom




3.0

1.4

Shim.sharq


12

Shovursoy-2




Piskom




2.8

1.8

Shimoliy


13

Paxtakor




Piskom




3.6

2.8

Shim.sharq


14

To’rtog’ayni-
Markaziy




Piskom




1.7

0.9

Sharqiy


15

Qovuryuntor-2




Piskom




2.0

1.5

Shimoliy


16

Torshuv-6




Piskom




2.2

2.1

Shimoliy


17

Ayutor-2a




Piskom




2.2

1.7

Shimoliy


18

Ayutor-2




Piskom




3.8

3.9

Shimoliy


19

Tuproqbel




Piskom




1.4

0.5

Shim.sharq




20

Suluntor




Chotqol




2.1

1.0

Shim.g’arb




21

Oqqopchig’ay-22




Chotqol




1.6

0.6

Sharqiy




22

Oqqopchig’ay-23




Chotqol




2.3

0.9

Sharqiy




23

To’rtqo’yliq-28




Chotqol




2.1

0.7

Shim.g’arb



3.2. Muzliklar maydonini Google earth platformasi orqali aniqlash




Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish