Gidroenergetika haqida maluotlar
Reja:
Gidroenergetikaning umumiy moyilliklari
Gidroelektr stansiyalar haqida malumot
GESning tarkibiy qismlar
O’zbekistonning gidroenergetika salohiyati
Gidroenergetikaning umumiy moyilliklari
Tabiatda suvninig aylanishi Quyoshning faoliyati tufayli sodir bо‘ladi, natijada suv okean, dengiz va boshqa suv sirtlaridan bug‘lanadi, qora bulutlar vujudga keladi, yomg‘ir yoki qor kо‘rinishda yog‘adi va okeanga qaytadan tushadi. Bunday suvning aylanish energiyasi, quyosh energiyasining qayta tiklanadigan hosilaviy energiya bо‘lib, gidroenergetikada foydalaniladi.
«Gidroenergetika» atama suvning tushish potensial energiyasidan foydalanadigan energetikaning sohasini belgilaydi. Ushbu energiya elektr energiyaga va ba’zida mexanik energiyaga о‘zgartiriladi. Gidroenergetika qayta tiklanadigan resurslarga asoslangan energetikaning eng rivojlangan sohasi bо‘lib hisoblanadi.
Asosiy gidroenergetik qurilmalardan bu gidroelektrostansiyalar (GES). Energiyani о‘zgartirish nuqtai nazardan gidroenergetika bu juda yuqori FIKga ega bо‘lgan texnologiyadir, kо‘p hollarda oddiy issiqlik elektrostansiyalarga qaraganda FIK ikki martadan katta bо‘ladi. Bunga sababi shundan iboratki, vertikal tushadigan suvning oqimi katta kinetic energiyaga ega bо‘lib, uni elektr energiyani ishlab chiqarish uchun mexanik (aylanish) energiyaga о‘zgartiriladi.
Gidroenergetikaning prinsipial afzaliklarga quyidagilarni keltirish mumkin: о‘zining resurslarni tezda tiklash qobiliyatiga ega; atmosferga ifloslantiruvchi chiqindilarni chiqarmasligi; elektr tarmoqdagi yuklamani tezkorlik bilan rostlash imkoniyati; elektr energiyani ishlab chiqarish jarayonlarning narxi pastligidir.
Gidroenergetikaning rivojlanishni belgilaydigan muhim omillardan biri – bu mintaqadagi gidroenergetik potensialning о‘zlashtirilganlik darajasidir.
Dunyodagi rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy samarali bо‘lgan gidroenergetik potensialning asosiy qismi (70...75%) о‘zlashtirilgan va amalda yirik GESlarni qurilish uchun imkoniyatlar tugatilgan.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda teskari, gidroenergetik potensialning (shu jumladan yiriq ham) kо‘p qismi 67...93% о‘zlashtirmagan holda qolmoqda.
Kо‘p mamlakatlarda katta daryolarning gidroenergetik potensiali yuqori о‘zlashtirilganlik munosabati bilan, kichik daryolarning gidroenergetik potensialni о‘zlashtirish, ya’ni qichik GESlarni qurish birlamchi masala bо‘lib qolmoqda. Kichik GESlar alternativ (muqobil, noan’anaviy) energiya manbalari deb hisoblanadi. BMTning tasniflanishi bо‘yicha kichik GESlarga quvvati 10 MVt-dan kam bо‘lgan GESlar kiradi. “Kichik GESlar” tushunchaga mini-GES (quvvati 2 MVt-gacha) va mikro-GESlar (quvvati 1 MVt gacha) ham kiradi. Kichik daryolarning suv energiyasidan foydalanish birlashgan energetik tizimini markazsizlantirish, hamda uzoqlashgan va yetishish qiyin bо‘lgan qishloq joylardagi energiya ta’minotini yaxshilash imkoniyatini beradi.
Rivojlangan mamlakatlarda yirik GESlarni qurilish potensiali qachonlar tugatilganligi sababli, kо‘pchilik mintaqalarda gidroakkumulyatsiyalovchi elektrostansiya (GAES) larni qurilishi faollashgan. Ular xuddi GESlarga uhshab tizimli funksiyalarni bajarish mumkin,
lekin kо‘p hollarda katta masshtabli gidroishootlarni qurilishi talab etilmaydi. Oqibatda qator rivojlangan mamlakatlarda GAESlarning umumiy о‘rnatish quvvat yirik miqdorgacha yerishgan.
GAESlarning qurilish sabalardan biri, bu yirik energetik tizimlardagi chuqqili (pikovaya) quvvatga ehtiyojlarning ortishidir, bu esa talab etilgan chuqqili yuklamani qoplash uchun generatorli quvvatini belgiladi. Chuqqili elektrostansiya — shunday elektrostansiyaki, chuqqili yuklama davrida elektrtizimida elektr energiyaning iste’moli keskin о‘skanda
elektrostansiyadagi bir qismi yoki barcha agregatlar ishlab qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |